TRENDING: Reza Ghoochannejhad | Latest Update
|
Ghoochannejhad (2014-yil) | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Reza Ghoochannejhad Nournia | ||
| Tavallud sanasi | 20-sentyabr 1987-yil | ||
| Tavallud joyi | Mashhad, Eron | ||
| Boʻyi | 1.80 m (5 ft 11 in)[1] | ||
| Ampluasi | Strayker | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| LAC Frisia 1883 | |||
| Cambuur | |||
| 1998–2005 | Heerenveen | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2005–2009 | Heerenveen | 2 | (0) |
| 2006–2007 | → Go Ahead Eagles | 13 | (4) |
| 2009 | → Emmen | 12 | (1) |
| 2009–2010 | Go Ahead Eagles | 10 | (6) |
| 2010–2011 | Cambuur | 37 | (15) |
| 2011–2013 | Sint-Truiden | 32 | (17) |
| 2013–2014 | Standard Liège | 8 | (1) |
| 2014–2016 | Charlton Athletic | 38 | (3) |
| 2014–2015 | → Al-Kuwait | 10 | (11) |
| 2015 | → Al-Wakrah | 9 | (2) |
| 2016–2018 | Heerenveen | 67 | (27) |
| 2018–2019 | APOEL | 10 | (2) |
| 2019 | → Sydney FC | 10 | (1) |
| 2019–2021 | PEC Zwolle | 34 | (13) |
| Total | 292 | (103) | |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2003 | Niderlandiya U16 | 1 | (0) |
| 2003–2004 | Niderlandiya U17 | 4 | (0) |
| 2005 | Niderlandiya U18 | 1 | (0) |
| 2006–2007 | Niderlandiya U19 | 3 | (1) |
| 2012–2018 | Eron | 44 | (17) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Reza Ghoochannejhad Nournia (forscha: رضا قوچاننژاد نورنیا, Belgiya va Niderlandiyada Guchchi nomi bilan tanilgan; 1987-yil 20-sentyabrda tugʻilgan) – eronlik sobiq futbolchi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan.
Reza dastlab Niderlandiya terma jamoasining yoshlar jamoalari tarkibida oʻynagan boʻlsa-da, keyinchalik katta yoshlilar darajasida Eron milliy terma jamoasiga oʻtgan. Eron terma jamoasi safida 44 ta oʻyinda 17 ta gol urgan Ghoochannejhad 2014 va 2018-yillardagi FIFA Jahon chempionatlarida hamda 2015-yilgi Osiyo Kubogida ishtirok etgan.
Terma jamoadagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ghoochannejhad 2003-yildan 2007-yilgacha Niderlandiya yoshlar terma jamoasi sharafini himoya qilgan va Niderlandiya U19 terma jamoasida oʻynagan[2]. Murabbiy Carlos Queiroz tomonidan 2012-yilda Eron terma jamoasiga taklif qilinganidan soʻng, kattalar terma jamoasidagi debyutini 2012-yil 16-oktyabrda Eronning 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichida Janubiy Koreyaga qarsh oʻyinida oʻtkazgan[3]. Shu bilan birga, uchinchi oʻyinida Livanga qarshi dastlabki ikkita golini urgan[4]. 2013-yil 4-iyunda Ghoochannejhad Qatarga qarshi oʻyinda yagona golni urgan[5]. Bir necha kundan soʻng, Livanga qarshi oʻyinda ham gol muallifi boʻlgan[6]. Keyingi Janubiy Koreyaga qarshi oʻyinda ham gʻalaba golini urgan[7]. Bu Eronning 2014-yilgi FIFA Jahon chempionatida oʻz guruhida birinchi oʻrinni egallashiga zamin yaratgan[8].
Uning gol urish seriyasi Osiyo Kubogi saralash bosqichida ham davom etgan. Tailand va Livanga qarshi oʻyinlarining har birida gol urdi va Eronning 2015-yilgi Osiyo Kubogi yoʻllanmasini qoʻlga kiritishida hissa qoʻshdi. Ghoochannejhad saralashning eng yaxshi toʻpurari boʻldi va terma jamoa tarkibida ketma-ket oltita oʻyinda gol muallifi boʻlgan[9]. Ghoochannejhad 2014-yil 5-mart kuni Gvineya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida gol urib, yettita oʻyinda yettita golga erishdi[10].

2014-yil 1-iyunda Ghoochannejhad Carlos Queiroz tomonidan Eronning 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati tarkibiga chaqirilgan[11]. 2014-yil 25-iyunda u Bosniya va Gertsegovinaga qarshi 3:1 hisobidagi magʻlubiyatda Eronning turnirdagi yagona golini urgan[12][13]. Ghoochannejhad FIFA Jahon chempionatida gol urgan birinchi Charlton Atletik oʻyinchisi boʻlgan[14].
2014-yil 30-dekabrda Ghoochannejhad Eronning 2015-yilgi Osiyo Kubogi tarkibiga chaqirilgan[15]. U jamoaning guruh bosqichidagi soʻnggi oʻyinida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi yagona golni urdi va Melli jamoasining C guruhidan birinchi oʻrinni egallashini taʼminladi[16]. Chorak finalda Iroqqa qarshi oʻyinda Ghoochannejhad 119-daqiqada Eronning uchinchi, hisobni tenglashtiruvchi golini urdi. Oʻyin yakunida Kanberra stadionida 3:3 hisobida ikki jamoa durang oʻynashdi va oxir-oqibat penaltilar seriyasida 7:6 hisobida magʻlub boʻlishdi[17].

2016-yil 1-sentyabr kuni Ghoochannejhad Osiyo chempionati saralashining soʻnggi bosqichida Qatarga qarshi oʻyinda qoʻshimcha vaqtda gʻalaba golini kiritgan.
2016-yil 10-noyabrda Ghoochannejhad oʻzining birinchi xet-trikini Papua-Yangi Gvineya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻyinda amalga oshirgan[18].
2018-yilning may oyida u Eronning 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha jahon chempionati uchun dastlabki tarkibiga kiritilgan[19][20], ammo turnirda bir daqiqa ham oʻynamadi. 2018-yilning 27-iyunida Ghoochannejhad oʻzining Instagram sahifasida xalqaro futboldagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan[21].
Oʻyin uslubi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ghoochannejhad asosan gol urish qobiliyati, shuningdek, hujumkor vaziyatlarda toʻgʻri joyni topa olishi uchun maqtovga sazovor boʻlgan. Uni Eron afsonasi Xodadad Aziziy bilan qiyoslashgan.
Futboldan tashqari faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]U Amsterdamdagi Vrije Universitetidan huquqshunoslik va siyosatshunoslik boʻyicha diplom olgan[22]. Ghoochannejhad kamida toʻrtta tilda, jumladan ingliz, golland, fransuz va ona tili boʻlmish fors tillarida ravon gaplasha oladi, shuningdek nemis tilini ham tushunadi. U italyan va portugal tillarini ham oʻrganganini aytgan[23]. Ghoochannejhad musiqa asboblarini chalishga qiziqadi va skripka chala oladi[22][23].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ghoochannejhad Jalol va Mahin Ghoochannejhadning oʻgʻlidir. Uning amakisi Jabar Ghoochannejhad Eron voleybol Superligasida murabbiylik qiladi[24]. Ghoochannejhad 2016-yil 30-mart kuni Imom Rizo masjidida oʻtkazilgan shaxsiy marosimda eronlik aktrisa Sareh Bayatning singlisi Sarvin Bayatga uylangan[25][26]. 2018-yil 29-yanvarda Doran ismli oʻgʻli dunyoga kelgan[27][28].
Reza oʻzining bergan intervyularida uzoq vaqtdan beri tugʻilgan shahri Aboomoslem futbol klubining muxlisi ekanligini aytgan[29].
2024-yil mart oyida Gʻuchannajod Ronaldinho, Javier Pastore, Claude Makélélé, Jay-Jay Okocha kabi afsonaviy futbolchilar bilan birga Parij Sen-Jermen klubining Qatarda oʻtkazilgan „LEGENDS DOHA TOUR“ nomli turnesida maxsus mehmon sifatida ishtirok etib, ushbu turnirda oʻynagan[30].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Xalqaro | Boshqa[a] | Jami | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Division | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
| Heerenveen | 2005–06 | Eredivisie | 1 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | 1 | 0 | |
| 2006–07 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | 0 | 0 | |||
| 2007–08 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | 0 | 0 | |||
| 2008–09 | 1 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | 1 | 0 | |||
| Jami | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | ||
| Go Ahead Eagles (ijara) | 2006–07 | Eerste Divisie | 13 | 4 | 0 | 0 | — | 2 | 0 | 15 | 4 | |
| FC Emmen (ijara) | 2008–09 | Eerste Divisie | 12 | 1 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | 12 | 1 | |
| Go Ahead Eagles | 2009–10 | Eerste Divisie | 10 | 6 | 2 | 1 | — | 0 | 0 | 12 | 7 | |
| Cambuur | 2009–10 | Eerste Divisie | 13 | 2 | 0 | 0 | — | 1 | 0 | 14 | 2 | |
| 2010–11 | 24 | 13 | 1 | 1 | — | 2 | 0 | 27 | 14 | |||
| Jami | 37 | 15 | 1 | 1 | 0 | 0 | 3 | 0 | 41 | 16 | ||
| Sint-Truiden | 2011–12 | Belgiya Pro ligasi | 22 | 11 | 2 | 1 | — | 1 | 0 | 25 | 12 | |
| 2012–13 | Belgiya Ikkinchi dvizioni | 10 | 6 | 3 | 3 | — | 0 | 0 | 13 | 9 | ||
| Jami | 32 | 17 | 5 | 4 | 0 | 0 | 1 | 0 | 38 | 21 | ||
| Standard Liège | 2012–13 | Belgiya Pro ligasi | 7 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 2 | 3 | 9 | 3 |
| 2013–14 | 1 | 1 | 1 | 1 | 7 | 0 | 0 | 0 | 9 | 2 | ||
| Jami | 8 | 1 | 1 | 1 | 7 | 0 | 2 | 3 | 18 | 5 | ||
| Charlton Athletic | 2013–14 | Chempionship | 15 | 1 | 2 | 0 | — | 0 | 0 | 17 | 1 | |
| 2014–15 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | 0 | 0 | |||
| 2015–16 | 23 | 2 | 1 | 1 | — | 1 | 1 | 25 | 4 | |||
| Jami | 38 | 3 | 3 | 1 | 0 | 0 | 1 | 1 | 42 | 5 | ||
| Kuwait SC (ijara) | 2014–15 | Quvayt Premyer-ligasi | 10 | 11 | 1 | 0 | 2 | 1 | 1 | 0 | 14 | 12 |
| Al-Wakrah (ijara) | 2014–15 | Qatar Yulduzlar Ligasi | 9 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 9 | 2 |
| Heerenveen | 2016–17 | Eredivisie | 34 | 19 | 4 | 2 | — | 1 | 1 | 39 | 22 | |
| 2017–18 | 33 | 8 | 1 | 1 | — | 2 | 1 | 36 | 10 | |||
| Jami | 67 | 31 | 5 | 3 | 0 | 0 | 3 | 2 | 75 | 36 | ||
| APOEL | 2018–19 | Birinchi dvizion | 10 | 2 | 1 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 14 | 2 |
| Sydney FC (ijara) | 2018–19 | A-liga | 10 | 1 | 0 | 0 | 6 | 0 | 1 | 0 | 17 | 1 |
| PEC Zwolle | 2019–20 | Eredivisie | 13 | 7 | 1 | 0 | — | 0 | 0 | 14 | 7 | |
| 2020–21 | 21 | 6 | 1 | 0 | — | 0 | 0 | 22 | 6 | |||
| Jami | 34 | 13 | 2 | 0 | — | 0 | 0 | 36 | 13 | |||
| Umumiy | 292 | 103 | 21 | 11 | 18 | 1 | 14 | 6 | 345 | 121 | ||
- ↑ Eredivisie pley-off o‘yinlari, Belgiya Pro ligasi pley-off bellashuvlari va Angliya liga kubogi musobaqalari ham qamrab olingan
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Terma jamoa | Yil | Oʻyinlar | Gollar |
|---|---|---|---|
| Eron | 2012 | 3 | 0 |
| 2013 | 8 | 8 | |
| 2014 | 8 | 3 | |
| 2015 | 10 | 2 | |
| 2016 | 5 | 4 | |
| 2017 | 6 | 0 | |
| 2018 | 4 | 0 | |
| Jami | 44 | 17 | |
- Hisob va natijalar jadvalida Eronning gol hisobi birinchi oʻrinda koʻrsatilgan boʻlib, hisoblar ustunida Ghoochannejhad har safar gol urganidan keyingi natija aks ettirilgan[33].
| № | Sana | Stadion | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2013-yil 6-fevral | Ozodiy stadioni, Tehron, Eron | 1–0 | 5–0 | 2015-yilgi AFC Osiyo kubogi saralashi | |
| 2 | 4–0 | |||||
| 3 | 2013-yil 4-iyun | Jassim bin Hamad stadioni, Doʻha, Qatar | 1–0 | 1–0 | 2014-yilgi FIFA jahon chempionati saralashi | |
| 4 | 2013-yil 11-iyun | Ozodiy stadioni, Tehron, Eron | 3–0 | 4–0 | 2014-yilgi FIFA jahon chempionati saralashi | |
| 5 | 2013-yil 18-iyun | Ulsan Munsu stadioni, Ulsan, Janubiy Koreya | 1–0 | 1–0 | 2014-yilgi FIFA jahon chempionati saralashi | |
| 6 | 2013-yil 15-oktyabr | Ozodiy stadioni, Tehron, Eron | 2–0 | 2–1 | 2015-yilgi AFC Osiyo kubogi saralashi | |
| 7 | 2013-yil 15-noyabr | Rajamangala stadioni, Bangkok, Tailand | 2–0 | 3–0 | 2015-yilgi AFC Osiyo kubogi saralashi | |
| 8 | 2013-yil 19-noyabr | Camille Chamoun sport stadioni, Bayrut, Livan | 4–0 | 4–1 | 2015-yilgi AFC Osiyo kubogi saralashi | |
| 9 | 2014-yil 5-mart | Ozodiy stadioni, Tehron, Eron | 1–2 | 1–2 | Oʻrtoqlik | |
| 10 | 2014-yil 8-iyun | CT Joaquim Grava, San Paulu, Braziliya | 2–0 | 2–0 | Oʻrtoqlik | |
| 11 | 2014-yil 25-iyun | Arena Fonte Nova, Salvador, Braziliya | 1–2 | 1–3 | 2014-yilgi FIFA jahon chempionati saralashi | |
| 12 | 2015-yil 19-yanvar | Brisbane stadioni, Brisben, Avstraliya | 1–0 | 1–0 | 2015-yilgi AFC Osiyo kubogi | |
| 13 | 2015-yil 23-yanvar | Kanberra stadioni, Kanberra, Avstraliya | 3–3 | 3–3 | 2015-yilgi AFC Osiyo kubogi | |
| 14 | 2016-yil 1-sentyabr | Ozodiy stadioni, Tehron, Eron | 1–0 | 2–0 | 2018-yilgi FIFA jahon chempionati saralashi | |
| 15 | 2016-yil 10-noyabr | Shoh Alam stadioni, Shoh Alam, Malayziya | 5–1 | 8–1 | Oʻrtoqlik | |
| 16 | 6–1 | |||||
| 17[18] | 7–1 |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Heerenveen
- KNVB kubogi: 2008–09[35]
APOEL
- Kipr birinchi dvizioni: 2018–19[36]
Sidney FC
- A-liga: 2018–19[37]
Individual
- Goal nashriga koʻra Eredivisie mavsumining ramziy terma jamoasi: 2016–17[38]
- Heerenveenda yilning eng yaxshi futbolchisi: 2016–17[39]
Alohida qayd etilgan natijalari
- FIFA Jahon chempionatida ilk bor gol urgan Charlton Athletic jamoasi futbolchisi: 2014[40]
- Yevropada hat-trik urgan ilk eronlik futbolchi: 2017[41]
- Eredivisie tarixida zahiradan tushib toʻrtta gol urgan birinchi futbolchi: 2019[42]
- Yevropada bir oʻyinning oʻzida toʻrt gol urgan birinchi eronlik futbolchi: 2019[43]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „2018 FIFA World Cup Russia – List of Players“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (2018-yil 4-iyun). 2018-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-iyun.
