JUST IN: Oqtepa (futbol klubi) - The Verge Report
| Oqtepa | |||
| |||
| Toʻliq nomi | Toshkentning „Oqtepa“ futbol klubi | ||
| Laqabi | Aktepintsy | ||
| Asos solingan | 2000 | ||
| Tugatilgan | 2021 | ||
| Stadion | Oqtepa | ||
| Stadion hajmi | 2,000 | ||
| Musobaqasi | |||
|---|---|---|---|
| Mavsumi | 2019 | 3 | |
|
| |||
Oqtepa futbol klubi — Toshkent shahridagi oʻzbek futbol klubi. 2000-yilda asos solingan jamoa hozirda Oʻzbekiston „A“ Pro-Ligasi oʻyinlarida ishtirok etmoqda.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Oqtepa“ futbol klubi 2000-yilda Gʻanisher Shogʻulomov tomonidan tashkil etilgan. 2000—2005-yillarda Oʻzbekiston Ikkinchi ligasida oʻynagan, Rustam Hamdamov esa jamoaga bosh murabbiylik qilgan.
2005-yilda Ikkinchi liganing final bosqichida oʻz guruhida gʻalaba qozondi va Birinchi ligada oʻynash huquqini beruvchi oʻtish turniriga kirdi.
2006-yilda „Oqtepa“ Birinchi ligada debyut qildi va jamoani birdaniga 2 nafar murabbiy — Nizom Nortojiev va Otabek Mansurov boshqarib, uni 11-oʻringa olib chiqdi.
2007-yilgi mavsumda Otabek Mansurov klubning yagona bosh murabbiyi boʻlib qoldi va uni 7-oʻringa koʻtardi. 2008-yilda esa jamoani u bilan birga 6-oʻrinni egallagan Ravil Imomov boshqargan.
Bir necha sabablarga koʻra „Oqtepa“ keyingi yili Birinchi ligada ishtirok eta olmadi. Ammo 2010-yilgi mavsumda u oʻz oldiga yuqori maqsadlar qoʻyib, ushbu divizionga qaytdi.
Jamoaga Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksey Yevstafeyev yordamchisi — Aleksandr Mochinov taklif etildi, lekin u bilan „Oqtepa“ bor-yoʻgʻi 11-oʻrinni egalladi.
2011-yilda Mochinov oʻz ishini davom ettirdi, ammo yakunida jamoa 16-oʻringa tushib ketdi. Bu natijalar klub rahbariyatini qoniqtirmadi va mutaxassis egallab turgan lavozimidan chetlatildi.
2012-yilda jamoa boshqaruvi Vohid Xolboev qoʻliga oʻtdi, lekin u futbolchilarga ishonch bera olmadi va mavsum oxirigacha jamoaga Farhod Abdurasulov murabbiylik qildi. Natijada jamoa 8-oʻrinni egalladi.
2013-yilgi mavsumda „Oqtepa“ ning sobiq futbolchisi Aleksandr Tokov klub murabbiyi boʻldi va u 10-oʻrinni egalladi.
2014-yil boshida Aleksandr Mochinov yana klubga bosh murabbiy etib tayinlandi, biroq u 1-bosqichda isteʼfoga chiqdi. 2-turga qadar jamoani tajribali murabbiy Furqat Esanboev boshqardi.
2-bosqichdan esa bu lavozim Ildar Sakayevga ishonib topshirildi. 2014-yilgi mavsumda „Oqtepa“ Birinchi ligada 4-oʻrinni, keyin esa 2-oʻrinni egalladi (bu klub tarixidagi eng yuqori oʻrin).
Klub ramzlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Klubning sobiq logosi
Mahalliy tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Mavsum | Liga | Oʻzbekiston kubogi | Eng yaxshi toʻpurar | Murabbiy | |||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Div. | Pos. | Oʻyin | Gʻ | D | M | UG | OʻG | O | Ism | Liga | |||
| 2006 | 2st | 11 | 38 | 14 | 6 | 18 | 57 | 63 | 48 | 1/4 Final | |||
| 2007 | 2st | 7 | 38 | 19 | 8 | 11 | 67 | 59 | 65 | 29 | |||
| 2008 | 2st | 6 | 34 | 15 | 8 | 11 | 61 | 53 | 53 | ||||
| 2009 | Professional klub sifatida faoliyati toʻxtatilgan va Oʻzbekiston ikkinchi ligasi baxslarida faoliyat olib borgan | ||||||||||||
| 2010 | 2st | 11 | 38 | 19 | 3 | 16 | 65 | 46 | 60 | ||||
| 2011 | 2st | 16 | 38 | 12 | 5 | 21 | 37 | 69 | 41 | ||||
| 2012 | 2st | 8 | 38 | 21 | 0 | 17 | 87 | 79 | 63 | 23 | |||
| 2013 | 2st | 10 | 36 | 14 | 8 | 12 | 53 | 56 | 50 | 16 | |||
| 2014 | 2st | 4 | 38 | 26 | 4 | 8 | 84 | 46 | 82 | ||||
| 2015 | 2st | 2 | 34 | 23 | 4 | 7 | 72 | 24 | 73 | ||||
| 2016 | 4st | Professional klub sifatida faoliyati toʻxtatilgan va Oʻzbekiston ikkinchi ligasi baxslarida faoliyat olib borgan | |||||||||||
| 2017 | 4st | ||||||||||||
| 2018 | 4st | ||||||||||||
| 2019 | 2st | 3 | 28 | 16 | 3 | 9 | 59 | 42 | 51 | 19 | |||
| 2020 | 2st | 6 | 20 | 6 | 4 | 10 | 23 | 31 | 22 | 7 | |||
| 2021 | 4st | Professional klub sifatida faoliyati toʻxtatilgan va Oʻzbekiston ikkinchi ligasi baxslarida faoliyat olib borgan | |||||||||||
| 2022 | 4st | ||||||||||||
| 2023 | |||||||||||||
Stadion va baza
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Oqtepa“ oʻz uy uchrashuvlarini Toshkentdagi Oqtepa massividagi stadionda oʻtkazadi. Futbol maydonining oʻlchamlari — 105x68 metr.
2012-yilgacha maydon tabiiy qoplamaga ega edi, ammo klub rahbariyati tashabbusi bilan keyin sunʼiy qoplama yotqizildi.
Klub boshqaruvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Prezident | |
| Vitse prezident | |
| Prezident maslahatchisi | |
| Klub rahbari | |
| Bosh murabbiy | |
| „Oq-tepa“ futbol maktabi direktori | |
| Bosh kotib | |
| Matbuot kotibi | |
| Jamoa bosh shifokori |
Murabbiylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Yil | Murabbiy |
|---|---|
| 2000-2005 | |
| 2006 | |
| 2007 | |
| 2008 | |
| 2010-2011 | |
| 2012 (1-bosqich) | |
| 2012 (2-bosqich) | |
| 2013 | |
| 2014 (1-bosqich) | |
| 2014 (2-bosqich) | |
| 2014- 2019 | |
| 2019-h.v. |
U19
[tahrir | manbasini tahrirlash]U21
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ofitsialniy sayt FK. Aktepa
- Rukovodstvo kluba
- Tekuщiy sostav komandi
- FK Aktepa na soccernews.ru (Wayback Machine saytida 10-mart 2016-yil sanasida arxivlangan)
- Ofitsialniy sayt PFL Uzbekistana
