REPORT: FarDU (futbol klubi) | Latest Update

Vikipediya, erkin ensiklopediya
FarDU
Technology news and reviews image
Toʻliq nomi Fargʻona davlat universiteti futbol klubi
Laqabi Talabalar
Asos solingan 2024-yil
Sigʻimi Fargʻona stadioni
Joylashuv koordinatalari 4,000
Egasi Fargʻona davlat universiteti
Prezident Bahodirjon Shermuhammadov
Bosh murabbiy Sergey Lebedev
Liga Oʻzbekiston Pro ligasi

FarDU futbol klubi – Fargʻona shahridagi, Fargʻona davlat universiteti futbol klubi. Klub 2024-yilda tashkil etilgan. 2024-yildan Oʻzbekiston Birinchi ligasida qatnashgan, 2025-yildan Pro liga musobaqalarida ishtirok etmoqda.

FarDU klubi professional jamoa sifatida 2024-yilda tashkil etilgan. Bundan avval ham klub faoliyat olib borgan boʻlsada, asosan havaskorlar darajasidagi Oʻzbekiston ikkinchi ligasi hududiy bosqichi, Fargʻona viloyati chempionatida ishtirok etgan[1][2][3][4]. Jamoa bir necha necha bor hududiy bosiqchni muvaffaqiyatli yakunlab, Oʻzbekiston ikkinchi ligasi oʻtish bosqichiga qadar yetib borgan[5]. 2023-yilgi Oʻzbekiston ikkinchi ligasi hududiy bosiqchda gʻoliblik qoʻlga kiritgan[6] va Birinchi liga oʻtish bosqichida muvaffaqiyatli oʻtkazib Oʻzbekiston Birinchi ligasiga yoʻllanma olgan[7].

2024-yilgi mavsumda klub Oʻzbekiston Birinchi ligasida ishtirok etgan va mavsum yakunida uchinchi oʻrinni egallagan[8]. 2025-yilgi mavsum oldidan OʻzPFL klubning litsenziyalarish talablariga javob berishini va 2025-yilgi Oʻzbekiston Pro ligasi turnirida ishtirok etishini tasdiqlagan[9]. FarDU klubi Oʻzbekiston Pro ligasi ishtirok etishi natijasida Oʻzbekistondagi professional turnirlarida ishtirok etadigan ilk professional Oliy taʼlim jamoasiga aylandi.

Farg'ona davlat universiteti (FarDU) "Neftchi" bilan tarixiy va hozirgi aloqaga ega. Universitetning oldingi shakli – pedagogika instituti 1954-yilda "Burovestnik" jamoasini tashkil etgan va bu jamoa Farg'ona futbolining asosini qo'ygan. "Burovestnik" talabalar jamoasi sifatida universitet sportini rivojlantirgan va "Neftchi"ning 1962-yildagi asos solinishiga zamin yaratgan.

Hozirgi vaqtda FarDU ning Osiyoda yagona talabalardan tuzilgan o'z futbol klubi – "FarDU" PFK mavjud bo'lib, u O'zbekiston Pro-ligasida ishtirok etadi. 2025-yilda "Neftchi" futbol akademiyasi va FarDU o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Kelishuv chog‘ida Farg‘ona viloyati futbol assosiatsiyasi bosh mutaxassisi Rasuljon Yuldashev: “Neftchi” futbol klubi Farg‘ona davlat pedagogika institutining (hozirgi FarDU) "Burovestnik" talabalar futbol jamoasi asosida shakllangan. Niyatim “FarDU” PFK ham “Neftchi”day champion bo‘lib yursin!”  deganida futbol mutaxassisining o‘z tarixiga ega futbol klubining hozirgi mavqeyiga ham katta baho berganini tasdiqlaydi

Xulosa qilib aytganda, "Neftchi" O'zbekiston futbolining faxrlaridan biri bo'lib, uning tarixi FarDU bilan chambarchas bog'liq. Bu aloqa Farg'ona viloyati sportini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.

Yutuqlar

  • Oʻzbekiston ikkinchi ligasi: Fargʻona viloyati chempionati gʻolibi: 2016[10], 2023[11]
  • Oʻzbekiston Birinchi ligasi oʻtish turnirida uchinchi oʻrin: 2023[12]
  • Oʻzbekiston Birinchi ligasi uchinchi oʻrin: 2024[8]

Hozirgi tarkib

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2026-yil 15-mart holatiga koʻra[13]

Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
1 GK Oʻzbekiston UZB Javohir Maqsudov
2 DF Oʻzbekiston UZB Asilbek Gʻoyibjonov
3 DF Oʻzbekiston UZB Axrorbek Oʻktamov
4 DF Oʻzbekiston UZB Shodiyor Hojimatov (sardor)
5 DF Oʻzbekiston UZB Begzod Abduvaliyev
6 DF Oʻzbekiston UZB Mirkomil Abdurazzoqov
7 FW Oʻzbekiston UZB Rizo Ayvazov
8 MF Oʻzbekiston UZB Sanjarbek Zokirov
9 MF Oʻzbekiston UZB Murodjon Komilov
10 MF Oʻzbekiston UZB Ibodjon Abelfazov
11 MF Oʻzbekiston UZB Muharram Abelfazov
12 MF Oʻzbekiston UZB Tohirbek Nabiyev
13 GK Oʻzbekiston UZB Rasul Abdumoʻminov
17 DF Oʻzbekiston UZB Nodirbek Karimov
R. Poz. Millati Futbolchi
18 MF Oʻzbekiston UZB Shahzod Akbaraliyev
19 DF Oʻzbekiston UZB Norxon Sheripov
20 DF Oʻzbekiston UZB Doniyor Valiyev
21 MF Oʻzbekiston UZB Sirojiddin Bashriddinov
22 MF Oʻzbekiston UZB Ravon Xavasov
23 MF Oʻzbekiston UZB Shohrux Yoqubjonov
24 FW Oʻzbekiston UZB Fazliddin Rahmatov
25 MF Oʻzbekiston UZB Asadbek Zokirjonov
27 DF Oʻzbekiston UZB Doniyor Erkinov
28 FW Oʻzbekiston UZB Sohib Muhammadiyev
30 MF Oʻzbekiston UZB Jasurbek Umarov
33 DF Oʻzbekiston UZB Sulton Rahmatov
77 FW Oʻzbekiston UZB Bobur Farhodov

Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
R. Poz. Millati Futbolchi

Jamoa Rahbariyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Lavozim Ism
Prezident Bahodirjon Shermuhammadov
Ijrochi direktori Oʻzbekiston Zarifbek Mamatqulov
Jamoa menedjeri Oʻzbekiston Jasurbek Hamroqulov
Sport direktori Oʻzbekiston Ruslan Xudayatov
Adminstrator Oʻzbekiston Azizbek Isomiddinov

Murabbiylar shtabi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2025-yil 15-mart holatiga koʻra
Lavozim Ism
Bosh murabbiy Oʻzbekiston Sergey Lebedev
Yordamchi murabbiy Oʻzbekiston Abdusamad Doʻrmonov
Darvozabonlar murabbiyi Oʻzbekiston Bahodir Shamshiddinov
U19 jamoa murabbiyi Oʻzbekiston Jahongir Poʻlatov
Shifokor Oʻzbekiston Komiljon Ikromov
Fizoterapevt Bahodir Haydarov