REVEALED: Azamat Abduraimov | Tech Insider

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Azamat Abduraimov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Azamat Birodarovich Abduraimov
Tavallud sanasi 27-aprel 1966-yil (1966-04-27) (59 yosh)
Tavallud joyi Toshkent SSSR
Boʻyi 171 cm (5 ft 7 12 in)
Ampluasi Hujumchi
Mukofotlari Technology news and reviews image
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Sovet Ittifoqi MFM
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1983—1984 Sovet Ittifoqi MFM 28 (1)
1984 Sovet Ittifoqi Spartak (Moskva) 0 (0)
1985 Sovet Ittifoqi SKA (Rostov na donu) 0 (0)
1986 Sovet Ittifoqi CSKA 2 15 (1)
1987—1990 Sovet Ittifoqi Paxtakor 124 (25)
1990 Sovet Ittifoqi Spartak (Moskva) 3 (0)
1991 Sovet Ittifoqi Pomir 25 (4)
1992 Bangladesh Mohammedan 11 (17)
1992 Oʻzbekiston Navbahor 8 (4)
1993 Oʻzbekiston MHSK (Toshkent) 17 (10)
1994 Malayziya Pshsng 28 (14)
1995 Oʻzbekiston Navbahor 4 (1)
1995 Oʻzbekiston Politotdel 11 (2)
1995—1996 Saudiya Arabistoni Al-Vahda 20 (10)
1996—1999 Oʻzbekiston Paxtakor 91 (37)
1999—2000 Hindiston Salgaokar
2000 Oʻzbekiston Paxtakor 22 (5)
2001 Oʻzbekiston Doʻstlik 33 (13)
2002—2003 Oʻzbekiston NBU-Osiyo
Milliy terma jamoa
1992—1997 Oʻzbekiston Oʻzbekiston 21 (11)
Boshqargan klublari
2002—2003 Oʻzbekiston NBU-Osiyo
2003—2005 Oʻzbekiston Oʻzbekiston (mini futbol)
2005 Oʻzbekiston Ardus
2008 Oʻzbekiston Bunyodkor
2009—2010 Oʻzbekiston Dinamo (Samarqand)
2012 Oʻzbekiston Oʻzbekiston U23
2012—2014 Oʻzbekiston Andijon
2018—2020 Oʻzbekiston Oʻzbekiston U16
2021 Oʻzbekiston Yangiyer
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Azamat Birodarovich Abduraimov 1966-yil 27-aprelda Toshkentda dunyoga kelgan – sovet va oʻzbek futbolchisi, hujumchi, futbol murabbiysi. 1992-1997-yillarda Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan. Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida 1994-yilda Osiyo oʻyinlari chempioni boʻlgan. Otasi – Birodar Abduraimov oʻzbek-sovet futbolchisi, sport ustasi. Ukalari Jasur va Bahodir ham professional futbolchi boʻlishgan.

Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. 2006-yilda Rossiya Oliy murabbiylar maktabi bitiruvchisi edi.

Azamat Abduraimov 1966-yil 27-aprelda zilzila boʻlgan kuni Toshkentda tugʻilgan. 1969-yilda otasi Vsevolod Bobrovning taklifiga binoan MHSK (Markaziy harbiy sport klubi) ga koʻchib oʻtadi va Azamatning bolalik davri Moskvada oʻtadi[1]. Bolaligida u xokkey va futbol bilan faol shugʻullangan, ammo keyinchalik u futbolni tanladi.

Yoshlar futbol maktabi (YOFM) tarbiyalanuvchisi. Ushbu jamoada u katta futboldagi oʻyinlarini boshlaydi.

1984-yilda u bir muncha vaqt Moskva „Spartak“ dubl oʻtkazdi, shundan soʻng u HSK (Harbiy sport klubi) Rostov-na-Donga „harbiy xizmat“ ga yuborildi (9 oʻyin natijasi dubl bilan). Keyinchalik MHSK-2 tranzit orqali „Paxtakor“ga yozildi. Oʻshanda Birodar Abduraimov klubga rahbarlik qilgan va oʻgʻlini Toshkentga chaqirib olgan.

Toshkent klubida 4 yil ishlagan. 1990-yil boshida u "Spartak" ga qoʻshilish taklifini oldi, ammo rad etdi. Shunga qaramay, yil oʻrtalarida u „Spartak“ga oʻtdi, chunki „Paxtakor“ning yangi bosh murabbiyi Fedor Novikov bilan munosabatlar yaxshi chiqmadi.

U Toshkent klubida 4 yil ishlagan. 1990-yil boshida u „Spartak“dan taklif tushganda uni rad etadi. Ammo „Paxtakor“ning yangi bosh murabbiyi Fedor Novikov bilan munosabatlar yaxshi boʻlmagani uchun yilning oʻrtalarida Azamat yana „Spartak“ka oʻtadi.

1992-yilda tez fursatda u boshqa sobiq „Spartak“ oʻyinchilari – Sergey Novikov va Boris Kuznesovlar bilan birga Bangladeshning „Muhammedan“ (Dakka) klubida oʻynadi. Bangladeshda u 17 ta gol bilan chempionatning eng yaxshi toʻpurari boʻldi, ketma-ket uchta oʻyinda 10 ta gol urdi (ikkita xet-trik va poker)[2].

Azamat mavsum oʻrtalarida esa Oʻzbekistonga qaytib, „Navbahor“ va MHSK (Toshkent) klublarida oʻynadi. 1994-yilda u Pahang[3] bilan bir yillik shartnoma imzoladi.[4]

Abduraimov 1995-yilda bir muddat Oʻzbekiston oliy ligasida toʻp surgan, shundan soʻng Saudiya Arabistonining „Al-Vahda“ klubi taklifini qabul qilgan. 1996-yilda „Paxtakor“ga qaytib, u yerda sportdagi faoliyatini davom ettirdi.

2000-yilda u Hindistonning „Salgaokar“[5] jamoasida qisqa muddat boʻlib, qaytib kelgach esa yana „Paxtakor“ safiga qoʻshildi. Katta futboldagi soʻnggi klublar „Doʻstlik“ va „NBU-Osiyo“ edi. Oxirgi klubda bir vaqtda murabbiy sifatida ham ishlagan.

Oʻzbekiston terma jamoasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida 21 ta oʻyin oʻtkazib, 11 ta gol urgan. U 1994-yil Osiyo oʻyinlari chempioni. OOʻ-94 yarim finalida Janubiy Koreya terma jamoasiga gol urgan. Osiyo Oʻyinlari-94 finalida Xitoy jamoasiga qarshi ham toʻp urgan[6].

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchi sifatidagi faoliyatini „Ardus“ mini-futbol klubida yakunlagan, u yerda ham bosh murabbiy boʻlgan. 2003-yildan buyon mini-futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasini boshqarib kelmoqda. 2005-yilda u ikkala lavozimni ham tark etdi.

2004-yilda Oliy murabbiylik maktabiga oʻqishga kirib, uni 2006-yilda tamomlagan. U Leverkuzen „Bayer“da futboldagi malakasini oshirgan[1]. 2005-yildan buyon Azamat Rossiya futbol ittifoqi qoshida tashkil etilgan „Katta futbol“ jamgʻarmasi bosh direktori lavozimida ishlagan[7]. U futbol federasiyasining Moskvadagi maxsus vakili boʻlgan.

2008-yil (oktyabr oyidan) „Bunyodkor“ bosh direktori[8]. 2009—2010-yillarda „Dinamo“ (Samarqand) klubi bosh murabbiyi boʻlgan.

Oʻzbekiston terma jamoasidagi murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilda 23 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasiga murabbiylik qilgan[9]]. 2012-yilning ikkinchi yarmidan boshlab „Andijon“ klubi bosh murabbiyi]. 2014-yil oxirida u futboldagi faoliyatini tugatib, isteʼfoga chiqdi[10].

2018-yil martidan 2020-yilning fevraligacha futbol boʻyicha Oʻzbekiston 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasini boshqargan. Uning murabbiyligida jamoa 2020-yilgi Osiyo chempionatiga yoʻllanma oldi va 2020-yil 16-sentyabrdan 3-oktyabrgacha Bahraynda boʻlib oʻtishi kerak boʻlgan turnirga tayyorgarlik koʻrayotgan edi[11]. Biroq COVID-19 pandemiyasi tufayli 2021-yilga qoldirildi.

Oʻyinchi sifatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Paxtakor
  • 1988-1989-yillarda SSSR Birinchi liga kubogi sovrindori; 
  • 1997-yil – Oʻzbekiston kubogi sohibi; 
  • 1998-yil – Oʻzbekiston chempioni.
Muhammedan
  • 1992-yil – Bangladesh chempionatining kumush medali sovrindori: 
  • 1992-yil — 17 ta gol bilan Bangladesh chempionatining eng yaxshi toʻpurari:
Navbahor
Pahang
  • 1994-yil – Malayziya chempioni
Al-Vahda
  • 1996-yil – Saudiya Arabistoni Futbol Birinchi Ligasi chempioni; Oʻzbekiston terma jamoasi

Murabbiy sifatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]
„Ardus“
  • 2005-yil – Mini-futbol boʻyicha Oʻzbekiston chempioni

Davlat mukofotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rafiqasining ismi Umida va Aliya qizi[13].

  1. 1,0 1,1 „Немецкие «каникулы» Азамата Абдураимова“ (ru). 2012-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-fevral.
  2. Дмитрий Туманов. „Как я с Абдураимовыми плов ел“ (ru). Советский спорт (2008-yil 8-dekabr). 2014-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-fevral.
  3. „Raimov Pahang’s pick“. news.google.com. 2021-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-oktyabr.
  4. „Мозийга қайтиб... Азамат Абдураимовнинг бешинчи уриниши“. 2023-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-may.
  5. „Season ending transfers 1999“ (de). www.indianfootball.de. 2020-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-iyul.
  6. „Asian Games 1994 (Hiroshima, Japan)“ (en). www.rsssf.com. 2008-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-fevral.
  7. „А. Абдураимов возглавил фонд «Отечественный футбол»“ (ru). KM.RU Новости. 2020-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-fevral.
  8. „Абдураимов назначен спортивным директором «Бунёдкора»“ (ru). Газета.uz (2008-yil 29-oktyabr). 2020-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-fevral.
  9. „Алексей Евстафеев возглавил молодёжную сборную Узбекистана“ (ru). UzDaily.uz. 2020-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-fevral.
  10. „Азамат Абдураимов: «Было изначально понятно, что Пищур не великий»“ (ru). UA.Tribuna.com. 2020-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-fevral.
  11. „«Главный тренер юношеской футбольной сборной подал в отставку»“. 2020-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-dekabr.
  12. „О награждении группы спортсменов и тренеров республики“ (ru). 2017-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-iyul.
  13. „Former Pahang striker turns to futsal“. 2014-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-iyul.
  • Vladimir Safarov : „Oʻzbek futboli afsonasi“. – Toshkent. – 2009. – 111-bet.
  • Viktor Xoxluk : "Bizning futbol afsonalari. Sobiq SSSRning xorijdagi futbol janglarida gol mualliflari. – Moskva. – 2018-yil – 13-bet. - ISBN 978-5-604-10716-4.