LEAKED: Diyor Rabi%CA%BCa | Tech Insider

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Diyor Rabi’a (arabcha: دِيَارُ رَبِيعَةَ‎) - Jazira (Yuqori Mesopotamiya) tarkibidagi uchta viloyatdan eng sharqdagisi va eng yirigining oʻrta asrlardagi arabcha nomi. Qolgan ikki viloyat Diyor Bakr va Diyor Mudar deb atalgan. Oʻrta asr geografi al-Balozuriyning maʼlumotlariga koʻra, bu uchala viloyat VII asrdagi musulmon istilolari davomida xalifa Muoviya I joylashtirgan asosiy arab qabilalarining nomlari bilan atalgan. Diyor Rabiʼada Rabiʼa qabilasi joylashgan.

Diyor Rabi’a Xobur daryosining yuqori oqimi va irmoqlarini, yaʼni Tur Abdin va Bet-Arabaye hududlarini, shuningdek, Dajla daryosining ikkala qirgʻogʻini oʻz ichiga oladi. Bu hudud shimolda Jazirat ibn Umar atrofidan boshlanib, janubda Tikrit yaqinidagi Iroq chegarasigacha choʻziladi va Yuqori Zab hamda Quyi Zab daryolarining quyi oqimlarini ham qamrab oladi. Viloyatning bosh shahri Mosul (arabcha al-Mavsil) boʻlib, Balad, Jazirat ibn Umar, as-Sinn, Barqa’id, Sinjar, Nisibis, Mardin va Ras al-Ayn kabi boshqa muhim shaharlari ham mavjud edi. Michael Moronyning taʼkidlashicha, Nisibis shahri Sosoniylar davridan to Abbosiylar davrigacha mintaqaning maʼmuriy markazi boʻlgan. Biroq bu fikrni faqatgina Abbosiylar davriga oid maʼlumotlar asosida tasdiqlash mumkin[1].

690-yillarda bu hudud Jazira viloyati tarkibiga kiritildi. Viloyat nazorati Muhammad ibn Marvonga topshirildi[1]. Abbosiylar davrida mintaqaga tez-tez qarmatlar bosqinlari uyushtirildi. X asr oʻrtalarida mintaqa mahalliy Hamdoniylar sulolasi nazoratiga oʻtdi. Hamdoniylar amirligini 980-yilda Buvayhiylar tugatgach, viloyat Uqayliylar boshqaruvi ostiga oʻtdi. Yangi sulola bu hududni XI asr oxirida Saljuqiylar bosqini sodir boʻlgunga qadar nazorat qilib keldi.

  1. 1,0 1,1 Brunner 2021, s. 70.