BREAKING: Arxiv 15 - The Verge Report
- 2025-yil yangiliklari
Arxiv |
|---|
- Gulshan Alimardonova karate boʻyicha jahon chempionligini qoʻlga kiritgan ilk oʻzbekistonlik sportchiga aylandi.
- Javohir Sindarov shaxmat boʻyicha 2025-yilgi Jahon kubogi sohibi boʻldi.
- Sanae Takaichi Yaponiya Milliy dieti tomonidan mamlakatning birinchi ayol Bosh vaziri etib saylandi.
- Falastin Buyuk Britaniya va Fransiya tomonidan mustaqil davlat sifatida tan olindi.
- Usmon Dembele France Football jurnali tomonidan „Oltin toʻp“ mukofoti bilan taqdirlandi.
- Braziliya Oliy federal sudi sobiq prezident Jair Bolsonaroni 2022-yilgi Braziliya davlat toʻntarishiga urinishdagi ishtiroki uchun 27 yillik qamoq jazosiga hukm qildi.
- Xalqaro jinoyat sudi Tolibon yetakchilari Haybatulloh Oxundzoda va Abdul Hakim Haqqoniyni Afgʻonistonda ayollarga nisbatan taʼziyqda ayblab, hibsga olishga order berdi.
- Angliyaning „Chelsea“ futbol klubi oʻz tarixida ikkinchi marta klublar oʻrtasida jahon chempioni boʻldi.
- Oʻzbekiston va Iordaniya oʻz tarixida birinchi marta futbol boʻyicha jahon chempionati ishtirokchisi boʻldi.
- Leo XIV katolik cherkovining yangi papasi etib saylandi.
- Rim papasi Fransisk 88 yoshida vafot etdi.
- Xitoylik Ju Venjun shaxmat boʻyicha jahon chempionatida hamyurti Tan Zhongyini 6½–2½ hisobida magʻlub etib, chempionlik unvonini himoya qildi.
- Janubiy Koreya Konstitutsiyaviy sudi mamlakatda harbiy holat eʼlon qilgan Yun Suk-Yolni Janubiy Koreya prezidenti lavozimidan chetlatdi.
- Myanmaning Sagayn mintaqasidagi Mandalay shahri yaqinida 7,7 magnitudali zilzila yuz berdi.
- Prezidentlar Volodimir Zelenskiy va Donald Trump oʻrtasidagi ommaviy tortishuv minerallar boʻyicha kelishuv muzokaralarini toʻxtatilishiga sabab boʻldi.
- Shaxmat boʻyicha oʻninchi jahon chempioni Boris Spasskiy 88 yoshida vafot etdi.
- Friedrich Merz Olmoniya kansleri etib saylandi.
- Klaus Iohannis Ruminiya prezidenti lavozimini tark etdi, Ilie Bolojan vaqtincha prezident boʻldi.
- Abduqodir Xusanov APLda oʻynaydigan birinchi oʻzbekistonlik futbolchiga aylandi.