REPORT: Abdulla Abdullayev | Latest Update
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Aldulla Qahramonjon oʻgʻli Abdullayev | ||
| Tavallud sanasi | 1-sentyabr 1997-yil | ||
| Tavallud joyi | Qoʻrgʻontepa Oʻzbekiston | ||
| Boʻyi | 181 cm (5 ft 11 1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Dibba SCC | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2012—2017 | Bunyodkor | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2016 | Sementchi | 12 | (0) |
| 2017—2022 | Bunyodkor | 82 | (2) |
| 2022—2023 | OKMK | 43 | (2) |
| 2023—2024 | Khor Fakkan | 21 | (0) |
| 2024—2025 | Paxtakor | 25 | (1) |
| 2025— | Dibba SCC | 1 | (0) |
| Milliy terma jamoa‡ | |||
| 2018—2019 | Oʻzbekiston U-23 | 17 | (1) |
| 2021— | Oʻzbekiston | 26 | (0) |
|
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2025-yil 2-avgust uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2024-yil 2-avgust uchun) | |||
Abdulla Abdullayev (Aldulla Qahramonjon oʻgʻli Abdullayev, 1997-yil 1-sentyabr Qoʻrgʻontepada tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbolchi, Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi va Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi futbolchisi. Yarim himoyachi pozitsiyasida toʻp tepadi.
Futbolchilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdulla Abdullayev futbolchilik faoliyatini Bunyodkor klubining yoshlar tizimidan boshlagan. Professional jamoalardagi debyutini 2015-yilda „Bunyodkor-2“ jamoasida oʻtkazgan. Oʻzbekiston Superligasidagi ilk debutini Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasi safida 2017-yilda oʻtkazgan. Bunyodkor klubi safida 5 yil davomida toʻp surdi va 2019-yilda qaldirgʻochlar bilan birgalikda Oʻzbekiston Superligasi bronza medallarini qoʻlga kiritgan. 2022-yilgi mavsum oldidan oʻz jamoasi Olmaliqning „AGMK“ jamoasiga oʻzgartirdi[1][2]. Olmaliq jamoasi tarkibida 2 mavsum davomida oʻynadi. Bu davr muobaynida Abdullar AFC Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etdi va jamoasi bilan birgalikda 2023-yilgi Oʻzbekiston Kubogi finaliga qadar yetib borgan.
2023-yil 8-sentyabrda BAAning "Khor Fakkan" jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 2024-yil yozgi transfer oynasida BAA jamoasi tark etdi va Oʻzbekistonga qaytdi[3]. 2024-yil 15-iyulda „Paxtakor“ jamooasi bilan bir yarim yillik shartnoma imzolagani eʼlon qilindi[4].
Terma jamoadagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdulla Oʻzbekiston yoshlar terma jamoalarining bir qator yosh toifalarida oʻynagan. Kattalar safidagi ilk debyutini 2021-yilda Srečko Katanec murabbiyligi ostida Shvetsiya terma jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi[5].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Эшитдик-да! "Бунёдкор" футболчиси АГМКга ўтади“. 2023-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-avgust.
- ↑ „Расман: Абдулла Абдуллаев — АГМК футболчиси!“. 2023-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-avgust.
- ↑ „Эшитдик-да! Абдулла Абдуллаев қайси клубга ўтиши маълум“ (2024-yil 13-iyul).
- ↑ „Абдулла Абдуллаев "Пахтакор" билан бир ярим йиллик шартнома имзолади“ (2024-yil 15-iyul).
- ↑ „SWEDEN VS. UZBEKISTAN 2 - 1“. 2022-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-avgust.
- ↑ „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-iyundagi „Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari va murabbiylaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida“gi farmoni“. president.uz (2025-yil 6-iyun). 2025-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 6-iyun.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Abdulla Abdullayev (Wayback Machine saytida 2023-08-29 sanasida arxivlangan) OʻzPFL sayti
- Abdulla Abdullayev Transfermarkt sayti
- Abdulla Abdullayev Soccerway sayti
- Abdulla Abdullayev FootballDatabase.eu saytida
- Abdulla Abdullayev National-Football-Teams.com saytida
- 1-sentyabrda tugʻilganlar
- 1997-yilda tugʻilganlar
- Qoʻrgʻontepada tugʻilganlar
- „Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlanganlar
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Sementchi Quvasoy futbolchilari
- Bunyodkor-2 klubi futbolchilari
- Bunyodkor klubi futbolchilari
- AGMK futbolchilari
- Khor Fakkan Club futbolchilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Dibba Al Fujairah FC futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari
- Oʻzbekiston 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2023 futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari
- BAA Pro-ligasi futbolchilari
- Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari
- Birlashgan Arab Amirliklaridagi muhojir erkak futbolchilar
- Birlashgan Arab Amirliklaridagi Oʻzbekistonlik muhojir sportchilar
