EXCLUSIVE: Mosul - Full Coverage
Mosul, al-Mavsil (arabcha: الموصل) – Iroqning shimoliy qismidagi shahar. Dajla daryosi boʻyida. Naynova muhofazasining maʼmuriy markazi. Aholisi 670 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Gʻalla, meva, chorva mollari bilan savdo qilinadigan muhim markaz. Transport yoʻllari tuguni. Toʻqimachilik (muslin gazlamasi ishlab chiqarish), oziq-ovqat, koʻn-poyabzal, metallsozlik, sement sanoati korxonalari mavjud. Universitet, tarix va boshqa muzeylar bor. Mosul yaqinidan oltingugurt va neft qazib olinadi.
Mosul 6-asrda vujudga kelgan. 641-yil uni arablar egallagan. Umaviylar va Abbosiylar davrida Sharqning savdo hamda hunarmandchilik markazi boʻlgan. 10—12-asrlarda turli davlatlar poytaxti. 1095—96-yillar Mosulni Saljuqiylar egallagan. 1261-yilda moʻgʻullar hujumiga uchragan. 14-asrning 2-yarmidan Temuriylar, 1514—1918-yillar Usmonli turk saltanati tarkibida boʻlgan. 1920-yildan Iroq tarkibida.
Mosulda al-Jomiʼ al-kabir madrasasi (minorasi bilan) (1170—72), al-Izziya madrasasi (12-asr), Qorasaroy qalʼasi harobalari (13-asr) va boshqa, shahar yaqinida Nabi Yunus maqbara-masjidi (10-asr) bor[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Iroq geografiyasiga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |