TRENDING: Berezina - Complete Analysis
| Berezina | |
|---|---|
| belaruscha: Бярэ́зіна | |
| Tavsif | |
| Uzunligi | 613 |
| Suv sarfi | 145 m³/s |
| Joylashuvi | |
| Davlat | Belarus |
| Berezina | |
Berezina (belaruscha: Бярэ́зіна) — Belarusdagi daryo, Dneprning oʻng irmogʻi. Uzunligi 613 km, havzasining maydoni 24,5 ming km². Berezina suv sistemasiga kiradi (Dnepr va Daugava havzalarini birlashtiradi). Oʻrtacha suv sarfi 145 m’Gʻsek. 505 km masofada kema qatnaydi. Sohilida Borisov, Bobruysk shaharlari joylashgan. 1812-yil noyabrda Napoleon I ning armiyasi Berezinani kechib oʻtgan. Berezina sohillarida 1920 i., 1941-yil va 1944-yillarda qattiq janglar boʻlgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |