TRENDING: Sergio Busquets - Full Coverage
|
| |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Sergio Busquets Burgos[1] | ||
| Tavallud sanasi | 16-iyul, 1988-yil[1] | ||
| Tavallud joyi | Sabadell, Ispaniya | ||
| Boʻyi | 1.90 m[1] | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Inter Miami | ||
| Raqami | 5 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 1995—1996 | Badia | ||
| 1996—1999 | Barberà Andalucía | ||
| 1999—2003 | Lleida | ||
| 2003—2005 | Jàbac Terrassa | ||
| 2005—2007 | Barcelona | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2007—2008 | Barcelona B | 25 | (2) |
| 2008—2023 | Barcelona | 481 | (11) |
| 2023— | Inter Miami | 69 | (1) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2008—2009 | Ispaniya U21 | 3 | (1) |
| 2009—2022 | Ispaniya | 143 | (2) |
| 2008—2016 | Kataloniya | 8 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Sergio Busquets i Burgos (talaffuzi: Serxio Buskets i Burgos) – ispaniyalik futbolchi, yarim himoyachi, MLSning „Inter Miami CF“ futbol klubi toʻp tepadi.
„Barcelona“ futbol akademiyasi bitiruvchisi, 2008-yildan buyon asosiy jamoada oʻynab kelmoqda. Oʻshandan beri u klub bilan sakkiz marta Ispaniya chempioniati, uch marta UEFA Chempionlar Ligasi, yetti marta Ispaniya kubogi, olti marta Ispaniya Superkubogi, uch marta UEFA Superkubogi va uch marta klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatida gʻolib chiqdi.
Ispaniya terma jamoasi tarkibida – Jahon chempioni (2010) va Yevropa chempioni (2012) boʻldi.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sergio Busquets „Barcelona“ futbol akademiyasi bitiruvchisi. U 2008-yilning 13-sentyabrida Ispaniya chempionati doirasidagi „Rasing“ga qarshi oʻyinda klubning asosiy jamoasida debyut qilgan. Chempionlar Ligasi oʻyinlaridagi debyut 2008-yil 22-oktyabrda Shveysariyaning „Bazel“ jamoasiga qarshi oʻyinda boʻlib oʻtdi, oʻsha oʻyinda Sergio „Barselona“ uchun birinchi golini urdi va „koʻk-anorranglilar“ raqibni yirik 5:0 hisobida magʻlub etishdi. Sergio Chempionlar Ligasidagi ikkinchi golini guruh bosqichidagi soʻnggi oʻyinda „Barcelona“ning zaxira tarkibi bilan „Shaxtyor“ga qarshi oʻyinda kiritdi. 2009-yil 7-martda esa Sergio „Atletik“ darvozasiga Primeradagi birinchi golni urdi.

„Barcelona“dagi birinchi mavsumida Buskets 24 La Liga, 7 Qirollik Kubogi va 8 Chempionlar Ligasi oʻyinida maydonga tushdi. Mavsumning birinchi yarmida Sergio tez-tez maydonga tushmagan boʻlsa-da, mavsumning qolgan yarmida u birinchi daqiqalardanoq oʻynay boshladi, shu jumladan Ispaniya kubogi finalida „Atletik“ga qarshi oʻyinda (4:1) va UEFA Chempionlar Ligasi finalida „Manchester Yunayted“ga qarshi (2:0) asosiy tarkibda maydonga tushdi. Ushbu mavsumdan keyin Busquets La Liganing 2008/09-yilgi mavsumida eng yaxshi yosh futbolchi deb topildi. Bundan tashqari, 2009-yilda Sergio Yevropaning eng yaxshi yosh futbolchisiga beriladigan Bravo kubogini qoʻlga kiritdi.
2009/10 yilgi mavsumda kataloniyalik ivuarlik Yaya Toureni asosiy tarkibdan siqib chiqarib, asta-sekin klubning yetakchi yarim himoyachisiga aylandi. Ispaniya chempionatida u 33 oʻyinda maydonga tushdi, kataloniyalik yana 10 ta oʻyinni Chempionlar Ligasida oʻtkazdi. Busquets klubning bir mavsumda 6 ta sovrinni qoʻlga kiritishida ham katta rol oʻynadi, aynan u Klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida Meksikaning „Atlanta“siga qarshi yarim final uchrashuvida hisobni tenglashtirgan, ammo baribir uning jamoasi uchrashuvda magʻlub boʻlgan. 2010/11 yilgi mavsumda Busquets oʻzining birinchi va yagona golini Bilbaoning „Atletik“iga urdi va oʻyin kataloniyaliklarning 3:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. 2010 va 2011-yillarda u „L'Équipe“ talqiniga koʻra yilning ramziy jamoasi tarkibida boʻlgan.
2011/12-yilgi mavsumda u oʻzining birinchi golini Chempionlar ligasi yarim finalida „Chelsi“ ga qarshi oʻyinda kiritdi. Sergio Ispaniya chempionatining soʻnggi, 38-turida 2:2 hisobida yakunlangan „Betis“ga qarshi oʻyinda mavsumdagi ikkinchi golini urdi. 2013-yilning 16-iyulida futbolchining tugʻilgan kunida Busquets bilan shartnoma 2018-yilgacha uzaytirilgani maʼlum boʻldi. Tovon puli 250 million yevroni tashkil qildi. 2014/15 yilgi mavsum oldidan Serxio oʻzining raqamini 16 dan 5 ga oʻzgartirdi[2].
2015/16-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Sergio „Barcelona“ning uchinchi sardori etib tayinlandi[3]. 2017-yil 1-oktyabrda Busqets „Las-Palmas“ darvozasiga gol urdi va Barcelona 3:0 hisobida gʻalaba qozondi. Oʻyin „Kamp Nou“da, Kataloniya mustaqilligi referendumi vaqtida yopiq eshiklar ortida oʻtkazildi. 2018/19-yilgi mavsum boshlanishidan oldin u „Barcelona“ vitse-sardori etib tayinlangan. 27-sentyabr kuni Busquets shartnomasini 2023-yilgacha uzaytirdi[4]. 2021-yilning 9-yanvarida Busquets „Barcelona“ safida „Granada“ga qarshi oʻyindagi 600-uchrashuvini oʻtkazdi. Klub tarixida faqat Xavi, Iniesta va Messi undan koʻproq oʻyin oʻtkazgan[5]. 2021/22-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Messi Paris Saint-Germainga koʻchib oʻtganidan keyin u „Barselona“ sardori etib tayinlangan[6].
Terma jamoadagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2009-yil 2-aprelda Busquets milliy terma jamoadagi debyut oʻyinini oʻtkazdi va ikkinchi boʻlimda Turkiya terma jamoasiga qarshi oʻyinda David Silva oʻrniga maydonga tushdi, oʻyin ispanlarning 2:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.

2010-yilning iyul oyida Busquets Ispaniya terma jamoasi bilan birgalikda JAR maydonlarida barcha 7 oʻyinda maydonga tushib, Jahon chempioni boʻldi. 2012-yilda Sergio Yevropa chempioni boʻldi, shuningdek, UEFAga koʻra turnirning ramziy jamoasiga kirdi.
2014-yil 8-sentabrda Busquets Ispaniya terma jamoasi uchun 2016-yilgi Yevropa chempionati saralashida Makedoniyaga qarshi oʻyinda ilk golini urdi, oʻyin ispanlarning 5:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi[7]. Sergio oʻsha saralash turnirida 15-noyabr kuni Belarus terma jamoasiga qarshi oʻyinda ikkinchi golni kiritdi, Ispaniya 3:0 hisobida gʻalaba qozondi[8]. 2017-yilning 9-oktyabrida Buskets Ispaniya terma jamoasi safida Isroil terma jamoasiga qarshi 100-oʻyinini oʻtkazdi, oʻyin ispanlarning 1:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi[9].
2020-yil 7-oktyabrda Busqets birinchi marta Portugaliyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Sergio Ramos zaxira oʻrindigʻida boʻlgani uchun ispanlarga sardorlik qildi[10]. 2021-yilning may oyida u Luis Enrique tomonidan Euro-2020 ga qoʻshildi. Ramos yoʻqligida u sardorlikka koʻtarildi[11]. Ispaniya terma jamoasining turnirdagi birinchi oʻyinidan sakkiz kun oldin Busketsda COVID-19 testi ijobiy chiqdi, bu esa butun jamoani Litva bilan oʻrtoqlik oʻyinidan chetlatilishiga sabab boʻldi[12]. U Shvetsiya va Polshaga qarshi guruh bosqichining dastlabki ikki oʻyinini oʻtkazib yubordi. U Slovakiyaga qarshi oʻyinning eng yaxshi futbolchisi sifatida eʼtirof etilgan uchinchi oʻyindagina jamoaga qaytishga muvaffaq boʻldi[13][14]. Toʻrt kundan soʻng Xorvatiyaga qarshi 1/8 final uchrashuvida Busquets yana oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi, Ispaniya qoʻshimcha boʻlimlardan soʻng 5:3 hisobida gʻalaba qozondi[15]. Chorak finalda u Shveysariyaga qarshi penaltilar seriyasida Ispaniyaning birinchi zarbasi bilan darvoza toʻsiniga zarba berdi, ammo uning jamoasi gʻalaba qozondi[16].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sergio Busquets – 1990-yillarda „Barselona“ darvozasini himoya qilgan Carles Busquetsning oʻgʻli. 2014-yilda Sergio Elena Galera bilan munosabatlarni boshladi, er-xotin 2016-yilda Enzo ismli oʻgʻil koʻrdi[17]. 2018-yilda oʻgʻil Levi tugʻildi.
Statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klubdagi statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2022-yil 30-oktyabr

| Jamoa | Mavsum | Liga | Copa del Rey | Yevropa | Boshqa | Jami | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
| Barcelona B | 2007–08 | Tercera División | 23 | 2 | — | — | — | 23 | 2 | |||
| 2008–09 | Segunda División B | 2 | 0 | — | — | — | 2 | 0 | ||||
| Jami | 25 | 2 | — | — | — | 25 | 2 | |||||
| Barcelona | 2008–09 | La Liga | 24 | 1 | 9 | 0 | 8 | 2 | — | 41 | 3 | |
| 2009–10 | 33 | 0 | 4 | 0 | 10 | 0 | 5 | 1 | 52 | 1 | ||
| 2010–11 | 28 | 1 | 5 | 0 | 12 | 0 | 1 | 0 | 46 | 1 | ||
| 2011–12 | 31 | 1 | 8 | 0 | 10 | 1 | 3 | 0 | 52 | 2 | ||
| 2012–13 | 31 | 1 | 4 | 0 | 8 | 0 | 2 | 0 | 45 | 1 | ||
| 2013–14 | 32 | 1 | 5 | 1 | 9 | 1 | 2 | 0 | 48 | 3 | ||
| 2014–15 | 33 | 1 | 4 | 0 | 10 | 0 | — | 47 | 1 | |||
| 2015–16 | 35 | 0 | 5 | 0 | 9 | 0 | 4 | 0 | 53 | 0 | ||
| 2016–17 | 33 | 0 | 5 | 0 | 8 | 0 | 2 | 0 | 48 | 0 | ||
| 2017–18 | 31 | 1 | 7 | 0 | 10 | 0 | 2 | 0 | 50 | 1 | ||
| 2018–19 | 35 | 0 | 6 | 0 | 12 | 0 | 1 | 0 | 54 | 0 | ||
| 2019–20 | 33 | 2 | 2 | 0 | 7 | 0 | 1 | 0 | 43 | 2 | ||
| 2020–21 | 36 | 0 | 6 | 0 | 6 | 0 | 2 | 0 | 50 | 0 | ||
| 2021–22 | 36 | 2 | 2 | 0 | 12 | 1 | 1 | 0 | 51 | 3 | ||
| 2022–23 | 10 | 0 | 0 | 0 | 4 | 0 | 0 | 0 | 14 | 0 | ||
| Jami | 461 | 11 | 72 | 1 | 135 | 5 | 26 | 1 | 694 | 18 | ||
| Faoliyati davomida jami | 486 | 13 | 72 | 1 | 135 | 5 | 26 | 1 | 719 | 20 | ||
Milliy terma jamoadagi statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2022-yil 27-sentyabr

| Milliy terma jamoa | Yil | Oʻyin | Gol |
|---|---|---|---|
| Ispaniya | 2009 | 10 | 0 |
| 2010 | 16 | 0 | |
| 2011 | 11 | 0 | |
| 2012 | 14 | 0 | |
| 2013 | 12 | 0 | |
| 2014 | 11 | 2 | |
| 2015 | 8 | 0 | |
| 2016 | 12 | 0 | |
| 2017 | 8 | 0 | |
| 2018 | 9 | 0 | |
| 2019 | 5 | 0 | |
| 2020 | 4 | 0 | |
| 2021 | 13 | 0 | |
| 2022 | 6 | 0 | |
| Jami | 139 | 2 | |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jamoaviy
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Barcelona"
- Ispaniya chempioni (8): 2008/09, 2009/10, 2010/11, 2012/13, 2014/15, 2015/16, 2017/18, 2018/19
- Ispaniya kubogi sohibi (7): 2008/09, 2011/12, 2014/15, 2015/16, 2016/17, 2017/18, 2020/21
- Ispaniya Superkubogi sohibi (6): 2009, 2010, 2011, 2013, 2016, 2018.
- UEFA Chempionlar Ligasi gʻolibi (3): 2008/09, 2010/11, 2014/15
- Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati gʻolibi (3): 2009, 2011, 2015
- UEFA Superkubogi sohibi (3): 2009, 2011, 2015

Ispaniya terma jamoasi
- Jahon chempioni: 2010
- Yevropa chempioni: 2012
Shaxsiy
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bravo kubogi sohibi: 2009
- PFL versiyasiga koʻra Ispaniyada yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2009
- Ispaniya chempionatining ramziy terma jamoasi tarkibida: 2015/16[18]
- UEFA Chempionlar Ligasining ramziy jamoasi tarkibida: 2014/15[19]
- 2010-yilgi Jahon chempionati ramziy terma jamoasi tarkibida[20]
- UEFA versiyasiga koʻra 2012-yilgi Yevropa chempionatining ramziy terma jamoasi tarkibida
- Asturiya shahzodasi mukofoti: 2010
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 „FIFA Club World Cup 2025™ – Squad List: Inter Miami CF (USA)“. FIFA (2025-yil 4-iyul). 2025-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 18-iyul.
- ↑ „Бускетс забрал номер Пуйоля“. 21-oktyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-oktyabr 2017-yil.
- ↑ „С днем рождения, Серхио Бускетс!“. 21-oktyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-oktyabr 2017-yil.
- ↑ „Бускетс продлил контракт с «Барселоной» до 2023 года“. 2018-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-sentabr 2018-yil.
- ↑ Brennan, Feargal. „Sergio Busquets hails Barcelona's progress in 2021“. Football España (11-yanvar 2021-yil). 16-oktyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-oktyabr 2021-yil.
- ↑ Torres, M. Carmen. „Barcelona announce new captains“. Marca (9-avgust 2021-yil). 16-oktyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-oktyabr 2021-yil.
- ↑ „Испания 5:1 Македония“. 21-oktyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-oktyabr 2017-yil.
- ↑ „Испания 3:0 Белоруссия“. 21-oktyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-oktyabr 2017-yil.
- ↑ „Бускетс проводит 100-й матч за сборную Испании“. 21-oktyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-oktyabr 2017-yil.
- ↑ Cerezo, Hugo. „Es una pasada tener un jugador como Adama Traoré“ (ispancha). Marca (7-oktyabr 2020-yil). 16-oktyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-oktyabr 2021-yil.
- ↑ Westwood, James. „Real Madrid captain Ramos left out of Spain squad for Euro 2020 but Laporte included after France switch“. Goal (25-may 2021-yil). 16-oktyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-oktyabr 2021-yil.
- ↑ „Euro 2020: Spain captain Sergio Busquets tests positive for Covid-19“. BBC Sport (6-iyun 2021-yil). 16-oktyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-oktyabr 2021-yil.
- ↑ „Busquets, man of the match in Spain versus Slovakia“. Be Soccer (23-iyun 2021-yil). 16-oktyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-oktyabr 2021-yil.
- ↑ Lowe, Sid. „ʻHis game was incredible’: Sergio Busquets repays Luis Enrique’s faith“. The Guardian (24-iyun 2021-yil). 16-oktyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-oktyabr 2021-yil.
- ↑ „Croatia 3-5 Spain (aet): Morata and Oyarzabal the extra-time heroes in Copenhagen thriller“. UEFA (28-iyun 2021-yil). 8-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-avgust 2021-yil.
- ↑ „Euro 2020: Luis Enrique had ʻhuge faith’ in goalkeeper Unai Simon to see Spain past Switzerland on penalties“. The Independent (3-iyul 2021-yil). 16-oktyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-oktyabr 2021-yil.
- ↑ „Звезда «Барселоны» Серхио Бускетс впервые стал отцом“. 21-oktyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-oktyabr 2017-yil.
- ↑ „Atletico dominate UEFA's La Liga team of the season“. Marca (16-may 2016-yil). 15-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-oktyabr 2021-yil.
- ↑ „UEFA Champions League squad of the season“. UEFA (9-iyun 2015-yil). 11-iyun 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-iyun 2015-yil.
- ↑ „2010 FIFA World Cup South Africa™ statistics“. FIFA. 11-fevral 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-sentabr 2020-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda „Sergio Busquets“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
- Sergio Busquets Inter Miami CF saytida
- Sergio Busquets Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi veb-saytida (ispancha)
- Sergio Busquets Major League Soccer saytida
- Sergio Busquets – FIFA musobaqalaridagi natijalari (arxivlangan)
- Sergio Busquets – UEFA musoboqalardagi natijalari (arxivlangan)
- Yashayotgan insonlar
- Ispaniyalik erkak futbolchilar
- FC Barcelona Atlètic oʻyinchilari
- FC Barcelona futbolchilari
- Inter Miami CF futbolchilari
- Tercera División oʻyinchilari
- Segunda División B oʻyinchilari
- La Liga oʻyinchilari
- Designated futbolchilari (MLS)
- Major League Soccer futbolchilari
- UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar
- Ispaniya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari
- FIFA Jahon chempionati 2010 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari
- UEFA Yevro 2012 oʻyinchilari
- UEFA Yevro 2016 oʻyinchilari
- UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari
- Futbol boʻyicha jahon chempionlari
- UEFA Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar
- FIFA erkaklar markaziy klubi
- Ispaniyalik muhojir erkak futbolchilar
- Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi muhojir erkak futbolchilar
