URGENT: Ravshan Ermatov - The Verge Report
| Ravshan Sayfiddin oʻgʻli Ermatov | |
|---|---|
| Равшан Сайфиддинович Эрматов | |
|
| |
| Tavalludi |
9-avgust 1977-yil |
| Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
| Otasi | Sayfiddin Ermatov |
| Mukofotlari |
|
Ravshan Sayfiddinovich Ermatov — oʻzbekistonlik futbolchi va professional futbol hakami.
2000-yildan 2019-yilgacha Oʻzbekiston futbol ligasi tizimida va 2003-yildan 2019-yilgacha xalqaro miqyosda ishlagan.
Futbol boʻyicha jahon kubogining oʻyinlarini 11 marta boshqargan.
2019-yildan buyon Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bolaligi va futbol
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ravshan Ermatov 1977-yil 9-avgust kuni Toshkent viloyati Gʻazalkent shahrida tavallud topgan.
7 yoshidan futbol maktabiga borgan, keyinchalik Toshkent viloyatining „Gʻazalkent“ futbol klubida toʻp tepgan. Ogʻir jarohat tufayli futbolchilik faoliyatiga yakun yasagan.
Hakamlik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1996-yildan Oʻzbekiston Birinchi ligasi, 2000-yildan Oʻzbekiston Oliy Ligasi oʻyinlarida hakamlik qilgan. 2016-yilgi Qozogʻiston Superkubogi, 2013—2014-yilgi Hindiston Superligasini boshqargan.
2003-yilda FIFA tomonidan xalqaro hakamlikka tayinlangan[1].
Osiyo chempionlar ligasining 2006—2007-yilgi mavsumida Urawa Reds — Sepahan, 2010—2011-yilgi mavsumida Jeonbuk Hyundai Motors — Al‑Sadd, 2012—2013-yilgi mavsumida Seoul — Guangzhou Evergrande, 2014—2015-yilgi mavsumida Guangzhou Evergrande — Al‑Ahli, 2016—2017-yilgi mavsumda Urawa Reds — Al‑Hilal SFC klublari oʻrtasidagi oʻyinlarni boshqardi[2].
Kanadada oʻtkazilgan 2007-yilgi U-20 jahon chempionatida Gambiya — Meksika hamda Chili — Kongo oʻyinlarni boshqargan. 2008-yilgi Klublararo jahon chempionatida ishlagan va ushbu musobaqa finalini ham boshqargan. 2012-yilgi Klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida Santos — Barcelona oʻyinida ishlagan.
2010-yilda Janubiy Afrika Respublikasida boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha 2010-yilgi jahon chempionatida Janubiy Afrika Respublikasi va Meksika jamoalari ochilish oʻyinida hakamlik qildi[3]. Butun musobaqa davomida Angliya — Jazoir, Argentina — Gretsiya, chorak finalda Argentina — Olmoniya, yarim finalda Niderlandiya — Urugvay oʻyinlarini boshqardi.
2011-yilgi Osiyo chempionlar ligasi finalini boshqargan.
2012-yilgi Londondagi Olimpiya oʻyinlarida 3 ta oʻyin, shu jumladan 3-oʻrin uchun bahsni boshqargan.
2013-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogida Italiya — Braziliya oʻyinini boshqargan va xato penalti belgilagan[4].
2014-yilgi jahon chempionatining 4ta oʻyinida ishlagan[5].
2018-yilda Ravshan Ermatov Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionati guruh bosqichining ikkita oʻyinida ishladi: Argentina — Xorvatiya va Ispaniya — Marokash. Qolgan oʻyinlarda yordamchisi Abduhamidullo Rasulovning jarohati tufayli ishlay olmadi[6].
Boshqaruvdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yil 15-iyunda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimi joriy etildi va Ravshan Ermatov ushbu lavozimga tayinlandi.
2020-yil 8-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi va 2022-yil 18-dekabrgacha ushbu lavozimda ishladi[7].
2023-yilda Ermatov Osiyo Futbol Konfederatsiyasi ijroiya qoʻmitasining markaziy zona vakili etib saylangan[8][9].
2021-yil 12-apreldan 2024-yil 24-noyabrgacha Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari boʻlgan[10][11][12].
