CONFIRMED: Donald Trump - Full Coverage

Ushbu maqola yaxshi maqolalar sarasiga kiradi.
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Donald Trump
Technology news and reviews image
Rasmiy portret
Technology news and reviews image
 45- va 47-AQSh Prezidenti
Technology news and reviews image
 
Mansab davri
2025-yil 20-yanvardan – hozirgacha
Vitse-prezident James David Vance
Oʻtmishdoshi Joe Biden
Mansab davri
2017-yil 20-yanvardan – 2021-yil 20-yanvargacha
Vitse-prezident Mike Pence
Oʻtmishdoshi Barack Obama
Vorisi Joe Biden
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Donald John Trump

14-iyun 1946-yil (1946-06-14) (79 yosh)
Kuins, Nyu York, AQSh
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSH
Siyosiy partiyasi Respublikachilar (1987-1999, 2009-2011, 2012-hozirgacha)
Boshqa siyosiy
birlashmalari
  • Islohot (1999—2001)
  • Demokratlar (2001—2009)
  • Mustaqil (2011—2012)
Turmush oʻrtogʻi
Bolalari
Ota-onasi
Istiqomat joy(lar)i Mar-a-Lago
Taʼlim Pennsylvania universiteti (bakalavr)
Kasbi
  • Siyosatchi
  • ishbilarmon
Mukofotlari Ellis orolining faxriy medali Technology news and reviews image Qirol Abdulaziz ordeni
Imzosi
Vebsayti

Donald John Trump (talaffuzi: Donald Jon Tramp, 도널드 트럼프, 1946-yil 14-iyunda tugʻilgan) – amerikalik siyosatchi, teleboshlovchi, aktyor va tadbirkor. Respublikachilar partiyasi aʼzosi, Qoʻshma Shtatlarning 47-prezidenti. 2017-yildan 2021-yilgacha 45-prezident boʻlgan.

Nyu-York shahrida tugʻilgan Trump 1968-yilda Pensilvaniya universitetini iqtisodiyot yoʻnalishi boʻyicha bakalavr darajasi bilan tamomlagan. 1971-yilda oilasining koʻchmas mulk biznesiga rahbarlik qila boshladi, uni „The Trump Organization?!“ deb qayta nomladi hamda osmonoʻpar binolar, mehmonxonalar, kazinolar, golf maydonchalarini sotib olish va qurishga kirishdi. 1990-yildan 2000-yilgacha oltita biznesining bankrotligini boshdan kechirdi, keyinchalik yangi loyihalarni yoʻlga qoʻydi. 2004-yildan 2015-yilgacha „The Apprentice[en]“ nomli realiti-shouni olib bordi. Siyosatda chetdan kelgan shaxs sifatida tanilgan Trump 2016-yilgi prezidentlik saylovlarida Demokratik partiya nomzodi Hillary Clinton ustidan gʻalaba qozondi.

Trump prezidentligining birinchi muddatida[en] oltita musulmon mamlakati fuqarolariga nisbatan sayohat taqiqini joriy etdi[ru], AQSH-Meksika chegarasidagi devorni kengaytirdi va oilalarni ajratish siyosatini[en] amalga oshirdi. Atrof-muhit va biznes sohasidagi qonun-qoidalarni bekor qildi, 2017-yilda Soliqlarni kamaytirish va ish oʻrinlari yaratish toʻgʻrisidagi qonunni[ru] imzoladi hamda Oliy sudga uch nafar sudyani tayinladi[en]. Tashqi siyosatda Trump AQShni iqlim, savdo va Eronning yadroviy dasturi boʻyicha kelishuvlardan chiqardi, Xitoy bilan savdo urushini boshladi[en]. Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bilan yadroviy qurolsizlanish boʻyicha kelishuvga erisholmadi. COVID-19 pandemiyasi davrida sogʻliqni saqlash mutaxassislariga zid fikrlar bildirdi va CARES qonuniga[en] asosan iqtisodiy ragʻbatlantirish choralarini imzoladi. Trump 2019-yilda hokimiyat vakolatlarini suiisteʼmol qilgani va Kongress faoliyatiga toʻsqinlik qilgani uchun, 2021-yilda esa qoʻzgʻolonga undagani uchun impichmentga uchradi. Senat uni ikkala holatda ham oqladi. Birinchi muddati tugagach, olimlar va tarixchilar uni Amerika tarixidagi eng yomon prezidentlardan biri sifatida baholadilar.

Trump – „Trumpizm[en]“ iborasi timsoli. Uning koʻplab sharhlari va harakatlari irqiy ayirmachilik deb taʼriflangan. Trump yolgʻon va chalgʻituvchi bayonotlari bilan Amerika siyosatida misli koʻrilmagan darajada fitna nazariyalarini targʻib qilgan. 2020-yilgi prezidentlik saylovlarida Joe Bidenga yutqazgach, Trump saylov natijasini bekor qilishga urinib ko‘rdi[en] va bu 2021-yil 6-yanvar kuni Kapitoliyga hujum[en] bilan yakunlandi. 2023-yilda Trump Jean Carrollga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik[en], tuhmat hamda firibgarlik[en] ayblovlari bilan javobgarlikka tortildi. 2024-yilda biznes qaydlarini soxtalashtirishda[en] aybdor deb topildi va shuning bilan, birinchi bor sudlangan AQSh prezidentiga aylandi. 2024-yilgi prezidentlik saylovlari kampaniyasida Trump suiqasddan omon qoldi, buning ortidan reytingi oshib, yagona raqibi Kamala Harrisni saylovda magʻlub etdi.

Trump prezidentligining ikkinchi muddatini[en] 2025-yil 6-yanvar kuni bir yarim mingga yaqin tartibbuzarni afv etish va federal ishchi kuchini ommaviy ravishda ishdan boʻshatish[en] tashabbusi bilan boshladi. Trump farmoyishlarining qonuniyligi koʻplab daʼvolarni keltirib chiqardi.

Bolalik va yoshlik yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Donald John Trump 1946-yil 14-iyunda Nyu-Yorkning Queens tumanidagi Yamayka kasalxonasida tugʻilgan[1][2]. Nemis millatiga mandub Fred Trump va shotland millatiga mansub Mary Ann McLeodning toʻrtinchi farzandi[3][4]. Opalari Maryanna va Elizabeth, akasi Fred va ukasi Robert bilan Queensning Jamaica Estates mahallasidagi qasrda oʻsgan[5][6]. Fred Trump har bir farzandiga yiliga 20 ming dollardan sarflagan, bu 2024-yilgi hisobda 265 ming dollarga teng[7][8]. Zamonaviy standartlarga koʻra[9][10], Trump sakkiz yoshida millioner boʻlgan[a][12][13][14].

Trump yettinchi sinfgacha Kew-Forest xususiy maktabida[en] oʻqigan. U tarbiyasi qiyin bola boʻlgan va otasining biznesiga erta qiziqish bildirgan. Otasi oʻrta maktabni tugatishi uchun Nyu-York harbiy akademiyasi qoshidagi xususiy maktab-internatiga yozdirdi[15]. Trump shou-biznesda karyera qilishni oʻyladi, lekin buning oʻrniga 1964-yilda Fordham universitetiga oʻqishga kirdi[16]. Ikki yil oʻtgach, Pensilvaniya universitetining Uorton maktabiga oʻtdi va 1968-yil may oyida iqtisodiyot boʻyicha bakalavr darajasini oldi[17].

Vyetnam urushi paytida tovonida jiddiy nuqsoni borligi sababli chaqiruvdan ozod qilingan[3].

Biznesdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻchmas mulk

[tahrir | manbasini tahrirlash]
A black-and-white photograph of Trump as a teenager, smiling, wearing a dark pseudo-military uniform with three ribbons and a white shoulder strap
Nyu-York harbiy akademiyasi tinglovchisi Donald Trump, 1964-yil

1968-yildan boshlab Trump otasining „Trump Management“ koʻchmas mulk kompaniyasida ishlagan[18]. Nyu-Yorkning chekka tumanlarida irqiy jihatdan ajratilgan oʻrta sinfga tegishli ijara uylariga egalik qilgan[19]. 1971-yilda otasi uni kompaniya prezidenti etib tayinladi va u The Trump Organization shirkatidan brend sifatida foydalana boshladi. Roy Cohn Trumpning 19701980-yillarda 13 yil davomida tuzatuvchisi, advokati va murabbiyi boʻlgan. 1973-yilda Cohn Trumpga AQSH hukumatiga 100 million dollar (2024-yilgi hisobda 708 million dollarga teng) evaziga Trumpning mulklarida irqiy kamsitish amaliyoti borligi haqidagi ayblovlarga qarshi chiqishga yordam berdi. Trumpning qarshi daʼvolari rad etildi va hukumatning ishi Trumplar segregatsiyadan chiqishga rozilik toʻgʻrisidagi farmonni imzolashi bilan hal qilindi[20]. Oʻttiz yoshga toʻlmasdan turib, oqibati va bahosi qanday boʻlishidan qatʼi nazar, sudlashuvga moyilligini koʻrsatdi; hatto yutqazganida ham, ishni gʻalaba deb taʼrifladi. Cohn Trump loyihalariga yordam berib, noqonuniy amaliyotlarini nazorat qiladigan vakil edi[21][22][23]. 1991-yildan 2009-yilgacha oʻzining oltita biznesi: Manhattandagi Plaza mehmonxonasi, Nyu-Jersi shtatining Atlantik-Siti shahridagi kazinolar va Trump Hotels & Casino Resorts kompaniyasini bankrotlikdan himoya qilish uchun bankrotlik kodeksining 11-bobiga[ru] koʻra, yordam soʻrab ariza topshirdi[24][25].

1992-yilda Maryanne, Elizabeth, Robert Trumplar, ularning amakivachchasi John W. Walter, har biri 20 foizlik ulush bilan All County Building Supply & Maintenance Corp. shirkatini tashkil etishdi[26]. Kompaniya ofislarga ega emas edi va Trumpning ijara boʻlinmalari uchun taʼminotchilarga pul toʻlash uchun soxta kompaniya boʻlgan. Keyin esa bu xizmatlar va taʼminotlarni Trump Management kompaniyasiga 20-50 foiz va undan yuqori ustamalar bilan toʻlagan. Mulk egalari ustamalardan tushgan daromadni baham koʻrishdi. Koʻtarilgan xarajatlar uning ijara haqini oshirish uchun ishlatilgan[27][28].

Technology news and reviews image
Tramp da oʻzining bekor qilingan Manxettenni rivojlantirish loyihalaridan birining modeli bilan. 1985-yil[29]

Trump 1978-yilda oʻz oilasining Manhattandagi birinchi korxonasini ishga tushirishi bilan jamoatchilik eʼtiborini tortdi: Grand Central terminaliga qoʻshni boʻlgan tashlandiq Commodore mehmonxonasini taʼmirladi[30]. Moliyalashtirish otasi tomonidan unga 400 million dollarlik shahar mulki soligʻini kamaytirish orqali amalga oshirildi. Hyatt shirkati bilan birgalikda 70 million dollarlik bank qurilish kreditini kafolatladi[31][32]. Mehmonxona 1980-yilda Grand Hyatt mehmonxonasi sifatida qayta ochildi va oʻsha yili Midtown Manhattandagi Trump Tower osmonoʻpar majmuasini boshqarish huquqini oldi[33].

1995-yilda Trump 3 milliard dollardan ortiq bank kreditlarini toʻlay olmadi va kreditorlar Plaza mehmonxonasini hamda boshqa koʻpgina mulklarini musodara qilishdi, biroq Trump shaxsiy bankrotlikdan qochishga imkon topdi[34][35].

1996-yilda Trump Wall Street koʻchasi, 40-uyda joylashgan, nomi keyinchalik „Trump Building“ deb oʻzgartirilgan, asosan boʻsh turgan 71 qavatli binoni sotib oldi va taʼmirladi[36]. 1990-yillarning boshlarida Gudzon daryosi boʻyida, Lincoln maydonidagi 70 akr (28 gektar) maydonni taʼmirlash huquqini oldi. Boshqa loyihalardan qarzdorlikni yopgach, 1994-yilda loyihadagi ulushining katta qismini osiyolik investorlarga sotdi – ular esa loyihaning yakunlanishini moliyalashtirishgan[37]. Trumpning soʻnggi yirik qurilish loyihasi 2008-yilda Chikagoda ochilgan 92 qavatli „Trump International Hotel and Tower“ mehmonxonasi boʻlgan. 2024-yilda „The New York Times“ va „ProPublica“ gazetalari qurilish xarajatlarining oshib ketishi va turar-joy binolarining past savdosi tufayli yuzaga kelgan zararlarni ikki baravar hisobdan chiqarilgan yoki chiqarilmaganligi tekshirilayotganini xabar qilishdi. Trump 2008-yilgi soliq deklaratsiyasida bu binolarni qiymatsiz deb eʼlon qilgan edi[38].

Atlantic City kazinolari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1984-yilda Tramp Holiday Corporation kompaniyasining moliyalashtirish va boshqaruv yordami bilan Harrah’s mehmonxonasini ochdi[39][40]. 1985-yilda ochilmagan „Atlantic City Hilton“ mehmonxonasini sotib oldi va uni Trump’s Castle deb oʻzgartirdi[41][42]. Trump 1988-yilda Atlantic Citydagi uchinchi joy – „Trump Taj Mahal“ni sotib oldi. Bino 675 million dollarlik obligatsiyalar bilan moliyalashtirildi va 1,1 milliard dollarga qurib bitkazildi, 1990-yil aprel oyida ochildi[43]. 1991-yilda 11-bob boʻyicha bankrotlikdan himoya qilish uchun ariza berdi. Qayta qurish shartnomasi qoidalariga koʻra, u dastlabki ulushining yarmidan voz kechdi va kelajakdagi faoliyatini kafolatladi[44]. 900 million dollarlik qarzini kamaytirish uchun u Trump Shuttle aviakompaniyasini sotdi. Tarkibiga kazinolariga ijaraga berilgan va dokda saqlangan megayaxtasi, Trump Princess va boshqa bizneslari ham kirar edi[45]. 1995-yilda Trump Plaza egalik huquqini olgan Trump Hotels & Casino Resorts (THCR) ga asos soldi[46]. THCR 1996-yilda Taj Mahal va Trump Castle binosini sotib oldi va bankrot boʻldi, natijada 10 foiz egalik huquqi unga qoldi. 2009-yilgacha rais boʻlib qoldi[47].

Golf klublari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1985-yilda Trump Florida shtatining Palm-Bich shahridagi Mar-a-Lago mulkini sotib oldi[48]. 1995-yilda mulkni boshlang'ich to'lov va yillik badal bilan xususiy klubga aylantirdi. Mulkning bir qanotidan xususiy turar joy sifatida foydalanishda davom etd[49]. 2019-yilda klubni o'zining asosiy qarorgohi deb e'lon qildi[50]. U 1999-yilda golf maydonchalarini qurish va sotib olishni boshladi. 2016-yilga kelib 17 ta golf maydoniga egalik qildi[51].

Trump nomining litsenziyalanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Trump Organization Donald Trump nomini oziq-ovqat, kiyim-kechak, o'quv kurslari va uy jihozlari kabi iste'mol tovarlari va xizmatlari uchun litsenziyalagan[52]. 50 dan ortiq litsenziyalash yoki boshqaruv bitimlari Trump nomi bilan bog'liq bo'lib, uning kompaniyalari uchun kamida 59 million dollar daromad keltirgan[53]. 2018-yilga kelib, faqat ikkita isteʼmol tovarlari kompaniyasi uning nomini litsenziyalashda davom etdi. 2000-yillarda Trump oʻz nomini butun dunyo boʻylab turar-joy binolarini qurish uchun litsenziyalagan, ulardan 40 tasi hech qachon qurilmagan[52].

1997–2007-yillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Donald Tramp bir nechta qurilish loyihalari bilan shugʻullana boshladi:

  • „Tramp xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Vaykiki beach)“ majmuasining qurilishi. Trampning soʻzlariga koʻra, majmua xaridorlarda katta qiziqish uygʻotgan.
  • „Tramp xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Chikago)“ majmuasi – mablagʻ yetarlicha boʻlmaganligiga qaramasdan, qurilish yakunlandi.
  • „Tramp xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Toronto)“ – biroz kechroq boʻlsa-da, qurilishi tugallandi.
  • „Tramp minorasi (Tampa)“ – soʻrovlar koʻp boʻlgani uchun narxlari oshib ketgan, oqibatda xaridorlar oʻrtasida ziddiyatlar kelib chiqqan.
  • Florida shtatining Fort Loderdeyl shahrida „Tramp xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Fort Lauderdale)“ majmuasi qurildi.
  • „Tramp minorasi (Atlanta)“ – Atlanta shahridagi yangi uy-joy majmuasi[54].

Jahon iqtisodiy inqirozi (2008–2012)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yilda boshlangan jahon iqtisodiy inqirozi Chikagodagi majmua sotuvga chiqarilgan paytga toʻgʻri keldi va Tramp Deutsche Bank ssudasini yopa olmadi[55]. Tramp sudga ariza berib, arizasida „iqtisodiy inqiroz – bu kutilmagan hol, bu haqida kelishuvda ham qayd etilgan“ deya taʼkidlagan[55]. Deutsche Bank vakillari esa, „Tramp muddati oʻtib ketgan qarz haqida xabardor, undan tashqari, ikki marta bankrotlik tufayli bankdan yordam olgan“ deganlar[55]. 2009-yil 17-fevralda Trump Entertainment Resorts rahbariyat kengashi bankrotlik haqida qaror chiqardi va Donaldni kengash raisligidan chiqarib yubordi[56].

Shaxsiy binolari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Technology news and reviews image
Las-Vegas mehmonxonasi

2011-yilda „Forbes“ jurnali Donald Tramp boyligini 2.9 milliard dollarga baholadi, ammo 2015-yildagi matbuot anjumanlaridan birida u boyligining 10 milliard dollardan ham ortiq ekanini aytgan[57].

Qurilishi tugatilgan uy-joylari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Technology news and reviews image
Tramp xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Nyu-York)
  • „Trump Park Avenue“ – $142 million
  • Golf maydonlari – $127 million
  • * AQSh hududidagi 6 ta golf klubi
  • * 2006-yilda Shotlandiyaning Aberdin shahrida katta yer maydonini sotib oldi, bu yerda Birlashgan Qirollik golf chempionati uchun maydon boʻlishi moʻljallangan. Undan tashqari, bu yerda golf akademiyasi va besh yulduzli mehmonxona qurilishi kutilmoqda[58].
  • * Karib dengizidagi Kanuan orolida golf maydoni va koʻngilochar majmua qurilishi.
  • „Palm Beach“dagi bino: 4000 maydonga ega uy. Tramp bu uyni 40 million dollarga sotib olib, qayta taʼmirlab, 2008-yilda 100 million dollarga sotgan. Bu uy AQShda sotilgan eng qimmat uy boʻldi.
  • „Maralago“ klubi

Litsenziyalangan binolari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻpchilik qurilish kompaniyalari Donald Trampdan ular qurayotgan binoni reklama qilib berishni soʻraydilar. Shu sababdan, Tramp nomi yozilgan binolarning aksariyati uning oʻziga qarashli emas. „Forbes“ bergan maʼlumotga koʻra, qurilishi kutilayotgan yana 33 ta loyiha bor, ularning ichiga 7 ta mehmonxona ham kiradi.

Technology news and reviews image
Torontodagi minora qurilishi
  • * Tramp xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Dubay), BAA
  • * Tramp xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Panama): 70 qavatli minora[57][60].

Donald Tramp seriallar, komediyalar, multfilmlarning dublyajlarida ovoz bergan, bir qancha rollarni ijro etgan, telekoʻrsatuvlarda qatnashgan[61]. Ikki marta Emmy mukofoti sohibi boʻlgan. 2003-yili Tramp NBC telekanalidagi „Nomzod“ deb nomlangan teleshouning ijrochi produseri va boshlovchisi boʻldi. Bu shouning mazmuni shunday: qatnashchilar Tramp kompaniyalarining biriga ishga kirish uchun kurash olib boradilar, magʻlub boʻlganlar oʻyindan chiqariladi va Tramp ularga „Siz boʻshatildingiz!“ (inglizcha: Youʼre fired!) deydi. Bu soʻzlar juda mashhur boʻlib ketadi. 2004-yili Tramp ushbu iborani savdo belgisiga aylantirgan. 2007-yili Donald Tramp ismi Hollywooddagi „Yulduzlar yoʻlkasi“ga yozildi. Shu yili Tramp AQSH Prezidenti Bushni Iroqda urush olib borayotganligi uchun keskin qoraladi.

”Iroqdagi urushda koʻp qon toʻkilishini istaganlardan hech biri AQSh Prezidenti saylovida gʻalaba qilolmaydi”

 – degan u.

Shuningdek, u Hillary Clinton yoki Rudolph Giuliani AQSh prezidentligiga nomzod boʻladigan taqdirda, ikkisini ham qoʻllashi mumkinligini aytgan. Tramp aktrisa Angelina Jolieni „birinchi raqamli goʻzal aktrisa“ sifatida tan olmagan[62].

AQSh Prezidentligiga nomzod sifatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Technology news and reviews image
Prezidentlik saylovoldi kampaniyasida, 2015-yil 3-sentyabr

2015-yili Tramp AQSh Respublikachilar partiyasidan mamlakat prezidentligiga nomzod boʻlishini eʼlon qildi[63]. Saylovoldi kampaniyasida Tramp AQSH Prezidenti etib saylangan taqdirida, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan doʻstlashish siyosatini olib borajagini ham aytgan[64].

Shaxsiy sayti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Donald Tramp oʻz veb-saytini ishga tushirdi. sayt „45office.com“ deb nomlangan boʻlib, hozircha uchta sahifaga ega. Ulardan biri Donald va Melaniya Trampning tarjimai holi va AQSHning 45-prezidenti hamda birinchi xonimi sifatida erishgan yutuqlariga bagʻishlangan. Bosh sahifa orqali amerikaliklarga Tramp bilan oʻz fikrlarini boʻlishish imkoni yaratilgan. Buning uchun foydalanuvchilardan shaxsiy aloqa maʼlumotlari kiritiladigan soʻrovnomani toʻldirish talab etiladi. Shuningdek, sobiq prezidentlik juftligiga har qanday ommaviy tadbirga taklifnoma yuborish imkoni ham mavjud. Uchinchi sahifa esa matbuot soʻrovlari uchun ajratilgan.

Qayd etilishicha, veb-sayt dizaynida sobiq prezidentning oʻz tarafdorlari bilan ommaviy yozishmalar olib borishi uchun alohida sahifa yaratilmagan[65].

Boshqa biznes tarmoqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Dunyo goʻzali“ xalqaro tanlovini olib boruvchi Miss Universe Organization tashkiloti hamda „NBC“ telekanali ham aynan Donald Trampga qarashlidir. Donald Tramp, shuningdek, oʻzining shaxsiy kiyim-kechak brendiga ham ega (erkaklar kiyimlari, soatlari, atir va b.). Tramp nomi bilan ataluvchi aroq, kokteyl, gazli suv ham ishlab chiqarilmoqda[66]. Donald Tramp Learning Annex maktabida ham dars beradi, bir soatli maʼruzasi uchun 1.5 million dollar ish haqi oladi[67][68].

Golf maydonlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yilning iyunida Tramp Aberdin shahar kengashi majlisida qatnashadi. Unda Tramp 1 milliard £ mablagʻ sarflab, shaharning shimoliy qismida golf klubi qurishni taklif etadi. Kengash Trampning bu taklifini maʼqullagan, ammo qurilishga huquqbonlar, geologlar va olimlar qarshi chiqadilar. Bunga sabab, golf maydoni arxeologik ahamiyatga ega yerlarga qurilishi moʻljallangan edi.[69][70][71]

2009-yili Tramp vitaminlar ishlab chiqaruvchi „Trump Network“ shirkatga asos soladi. Shirkat bir necha turdagi vitaminlar ishlab chiqaradi[72].

AQSh Prezidenti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xorijiy davlatlarga tashriflar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyida Donald Trampning AQSh Prezidenti sifatida xorijiy davlatlarga qilgan rasmiy tashriflari keltirilgan.

Davlat Shahar Sana Sabab
 Saudiya Arabistoni Ar-Riyod 20-22.05.2017 Riyod sammiti[73][74][75][76]
 Isroil Quddus 22-23.05.2017 Prezident Reuven Rivlin va premyer Benjamin Netanyahu bilan uchrashuv[77][78]
 Falastin Milliy Maʼmuriyati Baytullahm 23.05.2017 Prezident Mahmud Abbos bilan uchrashuv[79]
 Italiya Rim 23-24.05.2017 Prezident Sergio Mattarella va premyer Paolo Gentiloni bilan uchrashuv[80]
 Vatican City Vatikan 24.05.2017 Francis bilqn uchrashuv[73][81]
 Belgiya Bryussel 24-25.052017 NATO sammiti[82][83][84]
 Italiya Taormina 25-27.05.2017 Katta yettilik sammiti
 Poland Varshava 5-6.07.2017 Uch dengiz sammiti[85][86][87][88][88]
 Germaniya Gamburg 6-8.07.2017 Katta yigirmatalik sammiti[89][90][91][92]
 Fransiya Parij 13-14.05.2017 Bastiliya kunida qatnashish va Emmanuel Macron bilan uchrashuv[93][94]
 Yaponiya Tokyo 5-7.11.2017 premyer Shinzō Abe va imperator Akihito bilan uchrashuv.
 Janubiy Koreya Seul 7-8.11.2017 president Moon Jae-in bilan uchrashuv[95]
 Xitoy Pekin 8-10.11.2017 Prezident Xi Jinping va premyer Li Keqiang bilan uchrashuv[96].
 Vietnam Xanoy 10-12.11.2017 OTIHT sammiti[97][98]
 Filippin Manila,
Pasay
12-14.11.2017 ASEAN sammiti[99]
 Shveysariya Davos 25-26.01.2018 Butunjahon iqtisodiy anjumani[100].
 Peru Lima 13-14.04.2018 Lotin Amerikasi sammiti.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Technology news and reviews image
Melaniya Tramp

Donaldning ikki ukasi (Robert va David) va ikki singlisi (Meri va Elizabet) bor. Singlisi Mary – yurist. 1977-yili Tramp 28 yashar Ivana Zelnichkovaga uylangan. Ularning uchta farzandi bor: Donald Tramp-kichik, Ivana va Erik. 1992-yili er-xotin ajrashib ketishgan. 1993-yili Tramp 29 yashar Marla Maplesga uylangan. Bu nikohdan Tiffany ismli qizi bor. 1999-yilda er-xotin ajrashishgan. Donald xotinlari haqida shunday degan:

«Meni oʻylashimcha, Ivana va Marla meni birday sevgan, men esa, oʻz ishimni sevaman»

2004-yildan beri Donald sloveniyalik Melaniya Tramp bilan nikohda. Ularning Barron ismli oʻgʻli bor[101]. 2013-yilga kelib, Donald yettita nabirali boʻlgan: ulardan beshtasi kichik Donaldning bolalari (Kai Madison,[102] Donald Jon,[103] Tristan Milos,[104] Spenser Frederik va Chloe Sophia); ikkitasi Ivankaning (Arabella Rose va Josef Frederik[105][106]) bolalaridir. Donald nasroniylik dinining protestantlik oqimiga eʼtiqod qiladi. Bu haqida uning oʻzi shunday degan: „Fikrimcha din bu chiroyli narsa. Mening dinim – nasroniylik esa chiroyli din“[107][108].

Oilaviy shajarasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Donald golf oʻyiniga nihoyatda qiziqadi[109]. AQShda va dunyoning boshqa mamlakatlarida uning shaxsiy golf klublari bor[110].

  • „Kelishuv sanʼati“[111]
  • „Choʻqqida omon qolish uchun“ (1990)
  • „Omon qolish sanʼati“ (1991)
  • „Qaytadan koʻtarilish sanʼati“ (1997)
  • „Bizga yarashgan Amerika“ (2000)
  • „Boy boʻlish uchun“ (2004)
  • „Yuqoriga yoʻl“ (2004)
  • „Muvaffaqiyat haqida nimalarni bilish kerak“ (2004)
  • „Golf oʻyini haqida“ (2005)
  • „Biz boy boʻlishingizni istaymiz“ (2006)
  • „Qotib qolma!“ (2007)
  • „Uy-joy haqidagi eng yaxshi maslahatlarim“ (2007)
  • „Muvaffaqiyat formulasi“ (2007)
  • „Trump hech qachon taslim boʻlmaydi“ (2008)
  • „Midas sovgʻasi“[109] (2012)

