TRENDING: Milan Olimpiya shaharchasi - Full Coverage

Koordinatalari: 45°26′40″N 9°12′04″E / 45.44444°N 9.20111°E / 45.44444; 9.20111
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Milan Olimpiya shaharchasi
Technology news and reviews image
Majmua 2024-yil fevral oyida
Manzili Milan, Italiya
Koordinatalari 45°26′40″N 9°12′04″E / 45.44444°N 9.20111°E / 45.44444; 9.20111
Turi Olimpiya shaharchasi
Konstruksiya
Qurilgan 2022–2025

Milan Olimpiya shaharchasi Olimpiya shaharchalaridan biri boʻlib, 2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari va 2026-yilgi Qishki Paralimpiada oʻyinlarida ishtirok etuvchi sportchilar aynan shu shaharchaga joylashtiriladi. Musobaqalar 2026-yil fevral–mart oylarida Milan va Kortina-dʼampetsso shaharlarida boʻlib oʻtadi. Ushbu shaharcha oʻyinlar vaqtida sportchilarni qabul qiladigan 6 ta Olimpiya shaharchalardan biri hisoblanadi.

Scalo Romanani qayta qurish loyihasining bir qismi sifatida barpo etilgan mazkur majmua loyihasi koʻchmas mulk bilan shugʻullanuvchi COIMA kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va Skidmore, Ovings & Merril Amerika kompaniyasi tomonidan loyihalashtirilgan[1]. Loyiha 2021-yil iyul oyida taqdim etilgan boʻlib, foydalanishga topshirish muddati 2025-yil iyuliga belgilangan[2]. 30 oy davom etgan qurilish ishlari 2025-yil iyun oyida belgilangan muddatdan 1 oy oldin yakunlandi[3]. Majmua 2025-yil 30-sentyabr kuni muassasalar, investorlar va boshqa manfaatdor tomonlar ishtirokidagi marosimda jamoatchilikka taqdim etildi va ertasi kuni Fondazione Milano-Cortina 2026 fondiga topshirildi[3].

Oʻyinlar vaqtida bu yerda 1500 nafar sportchi yashaydi. Shaharcha 2026-yil 2-fevral, dushanba kuni Kirsti Koventri tomonidan rasmiy ravishda ochib berilgan[4].

Oʻyinlardan soʻng COIMA majmuani Milandagi talabalar uchun turar-joyga aylantirishni rejalashtirmoqda[5]. Olimpiya maydoni yaqinidagi park va temir yoʻlga tutash bino va inshootlar arzon uy-joylarga aylantiriladi. Shuningdek, Olimpiya shaharchasi maydoni (Plaza) birinchi qavatida savdo doʻkonlari, barlar, restoranlar va kafe joylashgan jamoat maydoniga aylantiriladi. Maydonda, shuningdek, dehqon bozorlari va turli jamoat tadbirlari uchun ochiq maydonlar ham tashkil etiladi[6].

Yangi Scalo Romana tumanining gʻarbiy qismida joylashgan shaharcha taxminan 60,000 m2 (650,000 kv ft) maydonni egallaydi. Majmua 6 ta yangi qurilgan bino, sanoat maqsadlarida avvaldan mavjud boʻlgan 2 ta inshoot hamda 1 ta Olimpiya maydonidan iborat[7].

  1. „Architects“ (EN). Scalo di Porta Romana. Qaraldi: 2023-yil 25-oktyabr.
  2. „Project phases“ (EN). Scalo di Porta Romana. Qaraldi: 2023-yil 25-oktyabr.
  3. 3,0 3,1 „COIMA presenta il Villaggio Olimpico e futuro studentato per la consegna a Fondazione Milano Cortina“ (IT). COIMA (2025-yil 30-sentyabr). Qaraldi: 2026-yil 6-yanvar.
  4. Barry, Colleen „Athletes bring Milan Olympic Village to life, complete with Italian bidets and 4-story US banners“ (en). AP News (2026-yil 1-fevral). Qaraldi: 2026-yil 2-fevral.
  5. „COIMA housing Fund and CDP Real Asset SGR invest in the Olympic Village in Milan“. COIMA. Qaraldi: 2024-yil 3-avgust.
  6. „Milano Cortina Olympic Village - SOM“. som.com. Qaraldi: 2024-yil 4-sentyabr.
  7. Laura Milan. „Milano Cortina 2026, ecco come sarà il Villaggio Olimpico“ (IT). Teknoring (2021-yil 22-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 14-iyun.

VikiombordaOlympic Village, Milan“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor.