ANNOUNCED: Zarrabi masjidi - Everything We Know

Koordinatalari: 40°40′15″N 46°21′23″E / 40.670811°N 46.356359°E / 40.670811; 46.356359
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Zarrabi masjidi
arabcha: Zərrabi məscidi
Technology news and reviews image
Sobiq masjid, 2019-yil
Mamlakat  Ozarbayjon
Joylashuvi Ganja
Koordinatalar 40°40′15″N 46°21′23″E / 40.670811°N 46.356359°E / 40.670811; 46.356359
Meʼmoriy uslub Arran meʼmorchilik maktabi
Binokorlik sanasi XIX asr
Gumbazlar soni 2
Gumbazlar soni 2

Zarrabi masjidi – Ozarbayjonning Ganja shahrida joylashgan sobiq masjid va meʼmoriy yodgorlik. Masjid XIX asrda qurilgan va 2001-yil 2-avgustda Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 132-sonli qarori bilan mahalliy ahamiyatga ega koʻchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan.

1928-yilda binodan masjid sifatida foydalanish toʻxtatilgach, avval yashaydigan uy sifatida ishlatilgan, keyinchalik esa restavratsiya qilinib, Ganja davlat drama teatri ixtiyoriga topshirilgan.

Zarrabi masjidi XIX asrda Ganja shahrining Zarrabi mahallasida qurilgan[1][2]. Tadqiqotchi Farrux Ahmadovning qayd etishicha, ushbu meʼmoriy yodgorlikning barpo etilishiga Zarrabi mahallasining mashhur shaxslari Hoji Kazanfar Karbalayi ogʻa oʻgʻli, Mashadi Gasim Hoji Ahmadli, Ali Bey Hoji Alibeyov, Karbalayi Sur Abdulloh oʻgʻli va boshqalar hissa qoʻshgan boʻlib, qurilish mahalliy aholi tomonidan moliyalashtirilgan[2]. Shuningdek, qadimgi Ganjada ham Zarrabi masjidi boʻlgani taxmin qilinadi[3], ammo oʻsha masjid 1139-yilgi zilzila oqibatida vayron boʻlgan[4].

Ozarbayjonda sovet bosqinidan soʻng, 1928-yilda rasmiy ravishda dinga qarshi harakat boshlandi[5]. Oʻsha yilning dekabr oyida Ozarbayjon Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi koʻplab masjidlar, cherkovlar va sinagogalarni maʼrifiy maqsadlarda foydalanilishi uchun klublar ixtiyoriga oʻtkazdi[5]. 1917-yilda Ozarbayjonda 3000 ta masjid boʻlgan boʻlsa, 1927-yilda bu son 1700 ta, 1928-yilda 1369 ta, 1933-yilda esa 17 tani tashkil qilgan[5][6]. Bu davrda Zarrabi masjidi ham ibodat uchun yopilgan va uning binosidan turar-joy sifatida foydalanilgan[4].

Keyinchalik mahalliy mutaxassislar va madaniyat namoyandalari shahar maʼmuriyatiga murojaat qilib, restavratsiya qilingan Zarrabi masjidida Poeziya teatri joylashtirilishini soʻragan[7]. Taklif maʼqullanib, bino taʼmirdan chiqarilgan va ijodiy jamoaga topshirilgan[7]. 1979-yildan boshlab binoda Nizomiy Poeziya teatri faoliyat yurita boshlagan[8]. Ushbu teatrda Nizomiy Ganjaviyning „Xamsa“ asarlaridan olingan syujetlar asosida bir necha sahna asarlari namoyish etilgan[8]. Dastlab teatr 1981-yilgacha koʻngilli sifatida faoliyat yuritgan boʻlsa-da, keyinchalik unga Ganja davlat drama teatri tarkibidan shtatlar ajratilgan[manba kerak].

Ozarbayjon mustaqillikka erishgach, masjid Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-avgustdagi 132-sonli qarori bilan mahalliy ahamiyatga ega koʻchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritildi[9][10].

2008-yildan boshlab Zarrabi masjidi binosi, yaʼni Nizomiy Poeziya teatri joylashgan qism Ganja davlat drama teatri tarkibiga qoʻshildi va hozirgi kunda uning ochiq sahnasi sifatida faoliyat yuritadi[11][12][13].

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid ikki gumbazli boʻlib, ayvonli masjid uslubida qurilgan[14][15]. Bino 3 qismdan iborat: umumiy maydoni 70 m2 (750 kv ft) boʻlgan katta namoz zali, maydoni 30 m2 (320 kv ft) boʻlgan kichik xona va uzunligi 25 m (82 ft), eni 3 m (9.8 ft) boʻlgan ayvon. Namoz zali yetarli boʻlmagan paytlarda namozxonlar ayvondan ham foydalangan[4].

  1. Məmmədov, Mərdan. Gəncə abidələri (az). Bakı: Azərnəşr, 2021 — 47-bet. Qaraldi: 2024-yil 17-sentyabr. 
  2. 2,0 2,1 Elnur İsmayılbəyli. „Zərrabi məscidi“. kepeztv.az (2014-yil 3-oktyabr). 2020-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-yanvar.
  3. „Gəncənin Zərrabi məscidi“ (az). gencexeber.az (2022-yil 18-fevral). 2025-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-sentyabr.
  4. 4,0 4,1 4,2 „Gəncə şəhəri Zərrabi məscidi“. sirat.az (2022-yil 28-mart). 2022-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-sentyabr.
  5. 5,0 5,1 5,2 Yunusov. Azərbaycanda İslam (az). Bakı: Zaman, 2004 — 140-bet. ISBN 9952-8052-2-5. Qaraldi: 2022-yil 14-dekabr. 
  6. Ələsgərova, Nəsrin „Ислам в Азербайджане: история и современность | Heinrich Böll Stiftung | Tbilisi – South Caucasus Region“ (ru). ge.boell.org (2005-yil 15-yanvar). 2019-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-sentyabr.
  7. 7,0 7,1 Nizamiqızı, Həmidə „Poeziyanın səhnə ünvanı“. medeniyyet.az (2021-yil 7-may). 2024-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-sentyabr.
  8. 8,0 8,1 Rzayev, Fərman. Nizami Gəncəvi və teatr (az). Bakı: Elm nəşriyyatı, 2008 — 279-bet. ISBN 5-8066-1711-4. Qaraldi: 2024-yil 18-sentyabr. 
  9. „Azərbaycan Respublikası Nazirlər Kabinetinin 2001-ci il 2 avqust Tarixli 132 nömrəli qərarı ilə təsdiq edilmişdir“ (az). mct.gov.az (2001-yil 2-avgust). 2021-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-dekabr.
  10. „Zərrabi məscidi“. regex.mct.az. Qaraldi: 2024-yil 18-sentyabr.
  11. „Nizami Gəncəvinin irsini nümayiş etdirən Gəncə Dövlət Nizami Poeziya Teatrı“ (az). gencexeber.az (2022-yil 12-noyabr). 2022-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-sentyabr.
  12. „Gəncə Dövlət Nizami Poeziya Teatrının Gəncə Dövlət Dram Teatrına birləşdirilməsi haqqında“ (az). e-qanun.az (2008-yil 20-sentyabr). 2024-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-sentyabr.
  13. Gəncənin maddi mədəniyyət abidələri (az). Bakı: Nurlan, 2004 — 51-bet. Qaraldi: 2024-yil 19-sentyabr. 
  14. Əhmədov, Fərrux. Gəncənin tarix yaddaşı (az). Bakı: Şirvannəşr, 1998 — 150-bet. Qaraldi: 2024-yil 18-sentyabr. 
  15. Azərbaycan Respublikası Məscidlərinin Ensiklopediyası (az). Bakı: Beynəlxalq Əlhuda, 2001 — 168-bet. ISBN 964-8121-59-1.