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Nomi Yil Eslatmalar Rol
The Jeffersons[112] 1985 Episode titled „You’ll Never Get Rich“ Himself
Ghosts Canʼt Do It[112] 1989 Movie
On Our Own by Bobby Brown[113] 1989 Music Video
Uyda yolgʻiz 2[112] 1992 Movie
The Fresh Prince of Bel-Air[112] 1994 Episode titled „For Sale by Owner“
Across the Sea of Time[112] 1995 Movie
The Little Rascals[112] 1995 Movie Waldoʻs Dad (an oil tycoon)
The Nanny[112] 1996 Episode titled „The Rosie Show“ Himself
Eddie[112] 1996 Movie
The Associate[112] 1996 Movie
Suddenly Susan[114] 1997 Episode titled „I’ll See That and Raise You Susan“
The Drew Carey Show[114] 1997 Episode titled „New York and Queens“
Night Man[115] 1997 Episode titled „Face to Face“
Spin City[112] 1998 Episode titled „The Paul Lassiter Story“
Celebrity[112] 1998 Movie
Sex and the City[112] 1999 Episode titled „The Man, the Myth, the Viagra“
Zoolander[112] 2001 Movie
The Job[114] 2001 Episode titled „Elizabeth“
Two Weeks Notice[114] 2002 Movie
Days of Our Lives[116] 2005 Guest star on daytime television soap opera.
58th Primetime Emmy Awards[117] 2006 minimusical Oliver Wendell Douglas
Wall Street: Money Never Sleeps[118] 2010 Trump’s scene in this movie was cut from the final version but is available on the DVD. Himself
Saturday Night Live[119] 2015 Trump hosted the 7-noyabr 2015-yil episode of SNL Himself / Tax Guy (In Hotline Bling skit)
  1. Trump uch yoshga toʻlganidan boshlab, otasi har yili farzandlarining har biriga 6000 dollardan hadya bergan, bu hadya soligʻisiz ruxsat etilgan maksimal miqdor edi. Soliqdan qochish uchun Fred ularni har biriga yiliga 13 928 dollardan ijara haqi toʻlab, oʻzining ikkita turar-joy majmuasining ijarachilariga aylantirdi.[11]
  1. Buettner & Craig 2024.
  2. Bender, Marylin. „THE EMPIRE AND EGO OF DONALD TRUMP“. The New York Times (7-avgust 1983-yil). 2012-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-may 2008-yil.
  3. 3,0 3,1 Kranish & Fisher 2017.
  4. „Trump down on economy, up on McCain“. Cable News Network (18-sentyabr 2008-yil). 2012-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-sentyabr 2008-yil.
  5. Gwenda Blair. Donald Trump: Master Apprentice. Simon and Schuster, 2005 — 16–-bet. ISBN 978-0-7432-7510-1. 
  6. Horowitz, Jason. „Donald Trump's Old Queens Neighborhood Contrasts With the Diverse Area Around It“. The New York Times (2015-yil 22-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 7-noyabr.
  7. „Дональд Трамп президентлик даврида бойлигининг қанчасини йўқотгани маълум бўлди“. Bugun.uz. 4-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 19 март. (Wayback Machine saytida 4-avgust 2021-yil sanasida arxivlangan)
  8. „In Step With: Donald Trump“. Parade (14-noyabr 2004-yil). 14-oktyabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  9. Donald Tramp reshil ballotirovatsya na post prezidenta SShA // „Yandeks“ novosti
  10. „Ancestry of Donald Trump“. WARGS. 2012-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-may 2008-yil.
  11. Buettner & Craig 2024, ss. 30–31.
  12. „Дональд Трамп начал борьбу за пост президента США“. Slon.ru (2015-yil 16-iyun). 7-may 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktyabr 2015-yil.
  13. „#450 Donald Trump“. Forbes. Qaraldi: 21-iyun 2009-yil.
  14. Trump, Donald J.. Time to Get Tough: Making America #1 Again. Regnery Publishing, 5-dekabr 2011-yil. ISBN 978-1-59698-773-9. 
  15. Kranish & Fisher 2017, ss. 33, 38, 45.
  16. Kranish & Fisher 2017, ss. 45–47.
  17. Kranish & Fisher 2017, ss. 47–50.
  18. Rich, Frank (April 30, 2018). „The Original Donald Trump“. New York. Qaraldi: May 8, 2018.
  19. Mahler, Jonathan; Eder, Steve. „'No Vacancies' for Blacks: How Donald Trump Got His Start, and Was First Accused of Bias“. The New York Times (2016-yil 27-avgust). Qaraldi: 2018-yil 13-yanvar.
  20. Buettner & Craig 2024, s. 126.
  21. „No Stadium Needed“. The New York Sun. 2019-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-may 2008-yil.
  22. „The House that Fred Built“. The New York Time on the Web. 2012-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-iyul 2008-yil.
  23. „FASTER AND CHEAPER, TRUMP FINISHES N.Y.C. ICE RINK“. Philly.com. 2012-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyul 2007-yil.
  24. Qiu, Linda. „Yep, Donald Trump's companies have declared bankruptcy...more than four times“. PolitiFact (2016-yil 21-iyun). Qaraldi: 2023-yil 25-may.
  25. Winter, Tom. „Trump Bankruptcy Math Doesn't Add Up“. NBC (2016-yil 24-iyun). Qaraldi: 2025-yil 2-fevral.
  26. „Trump Plaza Hotel Bankruptcy Plan Approved“. The New York Times. 11-mart 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyul 2007-yil.
  27. Barstow, David; Craig, Susanne; Buettner, Russ. „Trump Engaged in Suspect Tax Schemes as He Reaped Riches From His Father“. The New York Times (2018-yil 2-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 2-oktyabr.
  28. „Taj Mahal is out of Bankruptcy“. The New York Times. 11-mart 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyul 2007-yil.
  29. Handy, Bruce. „Trump Once Proposed Building a Castle on Madison Avenue“. The Atlantic (2019-yil 1-aprel). Qaraldi: 2024-yil 28-iyul.
  30. Nevius, James. „The winding history of Donald Trump's first major Manhattan real estate project“. Curbed (2019-yil 3-aprel). 2021-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 2-mart.
  31. Kessler, Glenn. „Trump's false claim he built his empire with a 'small loan' from his father“ (2016-yil 3-mart). Qaraldi: 2021-yil 29-sentyabr.
  32. Rich, Frank (April 30, 2018). „The Original Donald Trump“. New York. Qaraldi: May 8, 2018.
  33. „Trump's Plaza Hotel Bankruptcy Plan Approved“. The New York Times. Reuters (1992-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 24-may.
  34. Segal, David. „What Donald Trump's Plaza Deal Reveals About His White House Bid“. The New York Times (2016-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 3-may.
  35. Stout, David; Gilpin, Kenneth N.. „Trump Is Selling Plaza Hotel To Saudi and Asian Investors“. The New York Times (1995-yil 12-aprel). Qaraldi: 2019-yil 18-iyul.
  36. Kranish & Fisher 2017, s. 298.
  37. Stout, David; Gilpin, Kenneth N.. „Trump Is Selling Plaza Hotel To Saudi and Asian Investors“. The New York Times (1995-yil 12-aprel). Qaraldi: 2019-yil 18-iyul.
  38. Stout, David; Gilpin, Kenneth N.. „Trump Is Selling Plaza Hotel To Saudi and Asian Investors“. The New York Times (1995-yil 12-aprel). Qaraldi: 2019-yil 18-iyul.
  39. Kranish & Fisher 2017, s. 128.
  40. McQuade, Dan (August 16, 2015). „The Truth About the Rise and Fall of Donald Trump's Atlantic City Empire“. Philadelphia. Qaraldi: March 21, 2016.
  41. Stout, David; Gilpin, Kenneth N.. „Trump Is Selling Plaza Hotel To Saudi and Asian Investors“. The New York Times (1995-yil 12-aprel). Qaraldi: 2019-yil 18-iyul.
  42. Blair 2015, s. 351.
  43. McQuade, Dan (August 16, 2015). „The Truth About the Rise and Fall of Donald Trump's Atlantic City Empire“. Philadelphia. Qaraldi: March 21, 2016.
  44. Stout, David; Gilpin, Kenneth N.. „Trump Is Selling Plaza Hotel To Saudi and Asian Investors“. The New York Times (1995-yil 12-aprel). Qaraldi: 2019-yil 18-iyul.
  45. Stout, David; Gilpin, Kenneth N.. „Trump Is Selling Plaza Hotel To Saudi and Asian Investors“. The New York Times (1995-yil 12-aprel). Qaraldi: 2019-yil 18-iyul.
  46. Stout, David; Gilpin, Kenneth N.. „Trump Is Selling Plaza Hotel To Saudi and Asian Investors“. The New York Times (1995-yil 12-aprel). Qaraldi: 2019-yil 18-iyul.
  47. Stout, David; Gilpin, Kenneth N.. „Trump Is Selling Plaza Hotel To Saudi and Asian Investors“. The New York Times (1995-yil 12-aprel). Qaraldi: 2019-yil 18-iyul.
  48. Peterson-Withorn, Chase (April 23, 2018). „Donald Trump Has Gained More Than $100 Million On Mar-a-Lago“. Forbes. Qaraldi: July 4, 2018.
  49. Dangremond, Sam; Kim, Leena (December 22, 2017). „A History of Mar-a-Lago, Donald Trump's American Castle“. Town & Country. Qaraldi: July 3, 2018.
  50. Haberman, Maggie. „Trump, Lifelong New Yorker, Declares Himself a Resident of Florida“. The New York Times (2019-yil 31-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 24-yanvar.
  51. Garcia, Ahiza. „Trump's 17 golf courses teed up: Everything you need to know“. CNN Business (2016-yil 29-dekabr). Qaraldi: 2025-yil 15-dekabr.
  52. 52,0 52,1 Anthony, Zane; Sanders, Kathryn; Fahrenthold, David A.. „Whatever happened to Trump neckties? They're over. So is most of Trump's merchandising empire.“ (2018-yil 13-aprel). Qaraldi: 2021-yil 29-sentyabr.
  53. Williams, Aaron; Narayanswamy, Anu. „How Trump has made millions by selling his name“ (2017-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 12-dekabr.
  54. „Stalled Condo Projects Tarnish Trumpʼs Name“. Dow Jones & Company, Inc. (2007-11-16). 2012-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-noyabr 2007-yil.
  55. 55,0 55,1 55,2 Floyd Morris (4-dekabr 2008-yil). „Trump Sees Act of God in Recession“. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam)CS1 maint: date format ()
  56. Reuters: Trump Entertainment files for bankruptcy
  57. 57,0 57,1 Tuttle, Brad. „8 Epic Business Failures with Donald Trumpʼs Name on Them“. Time (16-iyun 2015-yil). 17-iyun 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-avgust 2015-yil.
  58. news.bbc.co.uk Trump £1bn golf inquiry tees off
  59. „Trumpʼs tall plan for Jersey City“ (deadlink). JCEDC (21-sentyabr 2005-yil). 2006-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyul 2007-yil. (Wayback Machine saytida 3-oktyabr 2006-yil sanasida arxivlangan)
  60. Koffler, Jacob. „Donald Trumpʼs 16 Biggest Business Failures and Successes“. Time (7-avgust 2015-yil). Qaraldi: 29-avgust 2015-yil.
  61. „Casting Notes: Donald Trump Cameos in Wall Street 2; Jeremy Piven and Kate Walsh go to Canada“. Slashfilm.com (30-noyabr 2009-yil). Qaraldi: 21-aprel 2011-yil.
  62. „CNN LARRY KING LIVE: Interview With Donald Trump“. CNN (2007-yil 15-oktyabr). 2012-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 22-may.
  63. Дональд Трамп поборется за пост президента США
  64. Трамп обещает на посту президента США подружиться с Путиным
  65. „Дональд Трамп ўз сайтини ишга туширди“. Bugun.uz. 2021-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-mart.
  66. GoTrump, 2-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 22-yanvar 2021-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  67. „THATʼS RICH! THE DONALD CASH ADVICE COSTS 1.5M“ (deadlink). NY Daily News. 29-oktyabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyul 2008-yil. (Wayback Machine saytida 29-oktyabr 2008-yil sanasida arxivlangan)
  68. Melby, Caleb; Rubin, Richard. „Hereʼs Our Tally of Donald Trumpʼs Wealth“. Bloomberg (28-iyul 2015-yil). Qaraldi: 17-avgust 2015-yil.
  69. „US property tycoon Donald Trump buys Turnberry resort“. BBC News (29-aprel 2014-yil). Qaraldi: 29-aprel 2014-yil.
  70. news.bbc.co.uk, Trump £1bn golf inquiry tees off
  71. pressandjournal.co.uk, Tycoonʼs actions critical to outcome, 12-iyun 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 31-oktyabr 2015-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  72. The Trump Network: Discover the Difference Between Opportunity and Success, 24-yanvar 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 31-oktyabr 2015-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  73. 73,0 73,1 Baker, Peter. „Trump to Visit Saudi Arabia and Israel in First Foreign Trip“. The New York Times (4-may 2017-yil). Qaraldi: 4-may 2017-yil.
  74. Revesz, Rachael. „Donald Trump signs 7010 billion arms deal with nation he accused of masterminding 9/11“. The Independent (21-may 2017-yil). Qaraldi: 22-may 2017-yil.
  75. „The Latest: Trump to announce Saudi arms deal“. Palm Beach Post (20-may 2017-yil). 20-may 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-mart 2018-yil. „The king placed the Collar of Abdulaziz Al Saud around Trump's neck at a ceremony at the Royal Court in Riyadh.“.
  76. Talev, Margaret; Jacobs, Jennifer „Less Talk Is More on Trump's First Day in Saudi Arabia“. Bloomberg L.P. (21-may 2017-yil). Qaraldi: 22-may 2017-yil.
  77. Talev, Margaret „President Trump in Israel: Live updates“. CNN (22-may 2017-yil). Qaraldi: 22-may 2017-yil.
  78. Bearak, Max „The huge contrast between Obama’s and Trump’s visits to Israel’s Holocaust memorial“. The Washington Post. Qaraldi: 23-iyun 2017-yil.
