LEAKED: Sherzod Nasrullayev | Tech Insider
![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Sherzod Innatillo oʻgʻli Nasrullayev | ||
| Tavallud sanasi | 23-iyul 1998-yil | ||
| Tavallud joyi | Koson Oʻzbekiston | ||
| Boʻyi | 180 m (590 ft 6 1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Himoyachi | ||
| Vazni | 78 kg | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Paxtakor | ||
| Raqami | 34 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2015—2017 | Nasaf-2 | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2018—2025 | Nasaf | 147 | (10) |
| 2018—2025 | Paxtakor | 0 | (0) |
| Milliy terma jamoa‡ | |||
| 2018—2020 | Oʻzbekiston U-23 | 4 | (1) |
| 2022— | Oʻzbekiston | 35 | (2) |
|
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2026-yil 5-yanvar uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2026-yil 5-yanvar uchun) | |||
Sherzod Innatillo oʻgʻli Nasrullayev (1998-yil 23-iyulda Qashqadaryo viloyati Koson tumanida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, „Nasaf“ klubi va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasida himoyachi ampulasida oʻynaydi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilk yillari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sherzod Nasrullayev – Nasaf futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. 2017-2018-yilgi mavsumda Sherzod Nasrullayev Nasaf klubi oʻrinbosarlar tarkibida harakat qilgan.
Nasaf safida
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yil 1-yanvaridan Sherzod Nasrullayev Nasaf U21 jamoasidan Nasafning asosiy jamoasiga koʻchib oʻtadi. Sherzod Nasrullayevning oʻyin uslubi Roʻziqul Berdiyevga yoqadi. Sherzod Nasrullayev Nasaf safida birinchi mavsumida 1 ta oʻyin oʻtkazdi va umumiy hisobda 10 daqiqa maydonda harakat qildi.
2019-yilgi mavsumda Sherzod Nasrullayev Nasaf safida Oʻzbekiston Superligasida 12 ta oʻyinda maydonga tushdi 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi va umumiy hisobda 702 daqiqa maydonda harakat qildi[1].
2020-yilgi mavsumda Sherzod Nasrullayev Nasaf safida Oʻzbekiston Superligasida 22 ta oʻyinda maydonga tushdi 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi va umumiy hisobda 1.691 daqiqa maydonda harakat qildi.
2021-yilgi mavsumda Sherzod Nasrullayev Nasaf safida Oʻzbekiston Superligasida 22 ta oʻyinda maydonga tushdi 3 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Umumiy hisobda 1.886 daqiqa maydonda harakat qildi.
2022-yilgi mavsumda Sherzod Nasrullayev Nasaf safida Oʻzbekiston Superligasida 12 ta oʻyinda maydonga tushdi va 1 ta sariq kartochka olgan. 2022-yilning 4-aprelida Superliga 4-turidan oʻrin olgan „Lokomotiv“ – „Nasaf“ bahsida (0:1), Sherzod Nasrullayev uchrashuvning 65-daqiqasida yelkasidan ogʻir jarohat oldi. Shundan soʻng, uning oʻrniga Alibek Davronov maydonga tushirildi[2]. 2022-yilning 22-iyunida Sherzod Nasrullayev jarohatidan tuzalib „Neftchi“ga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushdi[3].
Terma jamoadagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sherzod Nasrullayev Oʻzbekistoning bir qancha yosh toifalari jamoalarida oʻynagan. Jumladan, Oʻzbekiston U21, Oʻzbekiston U23 va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi. Sherzod Nasrullayev Oʻzbekiston U21 jamoasi safida ilk bor 2018-yil 4-sentabrda Tokjikistonga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan. Umumiy hisobda 3 ta oʻyinda maydonga tushib 1 ta gol urgan. Oʻzbekiston U23 jamoasi safida ilk bor 2019-yil 11-oktabrda Janubiy Koreyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan. Sherzod Nasrullayev Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida ilk bor 2022-yil 27-yanvarda Janubiy Sudanga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan.
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston Superligasi gʻolibi: 2024
- Oʻzbekiston Superkubogi gʻolibi: 2023, 2024, 2025
- Oʻzbekiston Kubogi gʻolibi: 2021, 2022, 2023
- AFC kubogida kumush medal sohibi: 2021
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan[4].
Faoliyatidagi statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub safidagi statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Klub | Mavsum | Oʻzbekiston Superligasi | Oʻzbekiston Kubogi | Osiyo Chempionlar ligasi | Boshqa | Umumiy | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Chempionat | Isht | Gollar | Isht | Gollar | Isht | Gollar | Isht | Gollar | Isht | Gollar | ||
| Nasaf | 2018-yil | Superliga | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 1 | 0 | |
| 2019-yil | Superliga | 12 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | — | 14 | 0 | ||
| 2020-yil | Superliga | 22 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 22 | 0 | ||
| 2021-yil | Superliga | 22 | 3 | 5 | 0 | 7 | 1 | — | 34 | 4 | ||
| 2022-yil | Superliga | 12 | 0 | 2 | 0 | 1 | 1 | — | 15 | 1 | ||
| Jami | 69 | 3 | 9 | 0 | 0 | 0 | — | 86 | 5 | |||
Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi safida statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Oʻzbekiston milliy terma jamoasida | ||
|---|---|---|
| Yil | Isht | Gol |
| 2022 | 2 | - |
| Jami | 2 | - |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „2019-yilgi mavsum Nasaf safidagi ko`rsatkichlari“.
- ↑ „Sherzod Nasrullaev jiddiy jarohatlandi“.
- ↑ „Sherzod Nasrullaev 3 oy deganda safga qaytdi“.
- ↑ „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-iyundagi „Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari va murabbiylaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida“gi farmoni“. president.uz (2025-yil 6-iyun). 2025-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 6-iyun.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sherzod Nasrullayev Transfermarkt saytida
- Sherzod Nasrullayev Soccerway sayti
- Sherzod Nasrullayev National-Football-Teams.com saytida
- 23-iyulda tugʻilganlar
- 1998-yilda tugʻilganlar
- Kosonda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol himoyachilari
- Nasaf klubi futbolchilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2023 futbolchilari
- „Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlanganlar
