LEAKED: Zootopia 2 | Tech Insider
| Zootopia 2 | |
|---|---|
| Rejissyor(lar) |
Jared Bush Byron Howard |
| Prodyuser(lar) | Yvett Merino |
| Ssenariy muallif(lar)i | Jared Bush |
| Rollarda | |
| Studiya | Walt Disney Animation Studios |
| Distribyutor |
Walt Disney Studios Motion Pictures |
| Premyera sanasi | |
| Davomiylik | 108 daqiqa |
| Mamlakat |
|
| Til | inglizcha |
| Byudjet | $150 million |
| Daromad | $1.744 milliard |
„Zootopia 2“ – Walt Disney Animation Studios tomonidan ishlab chiqilayotgan va „Hayvonlar shahri“ (2016) multfilmining davomidir. Politsiyachi doʻstlar haqidagi boʻlajak Amerika kompyuter animatsion komediya-sarguzasht filmi. Film Disney kompaniyasining bosh direktori Bob Iger tomonidan 2023-yil fevralda rasman eʼlon qilingan, biroq ishlab chiqarishning batafsil maʼlumotlari hozircha oshkor etilmagan[1]. Multfilmning premyerasi 2025-yil 26-noyabrda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
Ishlab chiqarilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2020-yildan 2022-yilgacha boʻlgan davrda koronavirus epidemiyasi va uning kino ishlab chiqarish hamda kinoprokatga taʼsiri, shuningdek, boshqa sabablar tufayli Disney oʻzi uchun odatiy miqyosdagi animatsion blokbasterni yarata olmaydi. „Rayya va soʻnggi ajdarho“ hamda „Gʻaroyib olamdagi sarguzashtlar“ filmlari prokatda daromad keltirmadi[2][3], xitga aylangan „Encanto“ esa kompaniyaga zarur miqdordagi foydani taʼminlay olmagan[4]. Shu vaziyatda, shuningdek, boshqa animatsiya studiyalarining kassa xitlarini taqdim etishdagi muvaffaqiyati fonida Disney oʻz animatsiya studiyalarini daromadli holatga qaytarish rejasini ishlab chiqishga majbur boʻladi[5]. Shu nuqtayi nazardan, 2023-yil fevral oyida Disney aksiyadorlari bilan suhbatda kompaniya bosh direktori Bob Iger yaqin yillarda Walt Disney va Pixar animatsiya studiyalari xavfsiz investitsiyalarni ifodalovchi muvaffaqiyatli franshizalarga eʼtibor qaratishini va oʻta daromadli franshizalardan uchta davomiy film ishlab chiqarilishini eʼlon qiladi: „Frozen 3“, Disneydan „Zootopia 2“ va Pixardan „Toy Story 5“, ushbu filmlarning avval mamoyish etilgan qismlari har biri milliard dollardan ortiq daromad olib, „Oskar“ mukofotiga nomzod boʻlgan yoki sovringa munosib koʻrilgan[6]. Shu bilan birga, Iger kompaniyaning 7000 nafar xodimi ishdan boʻshatilganini eʼlon qilgan[7].
2024-yil avgust oyida boʻlajak multfilmning ilk kadrlari jamoatchilikka namoyish etiladi. Shuningdek, yangi qahramonlar ham eʼlon qilindi, ular orasida qora ilon ham bor edi. Bu „Zootopia“ dunyosidagi ilk sudralib yuruvchi boʻladi[8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Wilson Chapman, ‘Frozen,’ ‘Toy Story,’ and ‘Zootopia’ Sequels in Development at Disney, February 8, 2023, Indiewire
- ↑ Olivia Martell, Raya and the Last Dragon: Why Disney’s Animated Film was Overlooked, September 27, 2022, MovieWeb
- ↑ Richard Fink, Why Strange World Bombed At The Box Office, November 29, 2022, MovieWeb
- ↑ Madeleine Horton, Disney's 'Encanto' Was A Box-Office Flop - But It Was Still A Huge Success, March 4, 2022, The Things
- ↑ Emily Zogbi, Universal Is Crushing Disney at the Animated Box Office, February 7, 2023, CBR
- ↑ Anthony D'Alessandro, ‘Frozen’, ’Toy Story’ & ‘Zootopia’ Sequels In The Works, Disney CEO Bob Iger Says, February 8, 2023, Deadline
- ↑ Aaron Couch, ‘Toy Story,’ ‘Frozen’ and ‘Zootopia’ Sequels in the Works, Says Bob Iger, February 8, 2023, The Hollywood Reporter
- ↑ „'Zootopia 2' Casts Ke Huy Quan, First Sequel Footage Introduces Reptiles and New Animals“. 2024-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-avgust.