TECH NEWS: Kerbog%CA%BBa | Tech News Today
Qivom ud-Davla Kerbogʻa (turkcha: Kürboğa), shuningdek Kerbogʻa yoki Karbugʻo, Birinchi salib yurishi davrida Mosulning turkman atabegi boʻlgan va mohir sarkarda sifatida shuhrat qozongan[1][2].

Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kerbogʻa saljuqiy turk boʻlib, oʻz muvaffaqiyatlarini harbiy isteʼdodi bilan qoʻlga kiritgan[3]. Malikshohning rafiqasi Terken Xotun va Bagʻdodda taxtga oʻtqazilgan toʻrt yoshli oʻgʻli Mahmudni qoʻllab-quvvatlagan[4]. Kerbogʻa qoʻshin bilan Isfahonni nazorat ostiga olish va Barqiyoruqni hibsga olish uchun yuborilgan[5]. Biroq, 1093-yil yanvarida Isfahonda Mahmud tarafdorlari Barqiyoruq qoʻshinlari tomonidan magʻlub etilgan[6]. Bir oy oʻtib, Kerbogʻa saljuqiy shahzoda Ismoil ibn Yoqutiy bilan birga Barqiyoruqqa qarshi jang qilgan, ammo Barqiyoruq yana gʻalaba qozongan. Keyinchalik Kerbogʻa Barqiyoruq tomoniga oʻtgan va 1094-yilda Suriyada oʻzini sulton deb eʼlon qilgan Tutushga qarshi kurashish uchun yuborilgan. Biroq ukasi Altuntosh bilan birga avval Halab, keyin esa Homsda qamoqqa olingan. Tutush vafotidan soʻng Kerbogʻa Faxr ul-Mulk Ridvon tomonidan ozod etilgan.
1095-yilda Abbosiy xalifa Al-Mustazhir xizmatida boʻlib, Halabni qayta egallashga qaratilgan harbiy yurishda qatnashgan. 1096-yilda esa Harron, Nisibis va Mosul shaharlarini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlib, bu orqali Uqayliylar sulolasi hukmronligiga barham bergan.
Birinchi salib yurishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1098-yilda salibchilar Antioxiyani qamal qilgani haqidagi xabarni eshitgach, qoʻshin toʻplab shaharni ozod etish uchun yurishga chiqdi. 31-mart kuni Mosuldan yoʻlga chiqqan[7]. Yoʻl-yoʻlakay Baldvin I yaqinda bosib olgan Edessani qayta egallashga uringan. Chunki Antioxiyaga yoʻl olar ekan, orqasida frank garnizonlari qolishini istamagan[8][9]. Shaharni uch hafta natijasiz qamal qilgach, Antioxiyaga yoʻl olishga qaror qilgan. Taxminan 7-iyun atrofida Antioxiyaga yetib kelganida, salibchilar allaqachon qamalda gʻalaba qozonib, 3-iyundan beri shaharni egallab turgan edi. Shundan soʻng Kerbogʻa Antioxiyani qamal qilishni boshlagan.
27-iyun kuni salibchilar Piter Zohidni Kerbogʻa huzuriga elchi sifatida yuborib, tomonlar oʻrtasidagi barcha kelishmovchiliklarni yakkama-yakka duel orqali hal etishni taklif qildilar. Biroq, oʻz mavqeini mustahkam deb hisoblagan Kerbogʻa bu yoʻlni oʻz manfaatlariga mos deb bilmagan va taklifni rad etgan[10].
Shu paytda shahar ichida Peter Bartolomey vahiy orqali Muqaddas nayzani topganini daʼvo qildi. Bu topilma nasroniy qoʻshiniga yangi ruh va kuch bagʻishladi. Ayni vaqtda esa atabek qoʻshini ichida kelishmovchiliklar va oʻzaro nizolar avj oldi. Kerbogʻaning qudratli qoʻshini aslida yarim koʻchmanchi turkmanlardan iborat boʻlib, ularga Mosul, Jazira, Falastin va Damashqdan kelgan muntazam qoʻshinlar hamda lashkarlar qoʻshilgan edi[11]. Biroq, amirlar oʻrtasidagi ichki nizolar franklarga qarshi har qanday birlikdan ustun keldi[12]. Ittifoqchilarni birlashtirgan yagona omil Kerbogʻaning asl maqsadi, yaʼni salibchilarning barcha yerlarini bosib olish rejasidan qoʻrquv edi. Agar Antioxiya uning qoʻliga oʻtsa, yengilmas kuchga aylangan boʻlardi[13].
