URGENT: Bhopal - The Verge Report
Bhopal भोपाल | |
|---|---|
| shahar | |
|
| |
| 23°15′0″N 77°25′0″E / 23.25000°N 77.41667°E | |
| Mamlakat | Hindiston |
| Shtat | Madhya Pradesh |
| Tuman | Bhopal |
| Hukumat | |
| • Hokim | Malti Rai[1] |
| Maydon | 69,724 km2 (26,921 kv mi) |
| Dengiz sathidan balandligi | 427 m |
| Rasmiy til(lar)i | hind tili|Hindi |
| Aholisi (2011) | 2 795 648[2] |
| Zichligi | 2 575 kishi/km2 |
| Vaqt mintaqasi | UTC+5:30 |
| Telefon kodi | 0755 |
| Pochta indeks(lar)i | 462001 — 462xxx |
|
| |
Bhopal shahri Hindistonning Madhya Pradesh shtatining maʼmuriy markazidir. Transport yoʻllari tuguni. Aholisi 2,7 mln dan ziyod kishi (2011).[2] Ogʻir sanoat uskunalari ishlab chiqariladi. Toʻqimachilik, jumladan ip-gazlama va qishloq xoʻjalik mahsulotlari qayta ishlash sanoati koronalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan (zargarlik buyumlari, gazlama boʻyash va boshqalar). Yirik savdo markazi. Universitet va institutlari bor.
Shahar 1984-yil dekabrida sodir boʻlgan Bhopal falokati tufayli xalqaro eʼtiborga tushdi. Oʻshanda Union Carbide India Limited kompaniyasining pestitsid ishlab chiqaruvchi zavodidan tarkibida metilizotsianat boʻlgan zaharli gazlar chiqib, yaqin-atrofda yashovchi aholini halok qildi. Bu voqea jahondagi eng katta falokatlardan biridir. Shu yuzdan Bhopal butundunyo atrof-muhitchilarining eʼtiroz kampaniyalari markazlaridan biri boʻlib kelmoqda.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Madhya Pradesh: Bhopal Mayor Malti Rai ties Rakhi to sanitary workers“. ANI News (2024-yil 19-avgust). Qaraldi: 2025-yil 25-fevral.
- ↑ 2,0 2,1 „Provisional Population Totals“. Census of India 2011. The Registrar General & Census Commissioner, Government of India. Qaraldi: 2013-yil 12-mart.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Geografiyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |