BREAKING: Metallurg Bekobod - What You Need To Know

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Metallurg PFK
Technology news and reviews image
Toʻliq nomi Metalurg Bekobod futbol klubi
Laqabi Konchilar, Metallurgchilar
Asos solingan 1945 (80 yil avval) (1945) (2026-yil qayta tashkil etilgan)
Stadioni Metallurg (Stadion, Bekobod)
Sigʻimi 15,000
Jamoa egasi Oʻzmetkombinat
Bosh direktor Ulugʻbek Mirzayev
Bosh murabbiy Ilhom Moʻminjonov
Liga Oʻzbekiston Pro ligasi
Vebsayti Klub sayti
Amaldagi mavsum

Metalurg futbol klubi – Toshkent viloyatining Bekobod shahrida 1945-yilda tashkil etilgan futbol jamoasi. Klub Oʻzbekiston Pro ligasi da ishtirok etadi.

Jamoa bosh homiysi va egasi „Oʻzmetkombinat“ aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi. Klub 1998-yildan 2025-yilgacha Oʻzbekiston Superligasining doimiy ishtirokchisi boʻlgan.

1945-yildaBekobod“ nomi bilan tashkil etilgan. Sovet davrida u SSSR chempionatining Ikkinchi ligasi va Ikkinchi quyi ligasida qatnashgan, bir necha mavsum Oʻzbekiston SSR chempionatida oʻynagan. 1985 va 1990-yillarda Oʻzbekiston SSR kubogi sohibi boʻlgan. Bekobod shahrining „Metallurg“ jamoasi tarixi 1945-yilga borib taqaladi. Ikkinchi jahon urushi poyoniga yetgandan soʻng Oʻzbekistonning metallurglar shahrida millionlar oʻyinini rivojlantirishga eʼtibor qaratildi. Zero poytaxtdan 150 chaqirim uzoqlikda joylashgan industriya shahri aholisi uchun futbol jamoasi ishtirokidagi oʻyinlar eng yaxshi dam olish vosita sanalgandi. Dastlabki yillarda jamoa asosini N. F. Ruskiy, A.Kuchkin, V.Li, V.Pak singari fidoyi insonlar tashkil etgan. Jamoa turli musobaqalarda, jumladan, sobiq Ittifoq chempionati ikkinchi ligasida, Toshkent viloyati birinchiligi va Kubogi, KFK respublika jamoalari Birinchiligi va Kubogida, kasaba uyushma qoʻmitalari jamoalari oʻrtasidagi Respublika birinchiligida, „Millionlar Kubogi“da va boshqa musobaqalarda qatnashgan. „Metallurg“ bekobodlik futbol ishqibozlarining mehrini qozonib kelgan. Jamoaning tashkil topishi, keyinchalik shakllanishi va musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashishida A.Toshxoʻjayev, Sh. Yoʻldoshev va K.Moʻminov singari murabbiylarning hissasi katta boʻlgan. 1991-yildan eʼtiboran „Metallurg“ futbol jamoasi Oʻzbekiston birinchiligi va Kuboklarining har yilgi ishtirok etib kelayapti. Mamlakat birinchiligida qatnashgan yillarda jamoani quyidagi murabbiylar boshqarishgan: Karim Moʻminov (1991, 1993, 1994), Aleksandr Myagkov (1992), Ravil Bagautdinov (1995), Vladimir Yejurov (1996). „Metallurg“ 1997-yilda Oʻzbekiston birinchiligida Yakov Kaprov hamda Sergey Dotsenkolar rahbarligida ishtirok etdi va 2-oʻrinni egallab, keyingi mavsumdan eʼtiboran Oʻzbekiston chempionatida qatnashish huquqiga sazovor boʻldi. Kuchlilar safida bekobodliklar chiroyli oʻyinlari bilan ishqibozlar olqishiga sazovor boʻlib kelmoqda. Jamoa ayniqsa uy uchrashuvlarida qadrdon muxlislari qarshisida hujumkor oʻyin koʻrsatib, peshqadam klublarni ham bir necha marta dogʻda qoldirishga muvaffaq boʻlgan.

SSSR parchalanganidan soʻng, 1992-yildan Oʻzbekiston chempionatining Birinchi ligasida ishtirok eta boshladi. 1997-yilgi mavsumda u 2-oʻrinni egalladi va Oliy ligaga yoʻllanma oldi.

Oʻshandan beri u mamlakat elita boʻlinmasining doimiy aʼzosi. 2002 va 2018-yillarda 5-oʻrinni egallagan va bu Bekobodning „Metallurg“ jamoasining chempionatlardagi eng yuqori yutugʻi edi.

Klubning tugatilishi va qayta tashkil etilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzmetkombinat 2024-yilgi mavsum yakunida Metallurg klubini moliyalashtirilishin toʻxtatilishini maʼlum qilganidan soʻng[1] 2025-yilgi mavsum avvalida faoliyati klub faoliyati toʻxtatilgan[2] va jamoa tarqatib yuborilgan[3]. 2026-yil 23-yanvarda klub qayta tiklangan[4][5].

Jamoa nomlari tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
yillar Ism
1945—1969-yillar "Bekobod"
1969—1991-yillar "Sementchi"
1992—1993-yillar "Madanchi"
1994-yil - hozirgacha ichida. "Metallurg"

Mahalliy musobaqalar tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mavsum Liga Oʻzbekiston Kubogi Eng yaxshi toʻpurar Murabbiy
Div. Pos. Pl. W D L GS GA P Ism Liga
1992 2 8 30 13 7 10 45 50 33 1/16 final bosqichi
1993 2 11 30 8 11 11 35 41 27 1/16 final bosqichi
1994 2 7 34 15 8 11 66 36 38 1/8 final bosqichi Metallurg Bekobod Ravshan Shukurov 18
1995 2 10 22 6 3 13 32 53 21 Dastlabki bosqich
1996 2 9 52 24 6 22 73 64 78 Dastlabki bosqich
1997 2 2 42 27 6 9 95 42 87 Dastlabki bosqich
1998 1 13 30 9 7 14 37 50 34 1/16 final bosqichi Oʻzbekiston Zuhriddin Akbarov 6 Oʻzbekiston Sergey Dotsenko
1999 1 8 30 11 6 13 41 44 39 1/16 final bosqichi Oʻzbekiston Gʻayrat Odilov 10 Oʻzbekiston Yakov Kaprov

Oʻzbekiston Usmon Asqaraliyev

2000 1 13 38 12 8 18 44 58 44 Oʻzbekiston Ulugʻbek Roʻzimov 8 Oʻzbekiston Rauf Inileyev

Oʻzbekiston Valeriy Lyotkin

2001 1 14 34 9 12 13 42 60 39 1/8 final bosqichi Oʻzbekiston Noʻmon Nurmatov

Oʻzbekiston Gʻayrat Odilov

9 Oʻzbekiston Usmon Asqaraliyev
2002 1 5 30 14 6 10 40 35 48 1/8 final bosqichi Oʻzbekiston Vladimir Baranov 8 Oʻzbekiston Rustam Mirsodiqov
2003 1 13 30 9 5 16 36 69 32 1/8 final bosqichi Oʻzbekiston Hikmat Hoshimov

Oʻzbekiston Abbos Abdullayev

6 Oʻzbekiston Valeriy Lyotkin
2004 1 9 26 8 3 15 26 48 27 1/16 final bosqichi Oʻzbekiston Hikmat Hoshimov 6 Oʻzbekiston Rustam Mirsodiqov

Oʻzbekiston Eldor Sakayev

2005 1 11 26 9 2 15 32 47 29 Dastlabki bosqich Oʻzbekiston Islom Choriyev

Metallurg Bekobod Muxtor Qurbonov

7 Oʻzbekiston Eldor Sakayev
2006 1 14 30 7 7 16 36 45 28 Chorak final Oʻzbekiston Bahrom Umarov 11 Oʻzbekiston Shamil Tolipov

Oʻzbekiston Eldor Sakayev

2007 1 15 30 6 5 19 32 62 23 1/8 final bosqichi Oʻzbekiston Zohid Abdullayev 7 Oʻzbekiston Shamil Tolipov

Oʻzbekiston V Rustamov

Oʻzbekiston Valeriy Lyotkin

2008 1 7 30 12 6 12 28 34 42 1/8 final bosqichi Oʻzbekiston Hikmat Hoshimov 6 Oʻzbekiston Rustam Mirsodiqov
2009 1 12 30 7 10 13 36 49 31 1/8 final bosqichi Oʻzbekiston Zohid Abdullayev 6 Oʻzbekiston Rustam Mirsodiqov
2010 1 6 26 9 8 9 29 31 35 1/8 final bosqichi Oʻzbekiston Zohid Abdullayev 7 Oʻzbekiston Rustam Mirsodiqov
2011 1 8 26 9 4 13 35 42 31 1/8 final bosqichi Oʻzbekiston Ilyos Qurbonov 8 Oʻzbekiston Rustam Mirsodiqov
2012 1 10 26 8 5 13 32 46 29 Chorak final Oʻzbekiston Zohid Abdullayev 9 Oʻzbekiston Rustam Mirsodiqov
2013 1 7 26 10 3 13 36 44 33 1/16 final bosqichi Oʻzbekiston Shahzodbek Nurmatov 9 Oʻzbekiston Rustam Mirsodiqov
2014 1 9 26 8 4 14 44 54 28 1/8 final bosqichi Oʻzbekiston Sunnatilla Mamadaliyev

Oʻzbekiston Shahzodbek Nurmatov

8 Oʻzbekiston Rustam Mirsodiqov
2015 1 9 30 10 6 14 44 38 36 Chorak final Oʻzbekiston Shahzodbek Nurmatov 10 Oʻzbekiston Rustam Mirsodiqov
2016 1 7 30 14 7 9 47 34 49 Chorak final Oʻzbekiston Zohid Abdullayev 18 Oʻzbekiston Rustam Mirsodiqov
2017 1 10 30 12 4 14 40 39 40 Uchinchi bosqich Oʻzbekiston Zohid Abdullayev 12 Oʻzbekiston Rustam Mirsodiqov
2018 1 5 32 12 7 13 28 38 43 1/16 final bosqichi Oʻzbekiston Zohid Abdullayev

Oʻzbekiston Islombek Isoqjonov

7 Oʻzbekiston Andrey Shipilov
2019 1 5 26 9 8 9 33 26 35 Ikkinchi bosqich Metallurg Bekobod Zohid Abdullayev

Oʻzbekiston Muzaffar Muzaffarov

Oʻzbekiston Stanislav Andreyev

Oʻzbekiston Bahodir Pardaev

5 Oʻzbekiston Andrey Shipilov
2020 1 7 26 10 6 10 30 30 36 Chorak final Oʻzbekiston Shaxzod Ubaydullaev 8 Oʻzbekiston Andrey Shipilov
2021 1 11 26 8 1 17 22 35 25 1/8 final Oʻzbekiston Damir Temirov 4 Oʻzbekiston Andrey Shipilov

Oʻzbekiston Jasur Abduraimov

Ispaniya Luisma Hernández

2022 1 10 26 8 8 10 19 27 32 1/8 final Oʻzbekiston Shohnazar Norbekov 7 Ispaniya Luisma Hernández
2023 1 10 26 8 6 12 26 35 30 1/8 final Oʻzbekiston Zabihillo Oʻrinboyev 7 Metallurg Bekobod Luisma Hernández

Metallurg Bekobod Vesco Stesevic

2024 1 13 26 3 14 9 22 30 23 1/8 final Metallurg Bekobod Marko Milićković 6 Metallurg Bekobod Vesco Stesevic

Oʻzbekiston Ilyos Qurbonov

Oʻzbekiston Grigoriy Kolosovskiy

Oʻzbekiston Ilyos Qurbonov

Ayollar jamoasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Metallurg-Women“ tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent viloyatining industriya shaharlaridan biri – Bekobodda ayollar futboliga asos solinganiga unchalik koʻp boʻlmadi. Ammo qisqa fursat ichida „Metallurg-Women“ mamlakatimizning eng kuchli jamoalaridan biriga aylanib ulgurdi. 2012-yil „Metallurg“ futbol klubi rahbariyati mavsum soʻngida ayollar jamoasini tashkil etish hamda Oʻzbekiston chempionatlarida qatnashish taklifini oldinga tashladi va bu Oʻzbekiston metallurgiya kombinati hissadorlik jamiyati tomonidan qoʻllab quvvatlandi. Natijada 2013-yilgi mavsumdan eʼtiboran „Metallurg-Women“ nomi ostida bekobodlik qizlar mamlakat chempionati hamda Oʻzbekiston kubogi bahslaridagi ishtirokini boshlashdi. Tashkil etilgan yiliyoq „Metallurg-Women“ning sovrindorlar safiga kirishi futbol jamoatchiligi tomonidan „syurpriz“ – kutilmagan hol deb qabul qilingan boʻlsa, besh yil davomida „Metallurg-Woman“ aslida katta maqsadlar sari dadil qadam tashlayotganligini isbotladi. Keyingi mavsumdayoq ayollar futbolimizdagi ikkinchi musobaqa – Oʻzbekiston kubogidagi yorqin gʻalaba buning isboti boʻldi. Poytaxt viloyati vakillari maqsadlariga bosqichma bosqich, sabr-matonat bilan erishib bordilar. Avvaliga bronza medaliga sazovor boʻlgan „Metallurg-Woman“ keyinchalik Oʻzbekiston kubogini, undan soʻng Oʻzbekiston Superkubogini qoʻlga kiritdi. Uchinchi oʻrin ikkinchi oʻringa almashdi. Bronza medali sifati kumush medal sifatiga oʻzgardi. Tashkil etilganining beshinchi mavsumini esa bekobodliklar beshga topshirishdi! Oʻzbekiston chempionatlari tarixida misli koʻrilmagan natija qayd etildi. „Metallurg-Woman“ chempionatning barcha – 20 ta uchrashuvida gʻalaba qozonib, bironta ham ochko yoʻqotmadi!!! „Metallurg-Women“ning milliy chempionatlarimizdagi natijalari borasida quyidagi jadvalda tanishishingiz mumkin. „Metallurg-Women“ milliy chempionatimizdan tashqari Oʻzbekiston kubogi hamda Superkubogi bahslarida ham zafar quchishgan. Bekobodliklar ikki karra Oʻzbekiston kubogi sohibi boʻlishgan. 2015-yilgi mavsum finalida „Metallurg-Women“ Qarshining „Sevinch“ jamoasini qoʻshimcha vaqtda 4:2 hisobida magʻlubiyatga uchratgan boʻlsa, 2017-yilgi mamlakat Kubogi finalida Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasi dogʻda qoldirildi – 3:1. 2016-yilgi mavsumda Oʻzbekiston kubogi sohibi sifatida Superkubok musobaqasida Oʻzbekiston chempioni – „Sevinch“ jamoasi magʻlubiyatga uchratildi. Bu muvaffaqiyatni jamoa 2018-yilda ham takrorladi. Bu safar yangi murabbiylar shtabi boshchiligida bekobodlik qizlar finalda „Bunyodkor-vumen“ni dogʻda qoldirishdi – 2:1. Turli yillarda „Metallurg-Women“ oʻyinchilari mavsum toʻpularlari roʻyxatidan joy egallab kelishmoqda. Jumladan, 2014-yilda Nargiza Abdurasulova (19) ikkinchi natijani koʻrsatdi. 2015-yildan eʼtiboran esa sahnaga „Metallurg-Women“ hujumchisi Lyudmila Karachik koʻtarildi. U 2015-yilda – 66 ta gol bilan chempionatlar rekordi oʻrnatgan boʻlsa, 2016-yilda – 27, 2017-yilda – 42 ta goli bilan karvonboshilikni qoʻldan boy bermadi.

Futzal jamoasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Metallurg“ futzal jamoasi tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bekobod shahriga katta futbol ikkinchi jahon urushidan keyin, 1945-yilda kirib kelgan. Metallurglar shahrida shu nom bilan ataluvchi jamoa tuzildi va u poytaxtdan 150 km uzoqlikda joylashgan kichik shaharcha aholisi uchun asosiy dam olish vositasiga aylandi. Jamoa turli yillarda sobiq Ittifoq chempionati ikkinchi ligasida, Toshkent viloyati birinchiligi va Kubogi, KFK respublika jamoalari Birinchiligi va Kubogida, kasaba uyushma qoʻmitalari jamoalari oʻrtasidagi Respublika birinchiligida, „Millionlar Kubogi“da va boshqa musobaqalarda qatnashgan. Jamoaning tashkil topishi, keyinchalik shakllanishi va musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashishida A.Toshxoʻjayev, SH.Yoʻldoshev va K.Moʻminov singari murabbiylarning hissasi katta boʻlgan. 1991-yildan eʼtiboran „Metallurg“ futbol jamoasi Oʻzbekiston birinchiligi va Kuboklarining har yilgi ishtirok etib kelayapti. Mamlakat birinchiligida qatnashgan yillarda jamoani quyidagi murabbiylar boshqarishgan: Karim Moʻminov (1991, 1993, 1994), Aleksandr Myagkov (1992), Ravil Bagautdinov (1995), Vladimir Yejurov (1996). „Metallurg“ 1997-yilda Oʻzbekiston birinchiligida Yakov Kaprov hamda Sergey Dotsenkolar rahbarligida ishtirok etdi va 2-oʻrinni egallab, keyingi mavsumdan eʼtiboran Oʻzbekiston chempionatida qatnashish huquqiga sazovor boʻldi. Kuchlilar safida bekobodliklar chiroyli oʻyinlari bilan ishqibozlar olqishiga sazovor boʻlib kelmoqda. Jamoani eng koʻp va samarali boshqargan murabbiylardan biri Rustam Mirsodiqov hisoblanadi. Uning rahbarligida jamoa oʻnta mavsum kuchlilar safidagi mavqeyini saqlab keldi va oliy liga bahslarida ikki marta 5-oʻrinni egallab, eng yaxshi natijani qayd etdi. Aynan ushbu mutaxassis klubga rahbarlik qilib kelgan yillarda Bekobodda futbolning ajralmas qismi – futzalga ham asos solindi. 2016-yili „Metallurg“ PFK qoshida futzal jamoasi ham tuzildi va u mamlakat milliy chempionati hamda Oʻzbekiston kubogi bahslarida ishtirokini boshladi. Dastlabki mavsumda kuchlilar safida ishtirok etish bekobodliklar uchun oson kechmadi. Biroq gʻayratli, shijotli yoshlarni jamlagan murabbiylar shtabi metallurglar shahrida futbolning bu qiziqarli yoʻnalishining ham shakllanishiga erishdilar.

Klub oʻz oʻyinlarini 1960-yildan buyon A.Anoxin nomidagi stadionda oʻtkazib keladi. Dastlab stadion 5000 tomoshabinga moʻljallangan edi. 2009-yilda stadionni rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi. 2012-yilning yozida yangi stadion qurilish ishlari yakunlandi va stadion sigʻimi 15 000 tagacha kengaytirildi va stadion nomi „Metallurg“ stadioni nomini oldi. Stadionning tantanali ochilish marosimi 2012-yilning 4-avgust kuni Oʻzbekiston ligasi doirasidagi „Metallurg“ – „Paxtakor“ uchrashuvida 1:2 hisobida yakunlangan edi.[6][7][8]

Jamoa tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2026-yil 7-mart holatiga[10]

Eslatma: bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoani koʻrsatadi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin. Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
TBD GK Oʻzbekiston UZB Suhrob Sultonov
TBD GK Oʻzbekiston UZB Dilruh Aliyev
TBD GK Oʻzbekiston UZB Mohirbek Komilov
TBD DF Oʻzbekiston UZB Dostonbek Abdulhayev
TBD DF Oʻzbekiston UZB Sardor Saʼdullayev
TBD DF Oʻzbekiston UZB Mirziyot Mirodilov
TBD DF Oʻzbekiston UZB Usmonali Abdukarimov
TBD DF Oʻzbekiston UZB Asiljon Begimqulov
15 DF Serbiya SRB Vladimir Bubanja
TBD DF Oʻzbekiston UZB Mirzohid Gʻofurov
TBD DF Oʻzbekiston UZB Muhammadbobur Moʻydinov
TBD MF Oʻzbekiston UZB Sherzodjon Komilov
R. Poz. Millati Futbolchi
TBD MF Oʻzbekiston UZB Javohir Ubaydullayev
TBD MF Serbiya SRB Branimir Jočić
TBD MF Oʻzbekiston UZB Komiljon Tojiddinov
TBD MF Oʻzbekiston UZB Azim Ahmedov
TBD MF Oʻzbekiston UZB Sanjar Shoahmedov
TBD MF Oʻzbekiston UZB Doniyor Narzullayev
TBD MF Oʻzbekiston UZB Saidumarxon Saidnurullayev (Paxtakor jamoasidan ijara)
TBD MF Oʻzbekiston UZB Navroʻzbek Iminjonov
TBD FW Chernogoriya MNE Armin Bošnjak
TBD FW Oʻzbekiston UZB Ibrohim Noʻmonov
TBD FW Oʻzbekiston UZB Jasur Hakimov
TBD FW Oʻzbekiston UZB Moʻmin Meliyev
2026-yil 23-yanvar holatiga holatiga

Eslatma: bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoani koʻrsatadi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin. Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
R. Poz. Millati Futbolchi
2026-yil 23-yanvar holatiga[11]

Eslatma: bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoani koʻrsatadi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin. Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

R. Poz. Millati Futbolchi
R. Poz. Millati Futbolchi

Klub xodimlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boshqaruv hodimlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Lavozim Xodimlar
Prezident Bahodir Abdullayev
Bosh direktor Ulugʻbek Mirzayev
Sport direktori Farzod Zaripov
Texnik direktor Jamshid Mirabdullayev
Yoshlar jamoasi kordinatori Nozim Esonov
Ijrochi direktor
Xavfsizlik boʻyicha ofitser Alisher Toshmatov
Matubot kotibi Omonboy To‘xtamirzayev
  • Oxirgi yangilangan: 2025-yil 23-yanvar
  • Manba:

Hozirgi murabbiylar shtabi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Lavozim Xodimlar
Bosh murabbiy Oʻzbekiston Ilhom Moʻminjonov
Bosh murabbiy yordamchisi Oʻzbekiston Durbek Umaraliyev
Tahlilchi murabbiy Oʻzbekiston Islombek Rustamov
Darvozabonlar murabbiyi Oʻzbekiston Akmal Ortiqov
Fitnes murabbiyi Qozogʻiston Andrey Shumara
Seleksioner murabbiy Oʻzbekiston Oybek Qilichev
  • Oxirgi yangilangan: 2026-yil 26-yanvar
  • Manba:[12]

Klub tarixida iz qoldirganlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mashhur futbolchilar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boshqaruv tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Davr Bosh murabbiy Manba
1945—1997 Aniq maʼlumotlar yoʻq
1998—1999 Metallurg Bekobod Sergey Dotsenko
1999—1999 Metallurg Bekobod Yakov Kaprov
1999—2000 Metallurg Bekobod Usmon Asqaraliyev
2000—2001 Metallurg Bekobod Valeriy Lyotkin
2001—2002 Metallurg Bekobod Usmon Asqaraliyev
2002—2003 Metallurg Bekobod Rustam Mirsodiqov
2003—2004 Metallurg Bekobod Valeriy Lyotkin
2004—2004 Metallurg Bekobod Usmon Asqaraliyev
2004—2006 Metallurg Bekobod Eldor Sakayev
2006 Metallurg Bekobod Shamil Talipov
2006—2007 Metallurg Bekobod Eldor Sakayev
2007 Metallurg Bekobod Shamil Talipov
2007—2008 Metallurg Bekobod Valeriy Lyotkin
2008—2017 Metallurg Bekobod Rustam Mirsodiqov
2018—2021 Metallurg Bekobod Andrey Shipilov
2021 Metallurg Bekobod Jasur Abduraimov
2022—2023 Metallurg Bekobod Luisma Hernández [13]
2023—2024 Metallurg Bekobod Vesco Stesevic
2024 Metallurg Bekobod Ilyos Qurbonov (vaqticnha)
2024 Metallurg Bekobod Grigoriy Kolosovskiy [14]
2024 Metallurg Bekobod Ilyos Qurbonov (vaqticnha)
2026— Metallurg Bekobod Ilhom Moʻminjonov [15]
  1. „"Металлург" янги мавсумни Суперлигада ўтказмайди“ (2024-yil 21-dekabr).
  2. „"Металлург" Биринчи лигада ҳам йўқ! Янги мавсумда Биринчи лигада 30 та жамоа иштирок этади“ (2025-yil 25-mart).
  3. „Деярли барча футболчилари билан хайрлашган "Металлург" черногориялик ҳужумчисини трансферга қўйди“ (2024-yil 24-dekabr).
  4. „Расман: "Металлург" қайта тикланди.“ (2026-yil 23-yanvar).
  5. „Палимпсест“ (2026-yil 24-yanvar).
  6. „Metallurg Stadium“ (ruscha). FC Metallurg.
  7. „Metallurg stadioni“ (ruscha). Rambler News (9-avgust 2012-yil). 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-sentabr 2022-yil.
  8. „Metallurg – Pakhtakor, 04.08.12“. soccerway (4-avgust 2012-yil).
  9. rsssf.com: http://www.rsssf.com/tableso/oezcuphist.html
  10. „Metallurg jamoasi tarkibi“. UzPFL sayti. 2024-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-fevral 2024.
  11. „Metallurg Bekobod U19“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi.[sayt ishlamaydi]
  12. „"Metallurg" rahbariyati, bosh murabbiy va shtab vakillari bilan tanishing“ (2026-yil 8-mart).
  13. „"Луисма Эрнандеснинг кетиши натижага боғлиқ эмас, номзодлар орасида хорижлик мураббий фаворит бўлиб турибди" — "Металлург" бош директори“. 2023-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-aprel.
  14. „Расман: "Металлург"га янги бош мураббий тайинланди“ (2024-yil 12-iyul).
  15. „"Металлург" қайтмоқда. Жамоанинг янги бош мураббийи маълум.“ (2026-yil 21-yanvar).