SHOCKING: 2026 yilgi Qishki Paralimpiada o%CA%BByinlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Technology news and reviews image
Mezbon shahar Milan va Kortina-dʼampetsso, Italiya
Shior ITʼs Your Vibe[a][1]
Atletlar 665 (kutilmoqda)
Musobaqalar 6 parasport turlari boʻyicha 79 ta yoʻnalish
Ochilish 2026-yil 6-mart
Yopilish 2026-yil 15-mart
Stadion Verona Arena
Kortina Olimpiya muz stadioni

Milan Kortina 2026 Qishki Paralimpiada oʻyinlari (italyancha: Milano Cortina 2026 Giochi paralimpici invernali), shuningdek, 2026-yilgi Qishki Paralimpiya oʻyinlari nomi bilan ham tanilgan. Odatda, Milan Kortina 2026 deb ataladigan ushbu oʻyinlar nogironligi boʻlgan sportchilar uchun moʻljallangan xalqaro qishki koʻp turli sport musobaqasi boʻlib, 2026-yilning 6-martidan 15-martiga qadar Lombardiya va Shimoli-sharqiy Italiya boʻylab joylashgan arenalarda oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu oʻyinlar Italiyada oʻtkazilayotgan uchinchi Paralimpiya oʻyinlari hisoblanadi. Bunga qadar mamlakatning Rim shahrida 1960-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari (ilk Paralimpiada oʻyinlari) va Turin shahrida 2006-yilgi Qishki Paralimpiada oʻyinlari oʻtkazilgan. Milan Kortina 2026 1992-yilgi Qishki Paralimpiada oʻyinlaridan keyingi birinchi Paralimpiya oʻyinlari boʻlib, unda rasmiy ravishda bir nechta mezbon shaharlar ham ishtirok etadi. Shuningdek, 2026-yilgi oʻyinlar Vankuverda oʻtkazilgan 2010-yilgi Qishki Paralimpiada oʻyinlaridan keyingi ilk qishki Paralimpiya oʻyinlari boʻlib, ochilish va yopilish marosimlari turli arenalarda oʻtkaziladi[2]. Shuningdek, ushbu Paralimpiya musobaqasi Qishki Paralimpiada oʻyinlari tashkil etilganiga 50-yil toʻlganini ham anglatadi.

Mezbon mamlakatni tanlash

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil oktyabr oyida Italiya Milliy Olimpiya qoʻmitasi Milan va Kortina d’ampetsso shaharlari tomonidan Olimpiya oʻyinlariga mezbonlik qilish uchun beriladigan nomzodlik arizasi rejalari rasman tasdiqlanganini eʼlon qildi[3]. Ariza 2018-yil 28-noyabr kuni Tokio shahrida boʻlib oʻtgan Milliy Olimpiya qoʻmitalari assotsiatsiyasining bosh assambleyasida taqdim etildi[4]. Ikkala shahar ham 2019-yil 24-iyunda Shveysariyaning Lozanna shahrida boʻlib oʻtgan XOQning 134-sessiyasida 2026-yilgi Qishki Paralimpiya va Olimpiya oʻyinlari mezbonlari sifatida tanlab olindi. Ular Shvetsiyaning Stokgolm va Åre shaharlari tomonidan taqdim etilgan qoʻshma arizani ham ortda qoldirishga muvaffaq boʻldi[5].

2026-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlariga mezbonlik tanlovi natijalari[6]
Ariza Mamlakat Ovozlar
Kortina-dʼampetsso  Italiya 47
Stokgolm–Åre  Shvetsiya 34
1 ta betaraf ovoz yoki boʻsh byulleten[7]

Oʻyinlarga tayyorgarlik

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bayroq topshirish marosimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bayroq topshirish marosimi 13-mart kuni Xitoyning Pekin shahrida oʻtkazilgan 2022-Qishki Paralimpiada oʻyinlarining yopilish marosimi chogʻida boʻlib oʻtdi. Paralimpiya bayrogʻi Pekin meri Chen Jiningdan Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasi (IPC) prezidenti Andrew Parsonsga, undan esa Milan vitse-meri Anna Scavuzzo va Kortina-d’Ampetsso meri Gianpietro Ghedinaga topshirildi[8][9]. Shundan soʻng bayroq Italiyaga olib ketildi va ertasi kuni mamlakatga yetib keldi[10]. Olimpiya bayrogʻi ham, Paralimpiya bayrogʻi ham hozirda Palazzo Marinoda namoyish etilmoqda va tegishli musobaqalar yakuniga qadar shu yerda qoladi[11].

Mashʼala estafetasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mashʼala estafetasi 2026-yil 24-fevraldan 6-martgacha oʻtkazilishi rejalashtirilgan boʻlib, 501 nafar mashʼalani koʻtaruvchi shaxs 2,000 kilometr (1,200 mi) masofani bosib oʻtadi. Mashʼala Birlashgan Qirollikdagi Stoke Mandeville kasalxonasida yoqiladi va Italiyaning 5 ta shahriga yuboriladi. Estafeta Kortina-d’Ampetsso, Venetsiya va Paduya shaharlarida boʻlib, yakunda 2026-yilgi Qishki Paralimpiada oʻyinlari ochilish marosimi uchun Verona arenasida nihoyasiga yetadi[12].

Paralimpiya mashʼalasi Italiyaning Milan va Yaponiyaning Osaka shaharlarida bir vaqtda oʻtkazilgan tadbirda taqdim etilgan. Paralimpiya mashʼalasi bronzadan, unga mos Olimpiya mashʼalasi och koʻk rangda yasalgan[13]. Mashʼalalar, asosan, qayta ishlangan alyuminiy va bronza qotishmasidan tayyorlangan.

Koʻngillilar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Umumiy hisobda 18 000 nafar koʻngilli 2026-yilgi Qishki Paralimpiya va Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etadi. Koʻngilli boʻlish uchun arizalar 2024-yil 19-sentyabrda qabul qilina boshlangan[14]. 2024-yil dekabr holatiga koʻra, qariyb 70 000 ta ariza qabul qilingan[15].

Chipta sotuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2026-yilgi Qishki Paralimpiya oʻyinlariga chiptalar 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun 10 yevrodan boshlanadi. Mavjud chiptalarning taxminan 89 foizi, yaʼni 200 000 dan ortigʻi 35 yevrodan past narxda sotuvga qoʻyilgan. Chipta platformasida roʻyxatdan oʻtish 2024-yil 4-oktyabrda boshlangan va chiptalar savdosi 2025-yil mart oyida start olgan[16].

2025-yil 15-iyul kuni Milan Kortina 2026 Qishki Olimpiya va Paralimpiya tashkiliy qoʻmitasi medallar dizaynini taqdim etdi. Har bir medalning chap tomonda old qismida Braille yozuvi, oʻng tomoni old qismida esa logotip aks etgan. Medalning orqa tomonida esa Paralimpiya oʻyinlari logotipi tasvirlangan.

Sport inshootlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2026-yilgi Paralimpiya oʻyinlari uchun 5 ta sport inshooti, shuningdek, musobaqadan tashqari 3 ta Paralimpiya shaharchasini oʻz ichiga olgan maskanlardan foydalaniladi[17].

Milan klasteri

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Milan Santagiulia muz xokkey arenasi – paramuz xokkeyi
  • Milan Olimpiya va Paralimpiya shaharchasi – Paralimpiya shaharchasi

Val di Fiemme klasteri

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Tesero changʻi kross stadioni, Tesero – parabiatlon, parachangʻi krossi
  • Predazzo Olimpiya va Paralimpiya shaharchasi – Paralimpiya shaharchasi

Kortina klasteri

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Tofane togʻ changʻisi markazi – paratogʻ changʻisi
  • Kortina parasnoubord bogʻi – parasnoubord
  • Kortina kyorling olimpiya stadioni, Kortina-d’ampetsso – nogironlar aravachasida kyorling, yopilish marosimi
  • Kortina Olimpiya va Paralimpiya shaharchasi – Paralimpiya shaharchasi

Ochilish marosimi 2026-yil 6-mart kuni Verona shahridagi Verona arenasida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Yopilish marosimi esa 2026-yil 15-mart kuni Kortina d’ampezzo shahridagi Kortina Olimpiya muz saroyida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan[18][19].

Sport turlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

6 ta qishki Paralimpiya sport turlari boʻyicha 79 ta yoʻnalishda musobaqalar oʻtkazilishi kutilmoqda. Aravachada kyorling boʻyicha aralash juftlik bahslari musobaqa tarixida ilk bor oʻtkaziladi[20]. Jami 665 ta sportchi uchun kvota ajratilgan boʻlib, shundan 323 nafari erkaklar, 176 nafari ayollar va 166 nafaro jinsdan qatʼi nazar taqsimlanadi[21].

Ishtirok etuvchi Milliy Paralimpiya qoʻmitalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyidagi 52 ta ishtirokchi Milliy Paralimpiya qoʻmitalarining sportchilari oʻyinlarda ishtirok etuvchi yoʻllanmalarni qoʻlga kiritgan. Aksariyat musobaqalar uchun kvotalar 2024-yildan 2026-yilgacha boʻlgan davrda taqsimlandi. Nogironlar aravachasida kyorling boʻyicha saralash ochkolari 2023-yildan 2025-yilgacha boʻlgan davr uchun hisobga olinib, aralash jamoa uchun 8 kvota va aralash juftliklar uchun 10 kvota ajratildi. Paramuz ustida aravachada xokkey boʻyicha saralash ochkolari ham 2023-yildan 2025-yilgacha boʻlgan davrda toʻplangan[manba kerak].

2025-yil sentyabr oyida Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasi Rossiya Paralimpiya qoʻmitasi faoliyatini tiklab, rossiyalik sportchilarga oʻz bayrogʻi va madhiyasi ostida xalqaro musobaqalarda qatnashishga ruxsat berdi. Biroq oktyabr oyida maʼlum boʻlishicha, Xalqaro changʻi federatsiyasi (FIS), Xalqaro biatlonchilar ittifoqi (IBU) va Jahon kyorling federatsiyasi Rossiya va Belarus sportchilarini hatto neytral maqom ostida ham Olimpiya saralash musobaqalarida qatnashishdan chetlatish haqidagi qarorini oʻz kuchida qoldirgan[22]. Nazariy jihatdan ular paramuz ustida xokkey musobaqalarida ishtirok etishlari mumkin edi, ammo saralash turniri uchun jamoalar allaqachon aniqlab boʻlingan. Shu sababli, Rossiya va Belarus 2026-yilgi Paralimpiya oʻyinlariga birorta ham sportchini yubora olmaydi[23].

Ishtirok etadigan Milliy Paralimpiya qoʻmitalari[manba kerak]

Oʻyinlar jadvali

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2026-yilgi Paralimpiaya oʻyinlari jadvali 2024-yil 9-dekabrda eʼlon qilindi. Kyorling arenasidan yopilish marosimi uchun foydalanilishi sababli musobaqalar ochilish marosimidan 2 kun oldin nogironlar aravachasida kyorling boʻyicha aralash juftliklar dasturining dastlabki 2 bosqichi bilan boshlanadi[24].

OM Ochilish marosimi Oʻyinlar 1 Final bosqichlari YM Yopilish marosimi
Mart 2026 04
Chor
05
Pay
06
Jum
07
Shan
08
Yak
09
Dush
10
Sesh
11
Chor
12
Pay
13
Jum
14
Shan
15
Yak
Musobaqalar
Technology news and reviews image Marosimlar OM YM
Technology news and reviews image Paratogʻ changʻisi 6 6 6 3 3 3 3 30
Technology news and reviews image Parabiatlon 6 6 6 18
Technology news and reviews image Parachangʻida uchish 6 6 2 6 20
Technology news and reviews image Paramuz ustida xokkey 1 1
Technology news and reviews image Parasnoubord 4 4 8
Technology news and reviews image Nogironlar aravachasida kyorling 1 1 2
Kunlik medallar toʻplamlari 0 0 0 12 10 6 12 7 3 9 10 10 79
Jami 0 0 0 12 22 28 40 47 50 59 69 79
2026-yil mart 04
Chor
05
Pay
06
Jum
07
Shan
08
Yak
09
Dush
10
Sesh
11
Chor
12
Pay
13
Jum
14
Shan
15
Yak
Jami musobaqalar
  1. Faqatgina ingliz tilidagi shiordan foydalaniladi. Hech qanday italyan tilidagi varianti qabul qilinmagan.
  1. „IT's Your Vibe: the motto of Milano Cortina 2026“ (en). Milano Cortina 2024. Qaraldi: 2025-yil 20-fevral.
  2. Press, Daniella Matar The Associated „From Milan to Cortina, a glance at the 2026 Winter Olympics venues“ (en). Toronto Star (2025-yil 29-oktyabr). Qaraldi: 2025-yil 31-oktyabr.
  3. Dolci, Stefano „Olimpiadi invernali 2026, il Coni ha deciso: ufficiale la candidatura di Milano e Cortina“ (it). Eurosport (2018-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 1-dekabr.
  4. „Milano Cortina 2026 si presenta al mondo. Malagò: candidatura all'insegna di tradizione e innovazione“ (it). Italian National Olympic Committee (2018-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 1-dekabr.
  5. „Winter Olympics: Italy's Milan-Cortina bid chosen as host for the 2026 Games“. BBC News (2019-yil 24-iyun).
  6. Dunbar, Graham; Matar, Daniella „Italy's Milan-Cortina wins vote to host 2026 Winter Olympics“. Associated Press (2019-yil 24-iyun). 2019-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-iyun.
  7. „Milano Cortina awarded the Olympic Games 2026“. Italian National Olympic Committee (2019-yil 24-iyun). Qaraldi: 2024-yil 1-dekabr.
  8. „Paralympic flag handed over to Milan-Cortina 2026“ (2022-yil 13-mart). Qaraldi: 2024-yil 30-noyabr.
  9. „InPics: 2022 Paralympic Winter Games closed in Beijing“ (2022-yil 14-mart). Qaraldi: 2024-yil 30-noyabr.
  10. Frola, Federica „La bandiera paralimpica è arrivata in Italia in vista dei Giochi di Milano-Cortina 2026“ (it). Sky Sport (2022-yil 14-mart). Qaraldi: 2024-yil 1-dekabr.
  11. „Milano Cortina 2026. I Giochi invernali spiegati a bambine e bambini, a tre anni dalle Paralimpiadi nasce "Generazione sport"“ (it). Comune di Milano (2023-yil 3-aprel). Qaraldi: 2024-yil 1-dekabr.
  12. „Milano Cortina 2026: Route of the Paralympic Torch Relay unveiled“. International Paralympic Committee (2024-yil 26-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 30-noyabr.
  13. „Winter Olympics torch unveiled in joint ceremony in Milan and Osaka“. France 24 (2025-yil 14-aprel). 2025-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 14-aprel.
  14. „Milano Cortina 2026 opens volunteer applications for the Paralympic Winter Games“. International Paralympic Committee (2024-yil 19-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 30-noyabr.
  15. „Milano Cortina 2026 and LA28: next Olympic Games take centre stage during IOC EB meeting“. International Olympic Committee (2024-yil 3-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 10-dekabr.
  16. „Milano Cortina 2026: Ticket prices revealed for the Paralympic Winter Games“. International Paralympic Committee (2024-yil 4-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 30-noyabr.
  17. Sustainability, Impact and Legacy Report 2023: The Strategy and Planning Phases (Report). Fondazione Milano Cortina 2026. November 2023. https://milanocortina2026.olympics.com/s3fs-public/milano-cortina-2026_budget-sustainability_impact_legacy_new2023_en.pdf. Qaraldi: 30 November 2024. 
  18. „Ceremonies and Torch Relay for 2026 are assigned“. International Paralympic Committee (2024-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 30-noyabr.
  19. „The Ceremonies of the Milano Cortina 2026 Paralympic Winter Games were presented in Venezia“. Milano-Cortina 2026 (2026-yil 15-yanvar).
  20. „IPC Governing Board take key decisions for future Paralympic Games“.
  21. „Milano Cortina 2026 Paralympic medal programme and athlete quotas confirmed“. International Paralympic Committee (2023-yil 31-iyul). Qaraldi: 2024-yil 30-noyabr.
  22. „Update on potential participation of NPC Belarus and Russia at Milano Cortina 2026“ (en). International Paralympic Committee. Qaraldi: 2025-yil 24-oktyabr.
  23. „No Russia or Belarus athletes to qualify for Milan Paralympics despite restrictions lifted“. Associated Press News (2025-yil 23-oktyabr). Qaraldi: 2025-yil 26-oktyabr.
  24. „Milano Cortina 2026 competition schedules revealed“. Fondazione Milano Cortina 2026 (2024-yil 9-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 10-dekabr.
Oʻtmishdoshi:
Pekin
Qishki Paralimpiada
Milan Kortina

2026
Vorisi:
Fransuz Alplari