JUST IN: Do%CA%BBstlik tumani - What You Need To Know

Koordinatalari: 40°31′32.5″N 68°1′52.7″E / 40.525694°N 68.031306°E / 40.525694; 68.031306
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Doʻstlik tumani
tuman
Tarkibida Jizzax viloyati
Maʼmuriy markazi Doʻstlik (shahar)
Rasmiy tillar Oʻzbek
Aholi 71 900
Dinlar tarkibi musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritada
Doʻstlik tumani xaritada
40°31′32.5″N 68°1′52.7″E / 40.525694°N 68.031306°E / 40.525694; 68.031306

Doʻstlik tumani — Jizzax viloyatidagi tuman. 1970-yil 16-oktabrda tashkil etilgan. Doʻstlik tumani viloyatning Arnasoy, Mirzachoʻl, Paxtakor, Sirdaryo viloyatining Oq oltin tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 0,45 ming km2. Aholisi 71,9 ming kishi (2026 y). Viloyat markazigacha bo‘lgan masofa 52 km. Doʻstlik tumanida 1 shahar (Doʻstlik) va 12 ta mahalla fuqarolari yigʻini (Chinobod, Alisher Navoiy, Gʻafur Gʻulom, Sanoatchilar, Bogʻzor, Bunyodkor, Manas, Mevazor, Navroʻz, Saritepa, Oltin vodiy, Qahramon) mavjud.[manba kerak] Markazi — Doʻstlik shahri.[1]

Doʻstlik tumani yer yuzasi asosan tekislikdan iborat. Iqlimi keskin kontinental. Iyulning oʻrtacha tempaturasi 40—45°, yanvarniki —2° dan —4° gacha. Vegetatsiya davri 250—260 kun.

Doʻstlik tumanini Janubiy Mirzachoʻl kanalining chap tarmoqlari kesib oʻtgan. Yillik yogʻin miqdori 400-500 millimetr. Havoning namolik darajasi qishda 70-80 foiz, yozda 25 — 30 foiz atrofida boʻladi. Tuprogʻi unumdor, boʻz tuproq. Tuproqning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari koʻrilmoqda. Yovvoyi oʻsimliklardan kovrak, yantoq, qamish va boshqalar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan chiya boʻri, tulki, ilon, toshbaqa, kaltakesak va hokazo yashaydi.

Aholisi — asosan oʻzbeklar, shuningdek, qirgʻiz, tojik, rus, qozoq, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 148 kishi. Shaharliklar 28 ming kishi, olis mahallalar aholisi 38,3 ming kishi.

Doʻstlik tumanida sanoat mahsulotlaridan tashqari paxta, gʻalla, meva-sabzavot, goʻsht, sut yetishtiriladi. Asalarichilik, issiqxona, parrandachlik ham rivojlanmoqda. Sugʻoriladigan yer maydoni 33,4 ming gektar, shundan 17,9 ming ga. yerga paxta, 13.7 ming ga. yerga gʻalla, 1.8 gektar yer maydoniga bosh turdagi ekinlar etiladi. 2025 yilda 100 tonna pilla, 128 ming tonna (o‘rtacha 81,5 sentner) g‘alla, 64 ming tonna (o‘rtacha hosildorlik 50 sentner) paxta yetishtirildi. Tumanda 414 ta fermer xoʻjaligi mavjud.

Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra, Do‘stlik tumanida 2026- yilning 1-yanvar holatiga ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 1 104 tani tashkil qilib, shundan faoliyat ko‘rsatayotganlari soni 640 tani yoki jami ro‘yxatga olingan yuridik shaxslarning 58 % ni tashkil qildi.

2026- yil 1-yanvar holatiga 459 ta tijorat shaklidagi korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, shundan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar 385 ta, xususiy korxonalar 33 ta, oilaviy korxonalar 38 ta va boshqa tijorat korxonalari 3 tani tashkil etadi.

2026- yil 1-yanvar holatiga ko‘ra ro‘yxatga olingan chet el investisiyasi kiritilgan korxonalar soni 14 tani tashkil etib, 3 tasi qo‘shma korxona, 11 tasi xorijiy korxonalar.

Tumanda Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi, 20 ta maktab, bitta Ixtisoslashtirilgan maktab, 18 ta Davlat, 29 ta nodavlat, 3 ta davlat sherikligidagi maktabgacha ta’lim muassasalari, 1 ta ilk rivojlanish markazi  mavjud.

Do‘stlik tumanidagi “Chinobod” mahallasi hududida “Yangi O‘zbekiston” massivi tashkil etilmoqda. Massivdagi qurilish ishlari reja asosida amalga oshirilib, jami 50 ta besh qavatli turar joy binosi barpo etilishi ko‘zda tutilgan. Hozirgi kunga kelib, 15 ta ko‘p qavatli turar joy foydalanishga topshirildi. Yana shuncha ko‘p qavatli uylarni qurish ishlari bosqichma-bosqich davom etmoqda.

2025 yilda Do‘stlik tumani Gʻafur Gʻulom mahallasida zamonaviy talablarga to‘liq javob beradigan, yoshlarimizning bilim olishi, ijod qilishi va sport bilan shug‘ullanishi uchun barcha sharoitlarga ega bo‘lgan “Yoshlar shaharchasi” barpo etildi.

Shaharcha tarkibida:

•  zamonaviy IT park,

•  ilm manbai bo‘lgan zamonaviy kutubxona,

•  ma’naviy barkamollik makoni — “Oila maktabi”,

•  1000 o‘rinli amfiteatr,

•  milliy iftixorimiz timsoli — “Renessanslar monumenti”,

•  ijod ahli uchun ovoz yozish studiyasi,

•  yoshlar sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish uchun yopiq va ochiq sport majmualari faoliyat ko‘rsatadi.

Shuningdek, tuman markazidagi 24/7 - kechayu-kunduz ish olib boruvchi ko‘cha va unga tutash “Mevazor” mahallasidagi Sohil bo‘yi turizm loyihalari, Gʻafur Gʻulom mahallasidagi yangi bozor savdo kompleksi qurilib foydalanishga topshirildi.

150 oʻrinli markaziy kasalxona (Tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazi faoliyat koʻrsatmoqda), qishloq vrachlik ambulatoriyasi aholiga xizmat koʻrsatmoqda. Tuman markazida Xotira maydoni barpo etilgan. „Doʻstlik“ temir yoʻl stansiyasi bor. Doʻstlik—Toshkent, Doʻstlik — Samarqand, Doʻstlik—Jizzax, Dustlik — Guliston, Doʻstlik — Arnasoy yoʻnalishlarida avtobus va taksi qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. „Doʻstlik hayoti“ tuman gazetasi 1000 nusxada muntazam chop etiladi.

Alisher Navoiy mahallasi

Alisher Navoiy mahallasi — Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida joylashgan mahallalardan biri. Mahalla hududida asosan dehqonchilik va chorvachilik rivojlangan bo‘lib, bu sohalar aholining asosiy iqtisodiy daromad manbai hisoblanadi. Mahalla hududi taxminan 144,9 gektar maydonni tashkil etadi. Mahallada 857 ta xonadon va 1138 ta oila istiqomat qiladi. Aholi asosan qishloq xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanadi.

Manas mahallasi

Manas mahallasi — Jizzax viloyati Do‘stlik tumani tarkibidagi mahallalardan biridir. Mahallada dehqonchilik va chorvachilik keng rivojlangan bo‘lib, aholi asosan qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanadi. Mahalla hududi taxminan 7620,1 gektar maydonni egallaydi. Mahallada 1279 ta xonadon va 1625 ta oila yashaydi.

Navro‘z mahallasi

Navro‘z mahallasi — Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida joylashgan mahalla fuqarolar yig‘ini. Mahalla hududida qishloq xo‘jaligi va chorvachilik asosiy iqtisodiy faoliyat hisoblanadi. Mahalla hududi 7659,5 gektar maydonni tashkil etadi. Mahallada 1209 ta xonadon va 1816 ta oila istiqomat qiladi.

Chinobod mahallasi

Chinobod mahallasi — Jizzax viloyati Do‘stlik tumanidagi mahalla. Mahallada xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish sohasi rivojlangan bo‘lib, aholi shu yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi. Mahalla hududi taxminan 81,5 gektarni tashkil etadi. Mahallada 1212 ta xonadon va 1384 ta oila yashaydi.

Qahramon mahallasi

Qahramon mahallasi — Jizzax viloyati Do‘stlik tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan biri. Mahalla aholisi asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Mahalla hududi 7950,8 gektar maydonni egallaydi. Mahallada 1211 ta xonadon va 1831 ta oila istiqomat qiladi.

Oltin vodiy mahallasi

Oltin vodiy mahallasi — Jizzax viloyati Do‘stlik tumani hududida joylashgan mahalla. Mahallada qishloq xo‘jaligi asosiy iqtisodiy faoliyat hisoblanadi. Mahalla hududi 6232,6 gektarni tashkil etadi. Mahallada 835 ta xonadon va 1072 ta oila yashaydi.

G‘ofur G‘ulom mahallasi

G‘ofur G‘ulom mahallasi — Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida joylashgan mahalla fuqarolar yig‘ini. Mahalla aholisi asosan xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat olib boradi. Mahalla hududi 112,5 gektar maydonni egallaydi. Mahallada 1123 ta xonadon va 1398 ta oila istiqomat qiladi.

Saritepa mahallasi

Saritepa mahallasi — Jizzax viloyati Do‘stlik tumani tarkibidagi mahalla. Mahalla aholisi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hamda chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Mahalla hududi 5771,5 gektarni tashkil etadi. Mahallada 832 ta xonadon va 1140 ta oila yashaydi.

Bunyodkor mahallasi

Bunyodkor mahallasi — Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida joylashgan mahallalardan biri. Mahalla iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va chorvachilik muhim o‘rin tutadi. Mahalla hududi 5615,9 gektar maydonni egallaydi. Mahallada 688 ta xonadon va 1098 ta oila istiqomat qiladi.

Mevazor mahallasi

Mevazor mahallasi — Jizzax viloyati Do‘stlik tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘ini. Mahalla aholisi chorvachilik va qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Mahalla hududi 1660,2 gektarni tashkil etadi. Mahallada 782 ta xonadon va 1191 ta oila yashaydi.

Sanoatchilar mahallasi

Sanoatchilar mahallasi — Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida joylashgan mahalla. Mahallada sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlangan. Mahalla hududi 319,5 gektar maydonni egallaydi. Mahallada 674 ta xonadon va 1020 ta oila istiqomat qiladi.

Bog‘zor mahallasi

Bog‘zor mahallasi — Jizzax viloyati Do‘stlik tumani hududidagi mahallalardan biri. Mahalla aholisi asosan chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. Mahalla hududi 1944,4 gektarni tashkil etadi. Mahallada 834 ta xonadon va 1002 ta oila yashaydi.


YANGI INSHOOTLAR

1) 24/7 xizmat ko‘rsatish ko‘chasi loyihasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashkil qilingan Chinobod MFYdagi 1,8 km masofada 24/7 xizmat ko‘rsatish ko‘chasida jami 200 tadan ortiq sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik subyektlari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda (25 ta yirik va 175 tasi kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlari).[2]

Ularda 1 000 nafardan ortiq ish o‘rinlari yaratilgan va ishlab kelmoqda. Shundan ushbu 24/7 ko‘cha tashkil qilinishi natijasida 85 ta, qariyb 50 mlrd so‘mlik yangi tadbirkorlik subyektlari o‘z faoliyatini boshlab, ularda 500 tadan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.

2) Sohil bo‘yi dam olish maskani loyihasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mevazor MFYdan oqib o‘tuvchi 6 m³li R-12 kanalining 2,5 km qismida sohil bo‘yi dam olish maskani tashkil qilinishi natijasida 50 tadan ortiq yangi xizmat ko‘rsatish sohasida qiymati 5 mlrd so‘mlik tadbirkorlik subyektlari tashkil qilinib, ularda 200 tadan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.[3]

Ushbu drayver loyihalar amalga oshirilishi natijasida kunlik 5 000 nafardan ortiq qamrov yaratilib, fuqarolarga xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.

  1. "Doʻstlik tumani" OʻzME. D-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „https://t.me/dustliktumanihokimligi/68362“ (2026.03.25). Qaraldi: 2026.03.25 holatiga ko'ra.
  3. „https://t.me/dustliktumanihokimligi/70920“ (2026.19.01). 2026.03.25da asl nusxadan arxivlangan.