TRENDING: Ruslanbek Jiyanov - Full Coverage
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Ruslanbek Muzaffar oʻgʻli Jiyanov | ||
| Tavallud sanasi | 5-iyun 2001-yil[1] | ||
| Tavallud joyi | Jizzax Oʻzbekiston | ||
| Boʻyi | 1,70 sm | ||
| Ampluasi | Qanot vingeri | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Navbahor | ||
| Raqami | 7 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2018—2020 | Paxtakor | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2020—2021 | Paxtakor | - | (-) |
| 2021—2022 | Olimpik | 42 | (7) |
| 2023— | Pari NN | 0 | (0) |
| 2023 | → Olimpik | 11 | (2) |
| 2024—2025 | → Navbahor | 54 | (9) |
| 2026— | Navbahor | 2 | (1) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2020—2024 | Oʻzbekiston U 23 | 16 | (2) |
| 2022— | Oʻzbekiston | 7 | (1) |
|
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2026-yil 7-mart uchun) | |||
Ruslanbek Jiyanov (2001-yil 5-iyunda Jizzaxda tugʻilgan) — oʻzbek futbolchisi, „Navbahor“ klubi va Oʻzbekiston Olimpiya futbol terma jamoasi hujumchisi.
Futbolchilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ruslanbek Toshkentning „Paxtakor“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblabnadi. 2020-yil mavsum soʻnggida yangi tashkil etilgan „Olimpik“ klubi tarkibiga qoʻshildi. Professional futboldagi debyutini Oʻzbekiston Pro ligasida 2021-yilda „Olimpik“ jamoasida oʻtkazgan[2]. Jiyanov „Olimpik“ da 2 mavsum oʻtkazib, 42 ta oʻyinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan[3].
2023-yilda Rossiyaning „Pari NN“ klubining katta qiziqishiga sabab boʻldi va rus klubiga transferi amalga oshirildi[4][5]. Yangi klubi bilan shartnomaga koʻra 2023-yil yozgi transfer oynasi vaqtigacha „Olimpik“ jamoasi safida toʻp suradigan boʻldi[6]. 2023-yil 24-iyulda ijara shartnomasi yakunlangacha Jiyanov rus klubi tarkibiga uchib ketdi[7]. Rus klubi tarkibida birorta ham oʻyinda maydonga tushmay, oʻyin amaliyotisiz qolgan Ruslan 2023-yil 31-dekabrda Namanganning „Navbahor“ jamoasiga bir yillik ijara asosida oʻtdi[8].
Milliy terma jamoa
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ruslanbek 2020-yildan buyon Oʻzbekiston U 23 terma jamoasi aʼzosi hisoblanadi. U 23 terma jamoasi bilan birgalikda Toshkent oʻtgan Osiyo Chempionati U 23 2022 musoboqasida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Kattalar safidagi, Oʻzbekiston terma jamoasidagi debyuti 2022-yil Rossiya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda boʻib oʻtdi[9].
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- AFC U-23 Osiyo chempionati 2022: Ikkinchi oʻrin (1)
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan[10].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ [https://globalsportsarchive.com/people/soccer/ruslanbek-jiyanov/391367/ globalsportsarchive.com]
- ↑ „Русланбек Жиянов — терма жамоага чақирилиши ҳақида: Тўғриси, кутмаган эдим“. sports.uz.
- ↑ „ВИДЕО Тарихий гол Жияновга ёзилди“. 2023-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-fevral 2023-yil.
- ↑ „"Нижний Новгород" Руслан Жиянов трансферини эълон қилди“. 2023-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-fevral 2023-yil.
- ↑ „Русланбек Джиянов в «Пари НН» до 2026 года“ (ru). FC Pari Nizhny Novgorod (2023-yil 10-fevral). 2023-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-avgust.
- ↑ „Руслан Жиянов Россия клуби билан шартнома имзолагач "Олимпик"ка қайтади“. 2023-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-fevral 2023-yil.
- ↑ „Ruslan Jiyanov "Olimpik"ni tark etib, Rossiyaga uchib ketdi“. 2023-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-avgust.
- ↑ „Расман: Русланбек Жиянов — "Навбаҳор" ўйинчиси“ (2023-yil 31-dekabr).
- ↑ „Uzbekistan vs. Russia (0:0)“.
- ↑ „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-iyundagi „Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari va murabbiylaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida“gi farmoni“. president.uz (2025-yil 6-iyun). 2025-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 6-iyun.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ruslanbek Jiyanov Soccerway saytida
- Ruslanbek Jiyanov transfermarkt (Wayback Machine saytida 2023-02-26 sanasida arxivlangan)
- 5-iyunda tugʻilganlar
- 2001-yilda tugʻilganlar
- Jizzaxda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Toshkentlik futbolchilar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Olimpik jamoasi futbolchilari
- FC Pari Nizhny Novgorod futbolchilari
- Navbahor futbolchilari
- Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Osiyo oʻyinlari 2022 futbolchilari
- Futbol boʻyicha Osiyo oʻyinlari sovrindorlari
- 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar
- „Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlanganlar