REPORT: Kirsti Koventri | Latest Update
| Kirsti Koventri | |||||||||||||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
|
Koventri 2018-yilgi Yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida | |||||||||||||||||||||||
| 10-Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi prezidenti | |||||||||||||||||||||||
|
Mansab davri 2025-yil 23-iyun | |||||||||||||||||||||||
| Avvalgisi | Tomas Bax | ||||||||||||||||||||||
| Zimbabve Sport, dam olish, madaniyat va sanʼat ishlari vazirligi | |||||||||||||||||||||||
|
Mansab davri 2018-yil 10-sentyabr – 2025-yil 25-mart | |||||||||||||||||||||||
| Prezident | Emmerson Mnangagwa | ||||||||||||||||||||||
| Avvalgisi | Kazembe Kazembe | ||||||||||||||||||||||
| Keyingisi | Anselem Nhamo Sanyatwe | ||||||||||||||||||||||
| Shaxsiy maʼlumotlari | |||||||||||||||||||||||
| Tavalludi |
Kirsty Leigh Coventry 16-sentyabr 1983-yil Xarare, Zimbabve | ||||||||||||||||||||||
| Siyosiy partiyasi | Mustaqil | ||||||||||||||||||||||
| Turmush oʻrtogʻi |
Tyrone Seward (turm. 2013) | ||||||||||||||||||||||
| Bolalari | 2 | ||||||||||||||||||||||
| Alma mater | Auburn universiteti (BS) | ||||||||||||||||||||||
| |||||||||||||||||||||||
Kirsti Koventri[1][2] (inglizcha: Kirsty Coventry; 1983-yil 16-sentyabrda Zimbabvening Xarare shahrida tugʻilgan) – zimbabvelik suzuvchi, siyosatchi va xalqaro olimpiya harakatining faol aʼzosi boʻlib, ikki karra Olimpiya chempioni, yetti karra jahon chempioni, 14 marta Afrika oʻyinlari gʻolibi hamda koʻp bora jahon rekordchisi unvonlariga sazovor boʻlgan. Koventri Zimbabve tarixidagi eng koʻp unvonlarga ega sportchi hisoblanadi. U chalqancha suzish va kompleks suzish turlarida ixtisoslashgan. Koventrining sportdagi eng yuqori koʻrsatkichlari 2004—2009-yillarga toʻgʻri kelgan[3]. Bu davrda u ikkita Olimpiya oʻyinlari va uchta jahon chempionatida jami 15 ta medal, jumladan 5 ta oltin medalni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan[4].
2025-yil 20-mart kuni Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining 144-sessiyasida tashkilotning 10-prezidenti etib saylandi[5][6]. 2025-yil 23-iyunda lavozimga kirishib, XOQ tarixidagi birinchi ayol va birinchi Afrika vakili sifatida prezidentlik lavozimini egallagan[7].
2018—2025-yillarda prezident Emmerson Mnangagwa davrida Zimbabvening Yoshlar, sport, sanʼat va dam olish vaziri lavozimida faoliyat yuritgan[8]. XOQ Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi, XOQ sportchilar komissiyasi raisi boʻlgan.
2025-yil mart oyiga kelib, u 50 metrlik basseynlarda suzish boʻyicha Zimbabvening 11 ta shaxsiy rekordiga (shundan 6 tasi Afrika rekordi ham hisoblanadi) va 25 metrlik basseynlarda 8 ta rekordga (shundan 6 tasi Afrika rekordi ham hisoblanadi) ega edi. Shuningdek, 200 va 400 metr masofada kompleks suzish boʻyicha 2008-yilda Koventri tomonidan oʻrnatilgan Zimbabve ayollar rekordlari erkaklar rekordlaridan ham tezroq edi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Kirsti Koventri Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti bo‘ldi“. gazeta.uz. Qaraldi: 6-fevral 2026-yil.
- ↑ „Kirsti Koventri — Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining yangi Prezidenti“. olympic.uz. Qaraldi: 6-fevral 2026-yil.
- ↑ „2004 Olympic Games swimming results“. CNN. 2004-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 22-iyul.
- ↑ „Auburn legend Kirsty Coventry elected as IOC President“. Auburn Tigers (2025-yil 20-mart). 2025-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 24-mart.
- ↑ „Auburn legend Kirsty Coventry elected as IOC President“. Auburn Tigers (2025-yil 20-mart). 2025-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 24-mart.
- ↑ „Coventry elected first female IOC president as Coe beaten“. BBC News (2025-yil 20-mart). 2025-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 21-mart.
- ↑ „Кирсти Ковентри из Зимбабве станет первой женщиной на посту президента МОК“ (ru). TACC. Qaraldi: 2025-yil 20-mart.
- ↑ „Zimbabwe military general replaces Kirsty Coventry as sports minister“. AP News (2025-yil 27-mart). 2025-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 27-mart.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kirsti Koventri Xalqaro suzish federasiyasi saytida
- Kirsti Koventri Swimrankings.net saytida
- Kirsti Koventri Olympedia saytida
- Kirsti Koventri Olympics.comda
- Kirsti Koventri Hamdoʻstlik sporti saytida (arxivlangan)