  79. „President Trump meets with Abbas in Bethlehem, says 'truly hopeful' for peace deal - ABC News“. Abcnews.go.com (23-may 2017-yil). Qaraldi: 23-iyun 2017-yil.
  80. „La prima di Trump a Roma, incontro con il Papa, sale al Colle, poi vede Gentiloni“. Ansa. Qaraldi: 23-may 2017-yil.
  81. „Trump to visit the Vatican on first foreign trip as president“. POLITICO. Qaraldi: 5-may 2017-yil.
  82. Rucker, Philip „Trump chastises fellow NATO members, demands they meet payment obligations“. The Washington Post. Qaraldi: 23-iyun 2017-yil.
  83. „Readout of President Donald J. Trump’s Meetings with the King Philippe and Queen Mathilde of Belgium and Prime Minister Charles Michel of Belgium“. whitehouse.gov (25-may 2017-yil). 23-iyun 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyun 2017-yil. (Wayback Machine saytida 23-iyun 2017-yil sanasida arxivlangan)
  84. „Trump, Macron engage in a little handshake diplomacy“ (25-may 2017-yil).
  85. „The Latest: Trump in Poland for 16-hour stop“. ABC News (5-iyul 2017-yil). 5-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  86. „Raw: Trump meets Polish President Duda in Warsaw“. USA TODAY.
  87. „Trump, Croatian leader talk energy; president issues warning to Putin“. Vindy.com. 9-noyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-mart 2018-yil. (Wayback Machine saytida 9-noyabr 2017-yil sanasida arxivlangan)
  88. 88,0 88,1 Thrush, Glenn; Davis, Julie Hirschfeld „Trump, in Poland, Asks if West Has the ʻWill to Survive’“ (6-iyul 2017-yil).
  89. Buncombe, Andrew. „Donald Trump 'behaving like a dictator by leaving underqualified socialite daughter to fill in for him at G20'“. The Independent (8-iyul 2017-yil). Qaraldi: 8-iyul 2017-yil.
  90. Times, The New York „Thousands Protest in Hamburg as Trump Meets With Merkel Before G-20“ (6-iyul 2017-yil).
  91. (now), Tom McCarthy; (earlier), Jon Henley; Oltermann, Philip; Wolffe, Richard; Walker, Shaun „G20: Putin denies US election interference in meeting with Trump, officials say – as it happened“ (7-iyul 2017-yil).
  92. editor, Anushka Asthana Political „Trump expects trade deal with UK to be completed 'very, very quickly'“ (8-iyul 2017-yil).
  93. News, ABC „ABC News“ (deadlink). ABC News. 25-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  94. Ballhaus, Rebecca; Horobin, William „Bastille Day Parade in Paris Enthralls President Trump“ (15-iyul 2017-yil).
  95. https://www.express.co.uk/news/world/876393/North-Korea-Kim-Jong-un-Donald-Trump-troops-pacific-victors-South-Korea-Camp-Humphreys
  96. https://www.theguardian.com/news/2017/nov/08/what-will-happen-on-donald-trumps-state-visit-to-china
  97. arxiv nusxasi, 10-dekabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 26-mart 2018-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  98. Pham, My. „Trump sends letter to Vietnam's president to promote ties“. Reuters (1-aprel 2017-yil). Qaraldi: 13-aprel 2017-yil.
  99. Lee-Brago, Pia; Katigbak, Jose. „Trump to skip East Asia Summit“. The Philippine Star (26-oktyabr 2017-yil). 26-oktyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-oktyabr 2017-yil.
  100. „Trump to attend elite annual gathering in Davos, Switzerland“. Politico. Qaraldi: 9-yanvar 2017-yil.
  101. Brown, Tina. „Donald Trump, Settling Down“. The Washington Post (27-yanvar 2005-yil). 2012-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-may 2008-yil.
  102. Dagostino, Mark „Kai Madison“. People (13-may 2007-yil). Qaraldi: 21-aprel 2011-yil.
  103. Dagostino, Mark „Donald John Trump III“. People (18-fevral 2009-yil). Qaraldi: 21-aprel 2011-yil.
  104. Michaud, Sarah „Donald Trump, Jr. Welcomes Son Tristan Milos“. People (3-oktyabr 2011-yil). 6-yanvar 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-oktyabr 2011-yil.
  105. Ivanka Trump and Jared Kushner welcome baby girl (Wayback Machine saytida 6-sentyabr 2014-yil sanasida arxivlangan), Herald Sun, 17-iyul 2011-yil. Retrieved 17-iyul 2011-yil.
  106. „Ivanka Trump tweets birth announcement of 1st child, a daughter born in NYC“, The Washington Post, 17-iyul 2011-yil. Retrieved 17-iyul 2011-yil.
  107. Jones, Lawrence „Donald Trump: Christianity is a 'wonderful religionʼ“. The Christian Post (12-aprel 2011-yil). Qaraldi: 13-aprel 2011-yil.
  108. Haberman, Maggie. „Donald Trump Talks Religion: 'I Am a Christianʼ“. Politico (11-aprel 2011-yil). Qaraldi: 13-aprel 2011-yil.
  109. 109,0 109,1 Shoumatoff, Alex (2008). „The Thistle and the Bee“. Vanity Fair. 188–204-bet. {{cite magazine}}: Unknown parameter |month= ignored (yordam)
  110. Brently Romine (16-iyun 2015-yil).Donald Trump announces he will run for president in 2016 (Wayback Machine saytida 2016-03-17 sanasida arxivlangan)
  111. „Kitoblari“. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 31-oktyabr.
  112. 112,00 112,01 112,02 112,03 112,04 112,05 112,06 112,07 112,08 112,09 112,10 112,11 112,12 LaFrance, Adrienne. „Three Decades of Donald Trump Film and TV Cameos“, The Atlantic (21-dekabr 2015-yil).
  113. „Bobby Brown's Music Video for Ghostbusters 2 is a Bizarre Moment in Time“. Tor.com (27-iyun 2012-yil).
  114. 114,0 114,1 114,2 114,3 Jang, Meena and Stone, Natalie. „Donald Trump: 18 Memorable Cameos, From 'Home Alone 2' to 'Sex and the City'“, The Hollywood Reporter (10-mart 2016-yil).
  115. Russell, Jason. „Donald Trump's tremendous acting career in 13 clips“. Washington Examiner (7-oktyabr 2015-yil). Qaraldi: 8-iyun 2016-yil.
  116. Mahan, Colin „Trump will live the Days of our Lives“. TV.com (16-sentyabr 2005-yil). 26-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-iyun 2016-yil. (Wayback Machine saytida 26-avgust 2016-yil sanasida arxivlangan)
  117. Fox, Emily „Donald Trump's Missed Calling: Broadway“. The Hive. Qaraldi: 8-iyun 2016-yil.
  118. Garvey, Marianne; Niemietz, Brian; Coleman, Oli Coleman; Maresca, Rachel. „Donald Trump in 'Wall Street' sequel: Don't touch my hair!“. Daily News (7-sentyabr 2015-yil). Qaraldi: 10-iyun 2016-yil.
  119. Kreps, Daniel. „Watch Donald Trump Dance to Drake's 'Hotline Bling' in 'SNL' Spoof“. Rolling Stone (8-noyabr 2015-yil). 9-noyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyun 2016-yil.