NEW: Ashkan Dejagah - What You Need To Know
|
Dejagah Eron terma jamoasi mashgʻulotida | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Seyed Ashkan Dejagah[1] | ||
| Tavallud sanasi | 5-iyul 1986-yil | ||
| Tavallud joyi | Tehron, Eron | ||
| Boʻyi | 1.81 m[2] | ||
| Ampluasi | Hujumkor yarim himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Foolad[3] | ||
| Raqami | 24 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| –1999 | Reinickendorfer Füchse | ||
| 1999–2000 | Tennis Borussia Berlin | ||
| 2000–2004 | Hertha BSC | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2003–2007 | Hertha BSC II | 72 | (23) |
| 2004–2007 | Hertha BSC | 26 | (1) |
| 2007–2012 | VfL Wolfsburg | 132 | (18) |
| 2012–2014 | Fulham | 43 | (5) |
| 2014–2017 | Al Arabi | 45 | (8) |
| 2017 | VfL Wolfsburg | 0 | (0) |
| 2017 | VfL Wolfsburg II | 2 | (0) |
| 2018 | Nottingham Forest | 1 | (0) |
| 2018–2021 | Tractor | 62 | (10) |
| 2021–2022 | Al Shahania | 14 | (7) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2002–2003 | Germaniya U17 | 10 | (4) |
| 2003–2004 | Germaniya U18 | 4 | (2) |
| 2004 | Germaniya U19 | 11 | (3) |
| 2004–2005 | Germaniya U20 | 5 | (2) |
| 2005–2009 | Germaniya U21 | 20 | (4) |
| 2012–2019 | Eron | 59 | (11) |
|
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 20-oktyabr uchun) | |||
Seyed Ashkan Dejagah (forscha: سید اشكان دژآگه; 1986-yil 5-iyulda tugʻilgan) – eronlik professional futbolchi, yarim himoyachi[4][5][6].
2001 va 2009-yillar oraligʻida Germaniya yoshlar terma jamoasi sharafini himoya qilgan. 2009-yilda 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasida Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan. 2011-yildan Eron terma jamoasi sharafini himoya qila boshlagan. 2014-yilgi jahon chempionati, 2015-yilgi Osiyo kubogi va 2018-yilgi jahon chempionatining saralash bosqichlarida ishtirok etgan. 2015-yilda Dejagah Navad muxlislari tomonidan Eronning eng yaxshi chap qanot yarim himoyachisi deb topilgan.
Bundesliganing 2004—2005-yilgi mavsumida Hertha futbol klubi safida harakat qilgan. 2007-yilda Volfsburg safiga oʻtgan. 2008—2009-yilgi mavsumda Bundesligada gʻolib boʻlgan. 2012-yilda 2,5 million yevro evaziga Premyer-liganing Fulham klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolagan.
Yoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dejagah Eronning Tehron shahrida tugʻilgan va bir yoshida Germaniyaning Berlin shahriga koʻchib oʻtgan[5]. 16 yoshida Germaniya fuqaroligini olgan[5].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fulhamdagi faoliyati davomida Angliyaning London shahrida turmush oʻrtogʻi va qizlari bilan istiqomat qilgan[7]. Dejagahning bir qoʻlida Berlin, ikkinchi qoʻlida Tehron tasviri tushirilgan tatuirovkalar, boʻynida esa „Qayerdan ekanligingni hech qachon unutma“ degan ibora bor[5][7]. Uning rafiqasi ozarbayjonlik boʻlib, Bokuda tugʻilib oʻsgan[8].
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]VfL Volfsburg
- Bundesliga: 2008–09[9]
Traktor
- Hazfi kubogi: 2019–20
Germaniya U21
- 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi UEFA Yevropa chempionati : 2009[10]
Individual
- Osiyo kubogining eng yaxshi futbolchisi: 2019[11]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „List of Players under Written Contract Registered Between 01/09/2012 and 30/09/2012“ (PDF). The Football Association. Qaraldi: 2013-yil 19-iyun.
- ↑ „2018 FIFA World Cup Russia – List of Players“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (2018-yil 4-iyun). 2018-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-iyun.
- ↑ „رسمی؛ بازگشت ستاره جذاب به لیگ برتر“.
- ↑ „رسمی؛ بازگشت ستاره جذاب به لیگ برتر“.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 „Ashkan Dejagah – Player Profile“. premierskills.britishcouncil.org. 2013-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 17-dekabr.
- ↑ „German Jews Offended: Iranian-Born German Soccer Player Refuses to Play Israel“. spiegel.de (2007-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 25-mart.
- ↑ 7,0 7,1 „Ashkan Dejagah says Felix Magath is the right man to keep Fulham up“. The Guardian (2014-yil 18-aprel). Qaraldi: 2014-yil 19-aprel.
- ↑ „Dejagah, we should not reveal Tractor's secrets“. www. Varzesh3.com. Qaraldi: 2018-yil 7-avgust.
- ↑ „Wolfsburg Bundesliga Champions After Win Over Werder Bremen“. Goal.com. Qaraldi: 2014-yil 15-mart.
- ↑ „2009: Germany take title at last“. uefa.com (2009-yil 1-iyul). Qaraldi: 2014-yil 15-mart.
- ↑ „AFC Asian Cup UAE 2019 Technical Report and Statistics“. AFC (2019-yil 29-may). Qaraldi: 2020-yil 1-yanvar.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda „Ashkan Dejagah“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
- Ashkan Dejagah Soccerbase saytida
- Ashkan Dejagah fussballdaten.de saytida (olmoncha)
- Ashkan Dejagah National-Football-Teams.com saytida
| Futbolchi haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- 5-iyulda tugʻilganlar
- 1986-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Germaniyalik erkak futbolchilar
- Eronlik erkak futbolchilar
- Hertha BSC II futbolchilari
- Hertha BSC futbolchilari
- VfL Wolfsburg futbolchilari
- VfL Wolfsburg II futbolchilari
- Fulham F.C. futbolchilari
- Al-Arabi SC (Qatar) futbolchilari
- Nottingham Forest F.C. futbolchilari
- Tractor S.C. futbolchilari
- Al Shahaniya SC futbolchilari
- Oberliga (futbol) futbolchilari
- Regionalliga futbolchilari
- Bundesliga futbolchilari
- Angliya Premyer-ligasi futbolchilari
- Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar
- FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari
- Futbolchilar haqidagi chala maqolalar