28-iyun kuni nasroniy qoʻshini yetakchisi Bohemond hujum qilishga qaror qilganida, amirlar hal qiluvchi pallada Kerbogʻani tashlab ketib, uni kamsitishga ahd qildilar[12]. Kerbogʻa nasroniy qoʻshinining tartibli tuzilishi va intizomidan hayratda qoldi. Yuksak ruh bilan birlashgan nasroniy qoʻshini aslida shunchalik katta ediki, Kerbogʻaning oʻz kuchlarini boʻlib joylashtirishga asoslangan strategiyasi samara bermadi[14]. Salibchilar tezda gʻalaba qozondilar. Kerbogʻa chekinishga majbur bo‘ldi va oxir-oqibat Mosulga qaytib ketdi.
Hayotining soʻnggi davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Edessa va Antioxiya shaharlaridan tashqarida magʻlubiyatga uchraganiga qaramay, Kerbogʻaning Mosuldagi mavqei umrining oxirigacha jiddiy shubha ostiga olinmadi. Oʻz vaqtini Zangiylar sulolasiga asos solgan Imodiddin Zangiyni tarbiyalashga bagʻishladi. Kerbogʻa 1102-yilda vafot etgach, Mosul bir muddat saljuqiy vassallar tomonidan boshqarildi. Biroq, 1127-yilda aynan Imodiddin Zangiy Mosulda hokimiyatni qoʻlga oldi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Taefl El-Azhari (2006). In The Crusades – An Encyclopedia. 704–705-betlar.
- ↑ Runciman, Steven. A History of the Crusades. Cambridge University Press, 1987. 215-bet.
- ↑ Bradbury, Jim. The Routledge Companion to Medieval Warfare. Routledge, 2004. 55-bet.
- ↑ Bosworth 1968, s. 103.
- ↑ Peacock 2015, s. 76.
- ↑ Bosworth 1997, ss. 12–13.
- ↑ Brosset, Thomas (2024-04-24). "The First Crusade and the Failure of Kerbogha's Campaign from Mosul to Antioch (March–June 1098): A Re-evaluation" (en). Al-Masāq 36 (3): 281–303. doi:10.1080/09503110.2024.2342205. ISSN 0950-3110.
- ↑ Runciman, Steven. A History of the Crusades I: The First Crusade. Penguin Classics, 1951–52 — 191-bet. ISBN 978-0-141-98550-3.
- ↑ Brosset, Thomas (2024-04-24). "The First Crusade and the Failure of Kerbogha's Campaign from Mosul to Antioch (March–June 1098): A Re-evaluation" (en). Al-Masāq 36 (3): 10–11. doi:10.1080/09503110.2024.2342205. ISSN 0950-3110.
- ↑ Brosset, Thomas (2024-04-24). "The First Crusade and the Failure of Kerbogha's Campaign from Mosul to Antioch (March–June 1098): A Re-evaluation" (en). Al-Masāq 36 (3): 18–19. doi:10.1080/09503110.2024.2342205. ISSN 0950-3110.
- ↑ Brosset, Thomas (2024-04-24). "The First Crusade and the Failure of Kerbogha's Campaign from Mosul to Antioch (March–June 1098): A Re-evaluation" (en). Al-Masāq 36 (3): 13–14. doi:10.1080/09503110.2024.2342205. ISSN 0950-3110.
- ↑ 12,0 12,1 Brosset, Thomas (2024-04-24). "The First Crusade and the Failure of Kerbogha's Campaign from Mosul to Antioch (March–June 1098): A Re-evaluation" (en). Al-Masāq 36 (3): 281–303. doi:10.1080/09503110.2024.2342205. ISSN 0950-3110.
- ↑ Jones, Terry., Ereira, Alan. „Crusades“. Penguin Books, 1996. p. 43
- ↑ Gesta Francorum: The Defeat of Kerbogha, Medieval Sourcebook’da onlayn parcha, [[1](http://www.fordham.edu/halsall/source/gesta-cde.html)], 2008-yil noyabrda murojaat qilingan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bosworth, C. E. „The Political and Dynastic History of the Iranian World (A.D. 1000–1217)“, . The Cambridge History of Iran, Volume 5: The Saljuq and Mongol periods. Cambridge: Cambridge University Press, 1968 — 1–202-bet. ISBN 0-521-06936-X.
- Bosworth, C. E. (1997). "Ebn Dārost, Tāj al-Molk Abu'l-Ḡanā'em Marzbān". Encyclopaedia Iranica, Vol. VIII, Fasc. 1. 12–13 b. http://www.iranicaonline.org/articles/ebn-darost-taj-al-molk.
- Thomas Brosset, „The First Crusade and the Failure of Kerboghaʼs Campaign from Mosul to Antioch (March–June 1098): A Re-evaluation“, Al-Masāq, 24 Avril 2024, p. 1-23. https://doi.org/10.1080/09503110.2024.2342205.
- Peacock, A. C. S.. The Great Seljuk Empire. Edinburgh University Press, 2015 — 1–378-bet. ISBN 9780748638260.