TECH NEWS: Sitora (futbol klubi, Buxoro)
| Toʻliq nomi | Sitora (futbol klubi, Buxoro) |
|---|---|
| Asos solingan | 1991-yil |
| Tugatilgan | 2003-yil |
| Stadioni | Sitora Sport majmuasi |
| Sigʻimi | 5,000 |
| Liga | Oʻzbekiston Pro ligasi |
Sitora — Buxoro shahridagi sobiq professional oʻzbek futbol klubi[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sitora futbol klubi Buxoroda, ipak gazlama korxonasi qoshida 1991-yil tashkil etilgan. 1992-yilda jamoa Oʻzbekiston ikkinchi ligasida gʻolib chiqqan. 1993-yilda klub Oʻzbekiston Birinchi ligasida oʻz ishtirokini boshlagan. Klub bu davrda katta muvaffaqiyatga erisha olmagan. Eng yuqori yutugʻi 2000-yilgi Oʻzbekiston Birinchi ligasida 7-oʻrinni egallashi edi. 2003-yildan professional faoliyatini toʻxtatgan.
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston Birinchi ligasi
- 7-oʻrin (1): 2000
- Oʻzbekiston ikkinchi ligasi
- Chempion (1): 1992-yil
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sitora (futbol klubi, Buxoro) Footballfacts saytida
| Oʻzbekiston futbol klublariga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |