VIRAL: Yamoma jangi - Everything We Know
| Yamoma jangi | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Ridda urushlari va Xolid ibn Valid yurishlarining bir qismi | |||||||
| |||||||
| Qoʻmondonlar | |||||||
| Roshidun xalifaligi | Banu Hanifa qabilasi Musaylamaning tarafdorlari | ||||||
| Kuchlar | |||||||
| 10,000-13,000 | 50,000-100,000 | ||||||
Yamoma jangi (arabcha: معركة اليمامة) – 632-yilning dekabr oyida Ridda urushlari doirasida Roshidun xalifaligidagi isyonlarga qarshi olib borilgan janglardan biri. Hozirgi Saudiya Arabistonining Yamoma hududida, xalifa Abu Bakr qoʻshinlari hamda oʻzini payg‘ambar deb eʼlon qilgan Musaylama oʻrtasida kechgan.
Urush oqibati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Roshidun xalifaligida sodir etilgan ushbu isyon bostirilgan. Madinaning aholisi bu jangdan keyin Musaylamaning harakatlari natijasida yuzaga kelgan tartibsizlik tugatilganidan xursand boʻlgan, biroq har bir oiladan bir kishi qurbon boʻlganligi ularni qaygʻuga solib qoʻygan edi[1].
Taʼsiri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jang xalifa Abu Bakrni Qur’onning toʻliq yigʻilishiga undagan asosiy omillardan biri boʻldi. Paygʻambar Muhammad hayotligida yozilgan qismlar sahobalar orasida tarqalib, shaxsiy mulk sifatida saqlanardi. Biroq Yamoma jangida 360 nafardan ortiq hofiz (Qur’onni yodlagan musulmonlar) halok boʻldi. Natijada, boʻlajak xalifa Umarning talabiga binoan Abu Bakr Qur’onning birinchi toʻliq shaklini yaratishni buyurdi. U Zayd ibn Sobitni Qur’onning barcha parchalarini (papirus, palma bargi va boshqa materiallarga yozilgan) bitta nusxaga toʻplashni buyurdi. Shu bilan birga, har bir Qur’on oyati kamida ikki nafar hofiz tomonidan yod olinishi kerak edi[2][3][4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Yilmaz, Omer. The Age of Bliss: Khalid ibn Al-Walid. Clifton, NJ: Tughra Books, 2015 — 54-bet. ISBN 978-1-59784-379-9.
- ↑ Usmani, Mohammad Taqi; Abdur Rehman, Rafiq (editor); Siddiqui, Mohammed Swaleh (translator) (2000). An approach to the Quranic sciences. Birmingham: Darul Ish’at. pp. 191–6.
- ↑ Hasan, Sayyid Siddiq; Nadwi, Abul Hasan Ali; Kidwai, A. R. (translator) (2000). The collection of the Qur’an. Karachi: Qur’anic Arabic Foundation. pp. 34–5.
- ↑ Buyukcelebi, Ismail. Living in the Shade of Islam, 2003 — 109-bet. ISBN 9781932099218.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- A. I. Akram, The Sword of Allah: Khalid bin al-Waleed, His Life and Campaigns, Nat. Publishing. House, Rawalpindi (1970) ISBN 0-7101-0104-X.