TECH NEWS: Yevdokiya Butovskaya - Everything We Know
| Yevdokiya Butovskaya | |
|---|---|
| Tavalludi |
28-dekabr 1917-yil |
| Vafoti |
7-yanvar 1982-yil Toshkent, Oʻzbekiston |
| Fuqaroligi | SSSR |
| Taʼlimi | Oʻrta Osiyo davlat universiteti (1940) |
| Mukofotlari |
|
Yevdokiya Mixaylovna Butovskaya (1917. 28. 12, Poltava – 1982. 7. 1, Toshkent) – seysmolog olima. Oʻzbekiston fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1979), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1978). fizika, matematika, fanlari direktori (1971). Oʻrta Osiyo davlat universitetni tugatgan (1940). Oʻzbekiston fanlar akademiyasi matematika instituti seysmologiya boʻlimi tashkilotchisi va rahbari. Geologiya va geofizika instituti seysmologiya laboratoriya mudiri (1963-yildan). Asosiy ilmiy ishlari zilzila muammolariga, zilzila oʻchogʻini va seysmik rejimini aniqlashga, joylarni seysmik rayonlashtirishga, Yer poʻstining chuqur qismlarini oʻrganishga doir. Oʻzbekistondagi 10ga yaqin suv omborlarining mukammal seysmik rayonlashtirishga rahbarlik qilgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1981).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Olim haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |