VIRAL: Bobruysk - Everything We Know
Bobruysk belaruscha: Бабруйск | |
|---|---|
| 53°9′0″N 29°14′0″E / 53.15000°N 29.23333°E | |
| Mamlakat | Belarus |
| Viloyat | Mogilyov viloyati |
| Ilk eslatilishi | 1387 |
| Maydon | 964 km2 (372 kv mi) |
| Rasmiy til(lar)i | belarus tili va rus tili |
| Aholisi (2023) | 208 611 |
| Zichligi | 2175 kishi/km2 |
| Vaqt mintaqasi | UTC+3 |
| Telefon kodi | +375 225 |
| Pochta indeks(lar)i | 213801—213830 |
|
| |
Bobruysk (belaruscha: Бабру́йск) — Belarusning Mogilyov viloyatidagi shahar (1795-yildan). Berezina daryosi boʻyidagi pristan. Bobruysk stansiyasi (Berezina). Aholisi 223 mingkishidan ziyod (1999). Yogʻochsozlik sanoati markazi. Mashinasozlik, neft kimyosi va kimyo ("Bobruyskshina" ishlab chiqarish birlashmasi va boshqalar), oziq-ovqat, yengil, qurilish materiallari sanoati korxonalari ishlab turibdi. 3 teatr, oʻlkashunoslik muzeyi mavjud. 14-asrdan maʼlum; 1649-yildan Polsha, 1793-yildan Rossiya imperiyasi tarkibida boʻldi. Balneobalchiq kurorti mavjud.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |