NEW: Oscar 2026 - The Verge Report

Vikipediya, erkin ensiklopediya
98- Akademiya mukofoti
Technology news and reviews image
Rasmiy poster
Ta'sis etilgan sanasi 2026-yil 15-mart
Joy Dolby teatri
Hollywood, Los Angeles, California, AQSH
Boshlovchi Conan O'Brien
Shou-oldin boshlovchilar Tamron Hall
Jesse Palmer[1]
Prodyuser Raj Kapoor
Katy Mullan
Rejissyor Hamish Hamilton
Eng Koʻp nominatsiyalar Sinners (16)
Televizorda koʻrsatish
Televizion tarmoq Translyatsiya:
ABC
Striming:
Hulu

98-Akademiya mukofoti (yoki 2026-yilgi Oscar mukofoti) marosimi 2026-yil 15-mart kuni Amerika Qoʻshma Shtatlarining Los Angeles shahri Hollywood hududidagi Dolby teatrida boʻlib oʻtdi. Marosimni Kino sanʼati va fanlari akademiyasi (AMPAS) taqdim etdi. Tantanali marosim davomida AMPAS 2025-yilda namoyish etilgan filmlarni taqdirlash uchun 24 ta nominatsiya boʻyicha Akademiya mukofotlarini topshirdi. Marosim AQShda ABC telekanali orqali efirga uzatildi hamda Hulu platformasida onlayn tarzda namoyish etildi[2].

Komik aktyor Conan O'Brien oʻtgan yili marosimni olib borgani uchun ijobiy baholar olganidan soʻng, ushbu tadbirga ketma-ket ikkinchi marta boshlovchilik qiladi. Raj Kapur va Katy Mullan uchinchi yil ketma-ket ijrochi prodyuser sifatida qaytadi, Hamish Hamilton esa yana marosim rejissyori boʻlib ishlaydi[2][3][4][5][6][7].

Shu bilan bogʻliq tadbirlar doirasida Akademiya 2025-yil 16-noyabr kuni Hollywooddagi Ovation Hollywood majmuasining Ray Dolby Ballroom zalida 16-Governors mukofoti marosimini oʻtkazgan[8]. Ilmiy va texnik yutuqlar uchun Akademiya mukofotlari esa 2026-yil 28-aprel kuni Los Angelesdagi Akademiya kino muzeyida boʻlib oʻtadigan alohida marosimda topshiriladi[9].

Bu yil eng yaxshi kasting nominatsiyasi ilk bor alohida kategoriya sifatida joriy etiladi. Shu tariqa, raqobat asosida topshiriladigan Oskar mukofotlari kategoriyalari soni 24 taga yetadi[10].

98-Akademiya mukofoti uchun nomzodlar 2026-yil 22-yanvar kuni Beverly Hills shahridagi Samuel Goldwyn teatrida aktrisa Danielle Brooks hamda aktyor Lewis Pullman tomonidan eʼlon qilindi[11][12][13].

Sinners filmi olgan oʻn olti nominatsiya Oskar mukofotlari tarixidagi eng yuqori koʻrsatkich boʻlib, ilgari All About Eve (1950), Titanic (1997) va La La Land (2016) filmlari egallab kelgan oʻn toʻrt nominatsiyalik rekordni ortda qoldirdi[14][15][16]. Shuningdek, filmda bir film uchun nomzod boʻlgan qora tanli shaxslar soni boʻyicha ham yangi rekord oʻrnatib, ularning sonini oʻntaga yetdi[17]. Filmni suratga olgan Warner Bros. Pictures studiyasi esa jami oʻttiz nominatsiyani qoʻlga kiritib, 2005-yilda oʻzi oʻrnatgan rekordini takrorladi[18]. Koʻplab kino tanqidchilari va jurnalistlar ushbu nominatsiyalarni muhim yutuq sifatida baholab, Akademiyaning qora tanli kinoijodkorlar kinosi hamda daxshat janriga eʼtibor qaratganini yuqori baholadilar[19][20][21][22][23].

30 yoshida Timothée Chalamet Marlon Brandodan keyin uch marta aktyorlik nominatsiyasiga sazovor boʻlgan eng yosh aktyorga aylandi. Shuningdek, u bir yilning oʻzida ham aktyor, ham prodyuser sifatida nominatsiya olingan eng yosh shaxs boʻlib, bu borada Warren Beatty rekordini yangiladi[24]. Wagner Moura eng yaxshi erkak roli uchun nominatsiyaga qoʻyilgan ilk braziliyalik aktyorga aylandi[17] Stellan Skarsgård esa ingliz tilida boʻlmagan xalqaro badiiy film uchun eng yaxshi ikkinchi darajali erkak roli nominatsiyasiga koʻrsatilgan birinchi aktyor boʻldi[17].

Amy Madigan ilk nominatsiyasini Twice in a Lifetime (1985) filmidagi ikkinchi darajali roli uchun olgan edi. Weapons filmi uchun olgan soʻnggi nominatsiyasi bilan ushbu ikki nominatsiya orasidagi qirq yillik tanaffus aktrisalar orasida Oscar nominatsiyalari oʻrtasidagi eng uzoq vaqt farq sifatida rekord oʻrnatdi[25]. Ruth E. Carter eng yaxshi kostyum dizayni nominatsiyasi boʻyicha beshinchi marta nomzod boʻlgani barcha kategoriyalar boʻyicha eng koʻp nominatsiya olgan qora tanli ayolga aylandi[26]. Autumn Durald Arkapaw eng yaxshi operatorlik ishi nominatsiyasiga koʻrsatilgan toʻrtinchi ayol hamda bu nominatsiyani olgan birinchi oq tanli bo‘lmagan ayolga aylandi[27]. Chloé Zhao Jane Campiondan keyin eng yaxshi rejissyor nominatsiyasiga ikki bora nomzod etib koʻrsatilgan ikkinchi ayol, shuningdek ushbu nominatsiyani olgan birinchi oq tanli bo‘lmagan va avval ushbu mukofotni qoʻlga kiritgan ilk ayol boʻldi[17]. Eng yaxshi film nominatsiyasi boʻyicha toʻqqiz marta nomzod boʻlgan Dede Gardner esa Kathleen Kennedyni ortda qoldirib, eng koʻp nominatsiya olgan ayol prodyuserga aylandi[17].

Nomzodlar ingliz alifbosi tartibida joylashtirilgan[28].

  1. Patton, Tess „Tamron Hall and Jesse Palmer to Host Oscars Red Carpet on ABC“. TheWrap (2026-yil 9-mart). 2026-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 11-mart.
  2. 2,0 2,1 Davis, Clayton „Conan O'Brien to Return as Oscars Host for 98th Ceremony Set for March“. Variety (2025-yil 17-mart). Qaraldi: 2026-yil 22-yanvar.
  3. Hammond, Pete „Oscar Producers Announce Team; Hamish Hamilton to Return as Director“. Deadline Hollywood (2026-yil 3-fevral). Qaraldi: 2026-yil 3-fevral.
  4. Patton, Tess „Oscars Unveil Production Team, Director and Writing Staff for 2026 Ceremony“. TheWrap (2026-yil 3-fevral). Qaraldi: 2026-yil 3-fevral.
  5. Remnick, David (February 20, 2026). „Conan O'Brien is Ready for the Oscars“. The New Yorker. Qaraldi: February 28, 2026.
  6. Anthony, Andrew. „Conan O'Brien, the Oscars' host with a love of the absurd“ (2026-yil 9-mart). Qaraldi: 2026-yil 9-mart.
  7. O'Connell, Mikey „Conan O'Brien Just Can't Help Himself“. The Hollywood Reporter (2026-yil 9-mart). Qaraldi: 2026-yil 9-mart.
  8. Thompson, Anne „At the Governors Awards, Celebrating Tom Cruise While Reckoning with an Uncertain Future“. IndieWire (2025-yil 17-noyabr). Qaraldi: 2026-yil 22-yanvar.
  9. Academy of Motion Picture Arts and Sciences (2025-yil 12-iyun). „2026 Scientific and Technical Awards Call for Submissions“. Press-reliz.
  10. Academy of Motion Picture Arts and Sciences (2024-yil 8-fevral). „Academy Establishes Casting Award for 98th Oscars“. Press-reliz.
  11. Evans, Greg „Danielle Brooks and Lewis Pullman to Announce 2026 Oscar Nominations Next Week“. Deadline Hollywood (2026-yil 15-yanvar). Qaraldi: 2026-yil 22-yanvar.
  12. Lang, Brent; Moreau, Jordan „Oscar Nominations 2026: 'Sinners' Dominates with 16 Nods, 'One Battle After Another' Follows with 13“. Variety (2026-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2026-yil 22-yanvar.
  13. Wiseman, Andreas; Hipes, Patrick „Oscar Nominations: 'Sinners' Leads the Way with Record 16, 'One Battle' Next with 13 (Full List)“. Deadline Hollywood (2026-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2026-yil 22-yanvar.
  14. Canfield, David „'Sinners' Gets Most Oscar Nominations Ever“. The Hollywood Reporter (2026-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2026-yil 22-yanvar.
  15. Salam, Maya. „3 Films Used to Hold the Record for Oscar Nominations (Thanks to Some Quirks)“ (2026-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2026-yil 22-yanvar.
  16. Davis, Clayton „'Sinners' Breaks All-Time Oscar Nomination Record with 16 Nods“. Variety (2026-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2026-yil 22-yanvar.
  17. 17,0 17,1 17,2 17,3 17,4 Davis, Clayton „Oscars Diversity Report: 'Sinners' Ties Record for Most Black Nominees from a Single Film, Plus Milestones for Chloé Zhao, Guillermo del Toro, and More“. Variety (2026-yil 22-yanvar). 2026-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 24-yanvar.
  18. Rubin, Rebecca „Warner Bros. Ties Own Oscar Studio Record with 30 Nominations for 'Sinners' and 'One Battle After Another'“. Variety (2026-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2026-yil 25-yanvar.
  19. Schimkowitz, Matt „'Sinners' Historic Oscar Breakthrough Spotlights An Evolved Academy“. The A.V. Club (2026-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2026-yil 16-fevral.
  20. Genai, Shanelle „Oscar Nominations: 'Sinners' Showed Out and More Black Surprises“. The Root (2026-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2026-yil 16-fevral.
  21. „16 Oscar Nods for 'Sinners' Signals a Broader Appetite for Imaginative Black Cinema“. The Conversation (2026-yil 1-fevral). Qaraldi: 2026-yil 16-fevral.
  22. Travis, Ben „The Oscars Have Finally Embraced Horror – And It's Worth Screaming About“. Empire (2026-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2026-yil 16-fevral.
  23. Tsintziras, Aya „After 76 Years, 'Sinners' Breaking the Biggest Record in Oscars History Makes Perfect Sense“. MovieWeb (2026-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2026-yil 16-fevral.
  24. Andreeva, Nellie „Timothée Chalamet Becomes Youngest Male Actor to Score 3 Oscar Nominations Since Marlon Brando“. Deadline Hollywood (2026-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2026-yil 24-yanvar.
  25. Hood, Cooper „Amy Madigan Makes Oscars History with 'Weapons' Nomination, Breaking 55-Year-Old Record“. Screen Rant (2026-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2026-yil 25-yanvar.
  26. Davis, Clayton „'Sinners' Costume Designer Ruth E. Carter Becomes Most-Nominated Black Woman in Oscar History“. Variety (2026-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2026-yil 25-yanvar.
  27. Tangcay, Jazz „'Sinners' DP Autumn Durald Arkapaw Makes Oscar History as First Woman of Color Nominated for Best Cinematography“. Variety (2026-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2026-yil 24-yanvar.
  28. „The 98th Academy Awards | (2026)“. Academy of Motion Picture Arts va Sciences. Qaraldi: 2026-yil 22-yanvar.