- ↑ „Player profile Reza Ghoochannejhad“. AFC. 2014-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-aprel.
- ↑ FIFA.com „2014 FIFA World Cup Brazil - Matches - Iran-Korea Republic“. FIFA.com. 2012-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „AFC ASIAN CUP AUSTRALIA 2015“. The-afc.com. Qaraldi: 2014-yil 12-avgust.
- ↑ FIFA.com „2014 FIFA World Cup Brazil - Matches - Qatar-Iran“. FIFA.com. 2013-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ FIFA.com „2014 FIFA World Cup Brazil - Matches - Iran-Lebanon“. FIFA.com. 2013-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ FIFA.com „2014 FIFA World Cup Brazil - Matches - Korea Republic-Iran“. FIFA.com. 2014-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Iran soccer team qualifies for 2014 World Cup“. UPI.com (2013-yil 18-iyun). Qaraldi: 2014-yil 12-avgust.
- ↑ „AFC ASIAN CUP AUSTRALIA 2015“. The-afc.com (2013-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 12-avgust.
- ↑ „Iran's hopes rest on a Charlton striker“. Persianfootball.com. Qaraldi: 2014-yil 12-avgust.
- ↑ „Queiroz trims Iran squad to 24“. FIFA.com (2014-yil 1-iyun). 2014-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 1-iyun.
- ↑ „2014 FIFA World Cup - Matches“. FIFA.com. 2014-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-aprel.
- ↑ „2014 FIFA World Cup - Matches“. FIFA.com. 2014-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-aprel.
- ↑ „Reza makes Charlton history at World Cup“. Charlton Athletic FC (2014-yil 25-iyun). 2014-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Queiroz Names Team Melli Squad“. afcasiancup.com (2014-yil 30-dekabr). 2015-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-yanvar.
- ↑ „Up for Cup: stage set for Iran v Iraq“ (2015-yil 19-yanvar).
- ↑ „Asian Cup 2015: Iraq claims incredible shootout win over rival Iran to reach semi-finals“. Australian Broadcasting Corporation (2015-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 25-yanvar.
- ↑ 18,0 18,1 „Yjc.news“.
- ↑ „World Cup 2018: All the confirmed squads for this summer's finals in Russia“.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „World Cup 2018: Iran head coach Carlos Queiroz names final squad“ (en-GB). BBC Sport (2018-yil 4-iyun). Qaraldi: 2018-yil 9-iyun.
- ↑ „Instagram“ (fa). Instagram (2018-yil 27-iyun). 2021-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-iyun.
- ↑ 22,0 22,1 „Reza Ghoochannejhad“ (en-US). Life After Football. Qaraldi: 2025-yil 9-avgust.
- ↑ 23,0 23,1 „نمناک“. نمناک.
- ↑ خطیر, حسن قلیپور „فارس“.
- ↑ „ازدواج رضا قوچاننژاد با سروین بیات، خواهر ساره بیات + عکس“.
- ↑ „90tv.ir - وبسایت رسمی برنامۀ ۹۰ - قوچاننژاد با خواهر یکی از بازیگران سینما ازدواج کرد“. 2016-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-mart.
- ↑ „The best day of our life Mommy and baby are doing great“. Instagram (2018-yil 29-yanvar). 2021-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-aprel.
- ↑ „اسم متفاوت پسر رضا قوچاننژاد!!“. سیمرغ.
- ↑ „رضا قوچاننژاد: دوست دارم ابومسلم را در لیگ برتر ببینم به مشهدی بودنم و بازی در تیم ملی ایران افتخار میکنم“. ایسنا - خراسان رضوی.
- ↑ „مهاجم ایرانی در کنار رونالدینیو به میدان رفت + عکس - همشهری آنلاین“. www.hamshahrionline.ir. Qaraldi: 2025-yil 22-avgust.
- ↑ „Reza Ghoochannejhad » Club matches“. worldfootball.net. Qaraldi: 2018-yil 17-fevral.
- ↑ „R. Ghoochannejhad - Carrière“ (nl). Voetbal International. Qaraldi: 2018-yil 17-fevral.
- ↑ 33,0 33,1 Reza Ghoochannejhad Soccerway saytida
- ↑ Reza Ghoochannejhad National-Football-Teams.com saytida
- ↑ „2009: Heerenveen wint eerste KNVB Beker na strafschoppen“. KNVB Cup.
- ↑ „Archive - 1. Division - Cyprus - Results, fixtures, tables and news“. Soccerway.
- ↑ Hynter, Mike. „A-League grand final: Sydney FC beat Perth Glory in penalty shootout“. The Guardian (2019-yil 19-may). Qaraldi: 2019-yil 19-may.
- ↑ „Jorgensen, Ziyech and the Eredivisie Team of the Season“. Goal (2017-yil 15-may). Qaraldi: 2025-yil 11-oktyabr.
- ↑ „Speler van het Jaar“ (nl). FeanFan (SC Heerenveen Supporters Association). Qaraldi: 2025-yil 11-oktyabr.
- ↑ Groome, Olly „Iran's Rez Ghoochannejhad becomes Charlton's first ever player to score a goal at the World Cup after 3-1 loss to Bosnia and Herzegovina“ (en). Charlton Athletic F.C.. 2014-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 17-iyul.
- ↑ „یادی از ۶ هتتریک لژیونرهای ایرانی در اروپا“ (fa). Azad News Agency (2019-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2025-yil 11-oktyabr.
- ↑ „Reza makes history as PEC Zwolle defeats RKC“. Football Oranje (2019-yil 15-sentyabr).
- ↑ „رضا قوچاننژاد، بازیکن پیشین تیم ملی ایران در هلند ۴ گل زد و "پوکر" کرد“ (fa). Voice of America. Qaraldi: 2022-yil 29-oktyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda „Reza Ghoochannejhad“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
- Reza Ghoochannejhad WorldFootball.net saytida
- Reza Ghoochannejhad Voetbal International saytida (niderlandcha)
- Reza Ghoochannejhad – UEFA musoboqalardagi natijalari (arxivlangan)
- 20-sentyabrda tugʻilganlar
- 1987-yilda tugʻilganlar
- Mashhadda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Mashhadlik futbolchilar
- Niderlandiyalik erkak futbolchilar
- Eronlik erkak futbolchilar
- Futboldagi erkak hujumchilar
- Go Ahead Eagles futbolchilari
- SC Heerenveen futbolchilari
- FC Emmen futbolchilari
- SC Cambuur futbolchilari
- Sint-Truidense V.V. futbolchilari
- Standard Liège futbolchilari
- Charlton Athletic F.C. futbolchilari
- Kuwait SC futbolchilari
- Al-Vakrah SC futbolchilari
- APOEL FC futbolchilari
- Sidney FC futbolchilari
- PEC Zwolle futbolchilari
- Eredivisie futbolchilari
- Eerste Divisie futbolchilari
- Challenger Pro ligasi futbolchilari
- Belgiya Pro-ligasi futbolchilari
- Angliya futbol ligasi futbolchilari
- Quvayt Premyer-ligasi futbolchilari
- Qatar Yulduzlar Ligasi futbolchilari
- Kipr birinchi dvizioni futbolchilari
- A-liga futbolchilari
- Eronlik muhojir erkak futbolchilar
- Qatardagi muhojir erkak futbolchilar
- Kuvaytdagi muhojir erkak futbolchilar
- Kiprdagi muhojir erkak futbolchilar
- Avstraliyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Belgiyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Niderlandiyadagi muhojir erkak futbolchilar
- FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari
- Osiyo Kubogi 2015 futbolchilari
- Vrije Amsterdam universiteti bitiruvchilari