2025-yil 12-oktyabr kuni FIFA Kengashining qaroriga koʻra, 2025–2029-yillar uchun futbolda texnologiyalar, innovatsiyalar va raqamli rivojlanish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari etib saylangan[13][14][15].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ravshan Ermatov 2008, 2009, 2010 va 2011-yillarda „Osiyoning eng yaxshi hakami“ deb baholangan. Bu nominatsiyada ketma-ket toʻrt marotaba gʻolib boʻlgan qitʼadagi yagona futbol hakamidir.
Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi tomonidan 2011-yilda jahonning eng yaxshi hakami deb eʼtirof etilgan.
2010-yilda Oʻzbekiston iftixori unvoni berildi.
2014-yil 25-iyunda El-yurt hurmati ordeni bilan taqdirlandi.
2018-yilda Buyuk xizmatlari uchun ordeni berildi.
Guinness rekordlar kitobiga „Jahon chempionatlarini eng koʻp boshqargan hakam“ sifatida kiritilgan[16][17].
2025-yil 6-iyunda Fidokorona xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlangan[18].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ravshan Irmatov to officiate opening match of 2010 FIFA World Cup South Africa“. Uzdaily.com (28-oktabr 2009-yil). 2-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyun 2010-yil.
- ↑
RAVSHAN ERMATOV BILAN PROFESSIONAL FAOLIYATI HAQIDA SUHBAT YouTubeda
- ↑ „Ravshan Irmatov appointed for 2010 FIFA World Cup“. the-afc.com.
- ↑ Referee admits mistake in Italy vs. Brazil match
- ↑ „Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar guruhi Braziliyaga yoʻl oldi“. 6-iyun 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-iyun 2014-yil.
- ↑ „Равшан Ирматов завершил работу на ЧМ-2018“.
- ↑ „Равшан Эрматов вазир ўринбосари бўлди“.
- ↑ „IFFHS талқини бўйича энг яхши ҳакамлар рейтинги эълон қилинди. Эрматов топ-25'да қайд этилди“. 2023-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-mart 2023-yil.
- ↑ „Бугун ОФКнинг 33-Конгресси бўлиб ўтади. Равшан Эрматов ОФК Ижроия қўмитаси аъзосига айланади“. 2023-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-mart.
- ↑ „Равшан Эрматов МОҚ биринчи вице-президенти лавозимига сайланди“.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Ravshan Ermatov - rahbarlik faoliyati, tanqidlar va hakamlar imiji haqida“.
- ↑ „Шавкат Мирзиёев возглавил НОК Узбекистана, Отабек Умаров стал первым заместителем“.
- ↑ „Ravshan Irmatov FIFA qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi“.
- ↑ „Ravshan Ermatov FIFA qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi“.
- ↑ „Ravshan Ermatov FIFA qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi“.
- ↑ „Soccer-Uzbekistan count down to World Cup debut with development the goal“.
- ↑ „Most football (soccer) FIFA World Cup matches refereed“.
- ↑ „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-iyundagi „Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari va murabbiylaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida“gi farmoni“. president.uz (2025-yil 6-iyun). 2025-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 6-iyun.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda „Category:Ravshan Irmatov“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
- FIFA profili (Wayback Machine saytida 6-iyul 2010-yil sanasida arxivlangan)
- Ravshan Ermatovni baholang (Wayback Machine saytida 25-iyun 2010-yil sanasida arxivlangan)
- Ravshan Ermatov, Mail.ru
- Ravshan Ermatovning hayotiy aqidalari (Wayback Machine saytida 14-iyul 2014-yil sanasida arxivlangan)
- 9-avgustda tugʻilganlar
- 1977-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- „Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlanganlar
- Buyuk xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- El-yurt hurmati ordeni sohiblari
- Fidokorona xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- FIFA Jahon chempionati 2018 hakamlari
- Yashayotgan insonlar
- Futbol hakamlari
- Toshkentlik futbolchilar
- Oʻzbekistonlik futbol hakamlari
- Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bitiruvchilari
- FIFA Jahon chempionati 2010 hakamlari
- FIFA Jahon chempionati 2014 hakamlari
- Olimpiada oʻyinlari futbol hakamlari
- Yozgi Olimpiada oʻyinlari 2012 futbol hakamlari
- CONCACAF Chempionlar Kubogi hakamlari
- AFC Osiyo kubogi hakamlari
