VIRAL: Vladimir Safarov | Tech News Today
| Vladimir Ashotovich Safarov | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
17-yanvar 1939-yil |
| Vafoti |
14-iyul 2021-yil (82 yoshda) Toshkent |
| Kasbi | jazchisi, jurnalist, yozuvchi |
| Faoliyat yillari | 1983-2021 |
Vladimir Ashotovich Safarov (1939-yil, 17-yanvar, Toshkent – 2021-yil, 14-iyul) – sovet va oʻzbek jazchisi, jurnalist, yozuvchi hamda postsovet mamlakatlari futbol tarixi va statistikasiga oid koʻplab kitoblar yozgan muallif. Vladimir Oʻzbekiston arman madaniyat markazi aʼzosi, Toshkent jaz klubi prezidenti boʻlgan[1].
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vladimir Safarov togʻli Qorabogʻ armanlaridan. Uning bobosi Aleksandr Bogdanovich Zaxaryan Toshkentga koʻchib oʻtgan va umrining qolgan qismini Oʻzbekistonda oʻtkazgan. Bu vaqt ichida uning bolalari tugʻiladi va Vladimir Safarov uning ikkinchi avlodi vakili. Uning akalari Gennadiy va Vyacheslavlar taniqli jaz ijrochilaridir.
Vladimir Safarovning oʻzi ham jazni yaxshi koʻrardi va Oʻzbekistonda mashhur boʻlgan Artsax guruhining hammuallifi edi. Aka-uka Safarovlar tomonidan yaratilgan „Artsax“ guruhi Oʻzbekiston arman madaniyati markazi nomidan xalqaro jaz festivallarida ishtirok etishgan.
Vladimir Safarov 1956-yildan buyon „Paxtakor“ futbol klubining muxlisi va tarixchisi. Safarov „Paxtakor“ tarixidan tashqari Oʻzbekiston-postsovet mamlakatlari futboli tarixi va statistikasini ham mukammal oʻrgangan. U Oʻzbekiston va sobiq SSSR mamlakatlari futboli tarixi, mashhur futbolchilar va futbol klublari haqidagi oʻttizga yaqin kitoblar muallifi. Oʻzbekiston gazetalarida futbol mavzulariga bagʻishlangan maqolalar chop etib bordi. Umuman olganda, Safarov turli mamlakatlardagi turli nashrlarda chop etilgan uch mingga yaqin maqolalar muallifi sanaladi.
1992-yil mart oyida Gennadiy Krasniskiy toʻpurarlar klubini tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi. Keyin esa respublika matbuoti sahifalarida futbol jamoatchiligiga Oʻzbekistonning eng yaxshi toʻpurarlari reytingini tuzish taklifi bilan chiqdi[2].
Vladimir jurnalistika sohasida koʻpgina hamkasblar bilan hamkorlik qilgan. U Oʻzbekiston futboliga oid toʻplagan statistik maʼlumotlarni Rossiyaning „Rossiya futbolining 100 yilligi“ va „Ayollar futboli ensiklopediyalari“ni, „Futbol sayyorasi“ kitobini, shuningdek, Estoniyaning „Mustaqil mamlakatlar futboli“, Ukraina-Rossiya „Statistika toʻplami“ kitobini nashr ettirgan.
2000-yilda Oʻzbekiston futbol federatsiyasi tomonidan yilning eng yaxshi jurnalisti sifatida eʼtirof etilgan.
2019-yilda Vladimir Ashotovich tavalludining 80 yilligi munosabati bilan oʻzbek jazchilari va sport jurnalistlari ijodiga bagʻishlangan biografik film yaratdi[3][4].
Vladimir Safarov 2021-yil 14-iyulda Toshkent shahrida vafot etgan[5][6].
Yutuqlar va mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vladimir Safarovning kitoblar roʻyxati:
[tahrir | manbasini tahrirlash]- «Футбол-83» (1983)
- «Футбол-86» (1986)
- «Футбол. 50 чемпионат СССР» (1989)
- «Футбол-88» (1988)
- «Футбол-89» (1989)
- «Пахтакор. Матчи которые не забыть…» (1990)
- «Пахтакор снова в высшей!» (1991)
- «Футбол 1991. Среднеазиатская зона» (1991)
- «Пахтакор. Матч длиною в 40 лет» (1995)
- «Геннадий Красницкий: Жизнь в футболе. Талант особого рода» (2000)
- «Футбол братьев Ан» (2002)
- «Крылья памяти. Документальная хроника авиакатастрофы „Пахтакора“-79» (2004)
- «Сборник воспоминаний очевидцев и участников событий. „Пахтакор“-79» (2004)
- «Пахтакор: Летопись полувека» (2006)
- «Феномен Юрия Саркисяна: Жизнь в футболе» (2007)
- «Легенда узбекского футбола: Берадор Абдураимов» (2009), (переиздана в 2019)
- «Всё о джазе» (2010)
- «Хамид Рахматуллаев — узбекский Пеле» (2011)
- «Нашему „Пахтакору“ 55 лет» (2012)
- «Бохадыр Ибрагимов: С футболом по жизни» (2013)
- «Игрок чрезвычайно полезный» (2013)
- «Игорь Шквырин. Одиссея форварда» (2014)
- «Мяч под узбекским солнцем» (2014)
- «Футбол братьев Ан. Хроника. События. Судьбы» (2014)
- «Энциклопедия футбола Узбекистана 1912—2012» (2014)
- «Рахим Муминов. С футболом по жизни» (2015)
- «Фуркат Эсанбаев: Человек-гол!» (2015)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Pamyati Vladimira Safarova: „S futbolom i djazom po jizni…“ Kultura.uz
- ↑ Vladimir Safarov: „Nujen bombardiram noviy klub!“ // ejenedelnik „Sport“ – Ташкент – 1992 – № 12 (5871)
- ↑ „Vladimir Safarov. Jizn, otmerennaya kilometrami, akkordami, golami“. Chast 1
- ↑ „Vladimir Safarov. Jizn, otmerennaya kilometrami, akkordami, golami“. Chast 2
- ↑ „Umer Vladimir Safarov“
- ↑ „Vladimir Safarov vafot etdi“ (2021-yil 14-iyul).
- ↑ Ushel iz jizni Vladimir Safarov Sports.uz
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Vladimir Safarov tomonidan kitoblar roʻyxati (Wayback Machine saytida 2020-02-09 sanasida arxivlangan)
- Vladimir Safarovning tarjimai holi va kitoblar roʻyxati
- 17-yanvarda tugʻilganlar
- 1939-yilda tugʻilganlar
- Ashxobodda tugʻilganlar
- 14-iyulda vafot etganlar
- 2021-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Toshkentda dafn etilganlar
- Sovet tarixchilari
- SSSR jurnalistlari
- Sovet yozuvchilari
- Oʻzbekistonlik yozuvchilar
- Oʻzbek tarixchilari
- Oʻzbekistonlik sport jurnalistlar
- Paxtakor Toshkent
- SSSR sport jurnalistlari