Ronaldo de Assis Moreira (1980-yil 21-martda tugʻilgan) – Ronaldinho Gaucho yoki Ronaldinho[note 1] nomi bilan mashhur boʻlgan, braziliyalik sobiq professional futbolchi. Faoliyati davomida hujumkor yarim himoyachi yoki chap qanot hujumchisi sifatida oʻynagan. U barcha davrlarning eng buyuk futbolchilaridan biri sifatida eʼtirof etilgan boʻlib, FIFA tomonidan ikki marta „Yilning eng yaxshi futbolchisi“ va bir marta „Oltin toʻp“ mukofotlarini qoʻlga kiritgan. Ronaldinho jahon chempionati, Amerika kubogi, Konfederatsiyalar kubogi, Chempionlar ligasi, Libertadores kubogi va „Oltin toʻp“ni yutgan yagona futbolchidir[4]. Sportning global ramzi boʻlgan Ronaldinho oʻzining ajoyib dribling mahorati, aniq jarima zarbalari, fintlari, jamoadoshlariga qaramsdan bergan uzatmalari va bosh ustidan urgan zarbalari, shuningdek, gol urish va gollar yaratish qobiliyati bilan mashhur edi. Faoliyati davomida u dunyodagi eng qimmatbaho futbolchilardan biri boʻlgan[5][6][7][8]. Ronaldinho shuningdek, „O Bruxo“ („Sehrgar“) laqabi bilan ham tanilgan[9][10].
↑"Ronaldinho", the lengthened term of endearment for "Ronaldo", is accompanied in Brazilian usage by the nickname "Gaúcho" (since he hails from Rio Grande do Sul). This was done in order to distinguish him from fellow footballer and countryman Ronaldo or Ronaldo Nazário, who was also known as "Ronaldinho" in Brazil beforehand.[2] Ronaldo Nazário went by his first name upon his move to Europe, thereby allowing Ronaldinho to drop the "Gaúcho" nickname abroad.[3]