VIRAL: Sagar (Madxya Pradesh) | Tech Insider
Sagar | |
|---|---|
| City | |
|
| |
| 23°49′48″N 78°42′36″E / 23.83000°N 78.71000°E | |
| Mamlakat | Hindiston |
| {{{mintaqa_turi}}} | Janubiy Osiyo |
| {{{tuman_turi}}} | Sagar |
| Asos solingan | Tarixiy |
| Iqlim turi | Nam subtropik |
| Rasmiy til(lar)i | Hindcha |
| Aholisi (2011) | 274 556 |
| Vaqt mintaqasi | UTC+5:30 (IST) |
| Telefon kodi | +91 891 |
| Pochta indeks(lar)i | 743373 |
| Avtomobil kodi | MP 09 |
|
| |
Sagar - Hindistonning markaziy qismidagi Madxya Pradesh shtatida joylashgan Sagar tumanidagi shahar hisoblanadi. Sagar munitsipal korporatsiya va ma'muriy shtab bo'lib, Vindhya tog ' tizmasida joylashgan, 1,758 fut (536 m) dengiz sathidan yuqorida. Shahar taxminan shtat poytaxti Bhopaldan shimoli-sharqda 172 kilometr (107 mi) uzoqlikda joylashgan.
Sagar shari bosh vazir Narendra Modining “ Aqlli shaharlar” missiyasi doirasida aqlli shahar sifatida rivojlantiriladigan Hindistonning yuzta shaharlaridan biri sifatida qayta loyihaladi va Hindistonning 2018-yildagi eng xavfsiz shaharlar ro‘yxatiga kiritildi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qadimgi Hindistonning Chedi qirolligi poytaxti boʻlgan Suktimati shahrida joylashgan bo'lib, u zamonaviy davrlarda Sagarda joylashgan boʻlgan. Sagar tumanining milodiy 1022-yilgacha boʻlgan tarixi umuman noma'lum bo'lib qolmoqda. Olimlarning izlanishi tufayli, qadimiy yozuvlar topilgan. Sagar Ahir Rajas hukmronligi ostida boʻlgan va ularning poytaxti Garxpehrada joylashgan. 1660-yilda Udenshoh hozirgi Sagar shahriga asos soligan[1].
1735-yildan keyin shahar peshvolar hukmronligi ostiga o'tgan. Chhatrasal Bajiraoga mintaqani (subha) berganida, u Govindpant Kherni (keyinchalik Bundele) hukmdori etib tayinlangan. Govindpant Sagar ko'li yonida Sagar shahriga asos soldi va shaharni o'zining poytaxti etib tayinladi. 1818-yilda Sagar tumanining katta qismi Peshva Baji Rao-II tomonidan Britaniya Sharqiy Hindiston kompaniyasiga berildi. Ma'muriy jihatdan Sagar va qo'shni hududlarning pozitsiyasi tez-tez o'zgarib turgan.
Saugor hududi birinchi bo'lib Bundelkandning Siyosiy ishlar boshlig'i qo'liga o'tdi. Keyinchalik, 1820-yilda "Saugor va Nerbudda hududlari" deb nomlangan bu hudud general-gubernatorning agenti boshqaruviga o'tkazilgan. Mintaqa 1835-yildagi konstitutsiyadan so'ng Shimoliy-G'arbiy provinsiyaga kirgizildi. 1842-yilda Bundela ko'tarilishi sodir bo'ldi va uni bostirish general-gubernatorning ko'proq e'tiborini jalb qildi. Ammo keyingi yillarda tartib qayta tiklandi va Saugor va Nerbudda hududlari yana general-gubernator nomidagi agentning siyosiy nazoratiga o'tkazildi. Biroq, tartib qoniqarli deb topilmagan va bu hududlar 1853-yilda yana Shimoliy-G'arbiy viloyatlar tarkibiga qaytarilgan. Shundan so'ng 1861-yilda Saugor va Nerbudda hududlari va Nagpur shtati Markaziy viloyatlar deb nomlangan Komissar viloyati tuzilgan[2].
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sagar nam subtropik iqlimga ega bo'lib (Köppen iqlim tasnifi Cwa), yozi issiq, musson mavsumi biroz salqin va qishi salqin. Iyundan sentyabrga oyigacha musson mavsumida juda kuchli yog'ingarchilik.
| Sagar, Madhya Pradesh iqlimi | |||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Koʻrsatkich | Yan | Fev | Mart | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
| Mutlaq maksimal, °C | 33,3 | 37,3 | 42,5 | 44,4 | 46,4 | 46,4 | 41,4 | 37,6 | 39,7 | 39,9 | 37,7 | 33,6 | 46,4 |
| Oʻrtacha maksimal, °C | 24,7 | 27,6 | 33,3 | 38,3 | 41,0 | 37,6 | 30,9 | 29,0 | 30,7 | 32,2 | 29,3 | 26,0 | 31,7 |
| Oʻrtacha harorat, °C | 11,4 | 13,8 | 18,9 | 23,5 | 26,3 | 25,6 | 23,5 | 22,8 | 22,2 | 20,0 | 16,3 | 12,8 | 19,8 |
| Oʻrtacha minimal, °C | 1,7 | 1,1 | 7,2 | 10,6 | 16,3 | 13,1 | 14,5 | 14,8 | 16,7 | 11,3 | 6,1 | 2,1 | 1,1 |
| Mutlaq minimal, °C | 12,3 | 14,1 | 11,3 | 4,1 | 16,9 | 141,5 | 343,6 | 373,7 | 184,5 | 22,8 | 13,5 | 9,7 | 11,48 |
| Yogʻingarchilik meʼyori, mm | 1,3 | 1,3 | 0,9 | 0,5 | 1,8 | 7,3 | 14,4 | 14,9 | 8,8 | 1,7 | 0,9 | 0,9 | 54,7 |
| Yomgʻir, mm | 42 | 32 | 24 | 18 | 22 | 46 | 75 | 81 | 69 | 45 | 40 | 43 | 45 |
| Manba: [3][4] | |||||||||||||
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2011-yilgi Hindiston aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Sagar munitsipal korporatsiyasining chegarasi boʻylab jami 274,556 kishini tashkil etadi, ulardan 143,425 nafari erkaklar va 131,131 nafari ayollar tashkil qiladi. 0 yoshdan 6 yoshgacha boʻlgan bolalar aholisi soni 32 610 kishini tashkil qildi. Sagarda savodlilarning umumiy soni 216 422 kishini tashkil etadi, bu aholining 78,8% ni, erkaklar savodxonligi 82,6% va ayollar savodxonligi 74,6% ni tashkil etadi. Sagarning 7+ aholisining samarali savodxonlik darajasi 89,5% ni tashkil etadi, shundan erkaklar savodxonlik darajasi 93,7% va ayollar savodxonlik darajasi 84,8% ni tashkil qiladi. Rejalashtirilgan kastalar va rejalashtirilgan qabilalar soni mos ravishda 54,432 va 3,052 boʻlgan. Sagar 2011-yilda 52833 ta xonadondan iborat boʻlgan[5].
Ta'limi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ilgari Sagar universiteti nomi bilan tanilgan doktor Hari Singx Gour universiteti 1946-yil 18-iyulda Xari Singx Gour tomonidan tashkil etilgan. 1983-yil fevral oyida u doktor Hari Singx Gour universiteti nomiga o'zgartirilgan.
Taniqli shaxslari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Hari Singx Gour, huquqshunos, deputat, ijtimoiy islohotchi, Dehli universitetining birinchi prorektori
- Sudha Jain, hind siyosatchisi
- Gopal Bhargava, hind siyosatchisi
- Govind Namdev, televidenie va kino aktyori
- Mahendra Mevati, teatr va kino aktyori
- Mukesh Tivari, teatr va kino aktyori
- Virendra Kumar Xatik, hind siyosatchisi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Arun K. Jain, A. N. Sharma. The Beria (Rai Dancers): A Socio-demographic, Reproductive, and Child Health Care Practices Profile. Sarup & Sons, 2006 — 13-bet. ISBN 9788176257145. Qaraldi: 15-oktabr 2014-yil.
- ↑ „History of Sagar“. sagar.nic.in. Qaraldi: 17-may 2019-yil.
- ↑ „Station: Sagar Climatological Table 1981–2010“. Climatological Normals 1981–2010 675–678. India Meteorological Department (2015-yil yanvar). 5-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-dekabr 2020-yil.
- ↑ „Extremes of Temperature & Rainfall for Indian Stations (Up to 2012)“. India Meteorological Department (2016-yil dekabr). 5-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-dekabr 2020-yil.
- ↑ „Census of India: Sagar“. www.censusindia.gov.in. Qaraldi: 23-dekabr 2020-yil.