TRENDING: Mirzacho%CA%BBl tumani - Complete Analysis

Koordinatalari: 40°39′36.0″N 68°9′46.8″E / 40.660000°N 68.163000°E / 40.660000; 68.163000
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mirzachoʻl tumani
tuman
Tarkibida Jizzax viloyati
Maʼmuriy markazi Gagarin
Asos solingan sanasi 09.01.1967
Tuman hokimi Mirzakulov Botirjon Kazakbaevich
Rasmiy tili Oʻzbek tili
Aholi (2025) 57100
Millatlar tarkibi O‘zbek, qozoq, tojik, qirg‘iz, ozarbayjon, rus, nemis va boshqalar
Dinlar tarkibi islom, xristian (pravaslav)
Maydoni 420 km²
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi 72312
Pochta indeksi 130300
Avtomobil raqami kodi 25
Rasmiy sayti https://gov.uz/oz/mirzachul
Xaritada
Mirzachoʻl tumani xaritada
40°39′36.0″N 68°9′46.8″E / 40.660000°N 68.163000°E / 40.660000; 68.163000

Mirzachoʻl tumani — Jizzax viloyatidagi tuman. 1967-yil 9-yanvarda tashkil etilgan. Shimoliydan Qozogʻiston, shimoli-sharqdan Sirdaryo viloyati, janubiy dan Jizzax viloyatining Doʻstlik, gʻarbdan Forish, Arnasoy tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 420 km². Aholisi 57,1 ming kishi (2025). Mirzachoʻl tumanida 1 shahar (Gagarin), 12 ta mahalla fuqarolari yigʻini (Bogʻbon, Ipakyoʻli, Paxtazor, Toshkent, Yangidala, Oʻzbekiston, Gulzor, Doʻstlik, Erjar, Mustaqillik, Gʻalaba, Mirzadala) mavjud. Markazi Gagarin shahri. Gagarin shahri hududi 4 ta mahalladan (Doʻstlik, Erjar, Mustaqillik, Gʻalaba) iborat.

Mirzacho‘l aholisi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mirzachoʻl tumani relyefi pastgekislikdan iborat. Iklimi keskin kontinental, quruq, qishda sovuq, yozi issiq. Oʻrtacha temperatura yanvarda —1,5°, iyulda 30°; minimal temperatura —30° (yanvarda), maksimal temperatura 42° (iyulda). Vegetatsiya davri 224 kun. Yiliga oʻrtacha 240 mm yogʻin yogʻadi. Tuprogʻi och boʻz va shoʻrxok tuproq. Yovvoyi oʻsimliklardan qoʻngʻirbosh, shuvoq, yantoq, shoʻra, rang, iloq, qiyoq, qamish, ituzum, qushqoʻnmas, shamak, yulgʻun, yovvoyi jiyda, terak, tol va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan quyon, tuvaloq, tulki, chiyaboʻri; kemiruvchilardan kalamush, yumronqoziq, dala sichqoni; sudraluvchilardan toshbaqa, ilon, kaltakesak, qushlardan choʻl burguti, yovvoyi oʻrdak bor.

Tuman xoʻjaligi, asosan, qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan. Sanoat, transport, aloqa, qurilish korxonalari faoliyat koʻrsatadi. Paxtachilik, gʻallachilik, bogʻdorchilik, chorvachilik bilan shugʻullaniladi. Tumanda kichik, xususiy korxonalar mavjud. Mirzachoʻl tumanining jami ekin maydoni 28,2 ming ga, shundan 13,8 ming ga paxta, 11 ming ga boshoqli don, 1,2 ming ga dukkakli ekinlar, 321 ga maydonga poliz ekinlari ekiladi. Dehqonfermer, jamoa, boʻrdoqichilik hamda 9 shirkat xoʻjaligi bor. Tuman hududidan magistral temir yoʻl oʻtgan. Sirdaryo — Jizzax, Qozogʻistonning Yettisoy tumani — Paxtakor, Guliston — Gagarin avtomobil yoʻllari mavjud. Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida qoramol, qoʻy va echki, parranda boqiladi.

Mirzachoʻl tumanida avtokorxona, paxta tozalash zavodi, tekstil maxsulotlari ishlab chiqarish kooperatsiyasi, texnik spirt ishlab chiqarish zavodi, ijara korxonasi, aksiyadorlik jamiyatlar, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. 17 ta davlat va 26 ta nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti (3 300 dan ortiq tarbiyalanuvchilar), 20 ta umumiy oʻrta taʼlim maktabi (9 000 dan ortiq oʻquvchi), 2 ta kasb maktablari, 1 kutubxona, 4 madaniyat va istirohat bogʻi, 7 stadion, yodgorlik monumentlari mavjud. 1 markaziy kasalxona, 3 nodavlat tibbiy muassasa, 5 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 2 feldsher-akusherlik punkti, 10 dorixona faoliyat koʻrsatmoqda.

Mirzachoʻl tumanida Gagarin sanatoriysi faoliyat yuritadi.

1968-yildan „Mirzachoʻl ovozi“ (avvalgi „Doʻstlik“) gazetasi chiqariladi.[1]

Mirzacho‘l tumani mahallalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mustaqillik MFY

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mustaqillik mahalla fuqarolar yig‘ini — Mirzacho‘l tumanidagi mahallalardan biri. Mahalla hududining umumiy yer maydoni 106 gektarni tashkil etadi. Shundan 106 gektar qismi aholi yashaydigan hudud hisoblanadi. Mahallaning asosiy ixtisoslashuvi xizmat ko‘rsatish sohasiga yo‘naltirilgan. Hududda 1289 ta xonadon mavjud bo‘lib, ularda jami 1372 ta oila istiqomat qiladi. Mahalla hududida asosan yakka tartibdagi uylar joylashgan bo‘lib, mahallada ko‘cha infratuzilmasi va xizmat ko‘rsatish obyektlari rivojlangan.


Ipak yo‘li MFY

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ipak yo‘li mahalla fuqarolar yig‘ini — Mirzacho‘l tumanidagi yirik mahallalardan biri. Mahalla hududining umumiy yer maydoni 4803,5 gektarni tashkil etadi. Shundan 157 gektar qismi aholi yashash hududi hisoblanadi. Mahallaning asosiy ixtisoslashuvi dehqonchilik va chorvachilik yo‘nalishlariga qaratilgan. Hududda 723 ta xonadon mavjud bo‘lib, ularda 871 ta oila istiqomat qiladi. Mahalla aholisi asosan qishloq xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanadi.


Yangidala mahalla fuqarolar yig‘ini Mirzacho‘l tumanining qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan mahallalaridan biridir. Mahalla hududi 8880,2 gektarni tashkil etadi. Shundan 180 gektar qismi aholi yashaydigan hudud hisoblanadi. Mahalla iqtisodiyoti asosan dehqonchilik va chorvachilikka asoslangan. Hududda 728 ta xonadon mavjud bo‘lib, ularda 817 ta oila istiqomat qiladi.


Mirzadala mahalla fuqarolar yig‘ini Mirzacho‘l tumanidagi aholi zich yashaydigan hududlardan biridir. Mahalla umumiy yer maydoni 4386,5 gektarni tashkil etadi. Shundan 200 gektar qismi aholi yashash hududi hisoblanadi. Mahalla aholisi asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Hududda 1123 ta xonadon bo‘lib, 1229 ta oila istiqomat qiladi.


Bog‘bon mahalla fuqarolar yig‘ini Mirzacho‘l tumanining qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan mahallalaridan biridir. Mahalla hududi 2033,3 gektarni tashkil etadi. Shundan 158 gektari aholi yashaydigan hududdir. Mahallaning asosiy iqtisodiy faoliyati dehqonchilik va chorvachilikdan iborat. Hududda 534 ta xonadon mavjud bo‘lib, 745 ta oila istiqomat qiladi.


Yerjar mahalla fuqarolar yig‘ini Mirzacho‘l tumanidagi xizmat ko‘rsatish sohasiga ixtisoslashgan mahallalardan biridir. Mahalla hududi 446,6 gektarni tashkil etadi. Shundan 210 gektar qismi aholi yashash hududidir. Mahallada 1002 ta xonadon mavjud bo‘lib, 1011 ta oila istiqomat qiladi.


G‘alaba MFY

[tahrir | manbasini tahrirlash]

G‘alaba mahalla fuqarolar yig‘ini Mirzacho‘l tumanidagi yirik aholi yashash hududlaridan biridir. Mahalla hududi 278 gektarni tashkil etadi. Shundan 280 gektar qismi aholi yashash hududidir. Mahallaning asosiy faoliyati xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bog‘liq. Hududda 1640 ta xonadon mavjud bo‘lib, ularda 2118 ta oila istiqomat qiladi.


Paxtazor mahalla fuqarolar yig‘ini Mirzacho‘l tumanidagi qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan mahallalardan biridir. Mahalla hududi 5314,6 gektarni tashkil etadi. Shundan 133,2 gektari aholi yashash hududidir. Mahalla aholisi asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Hududda 600 ta xonadon mavjud bo‘lib, 787 ta oila istiqomat qiladi.


O‘zbekiston mahalla fuqarolar yig‘ini Mirzacho‘l tumanidagi yirik mahallalardan biridir. Mahalla hududi 4845,9 gektarni tashkil etadi. Shundan 178,9 gektari aholi yashash hududidir. Mahallaning asosiy iqtisodiy faoliyati dehqonchilik va chorvachilik hisoblanadi. Hududda 836 ta xonadon mavjud bo‘lib, 854 ta oila istiqomat qiladi.


Do‘stlik MFY

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘ini Mirzacho‘l tumanidagi xizmat ko‘rsatish sohasiga ixtisoslashgan mahallalardan biridir. Mahalla hududi 148 gektarni tashkil etadi. Shundan 152 gektari aholi yashash hududi hisoblanadi. Mahallada 1034 ta xonadon mavjud bo‘lib, 1170 ta oila istiqomat qiladi.


Toshkent mahalla fuqarolar yig‘ini Mirzacho‘l tumanidagi qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan mahallalardan biridir. Mahalla hududi 5547,3 gektarni tashkil etadi. Shundan 268,4 gektari aholi yashaydigan hududdir. Mahalla aholisi asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Hududda 734 ta xonadon mavjud bo‘lib, 892 ta oila istiqomat qiladi.


Gulzor mahalla fuqarolar yig‘ini Mirzacho‘l tumanining chorvachilikka ixtisoslashgan mahallalaridan biridir. Mahalla hududi 5210,1 gektarni tashkil etadi. Shundan 67,7 gektari aholi yashash hududidir. Hududda 250 ta xonadon mavjud bo‘lib, 326 ta oila istiqomat qiladi.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil