ANNOUNCED: Xurshid Do%CA%BBstmuhammad | Tech News Today
| Xurshid Doʻstmuhammad | |
|---|---|
| Tavalludi |
Doʻstmuhammedov Xurshid Nabievich 8-yanvar 1951-yil |
| Kasbi | Jurnalist, yozuvchi |
| Ijod qilgan tillari | Oʻzbekcha |
| Fuqaroligi |
|
| Taʼlimi | Toshkent davlat universiteti |
| Yoʻnalish | modernizm |
| Janr | nasr |
| Shoh asari | „Jajman‘‘ hikoyasi |
| Mukofotlari |
|
Xurshid Doʻstmuhammad (1951-yil 8-yanvar, Toshkent shahri, Oʻzbekiston SSR) – yozuvchi, jurnalist, Filologiya fanlari doktori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi[1].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ish faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1976-yilda Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan. 1973—1978-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi „Fan“ nashriyoti hamda 1978—1984-yillarda Fan va turmush jurnalida muharrir va boʻlim muharriri, 1984—1986-yillarda „Selskaya pravda“ – „Qishloq haqiqati“ gazetasida muxbir, 1986—1995-yillarda Yosh kuch jurnalida boʻlim muharriri, bosh muharrir oʻrinbosari, bosh muharrir kabi lavozimlarda, 1995—1997-yillarda Oʻzbekiston Ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qoʻllab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy fondining hamraisi, Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi oʻrinbosari, 1997—2002-yillarda „Hurriyat“ gazetasida bosh muharrir, 2005—2007-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikerining oʻrinbosari – qoʻmita raisi, 2008—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikerining oʻrinbosari, 2010—2015-yillarda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakulteti kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2020-yildan hozirga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati hisoblanadi. 2015-yildan boshlab yozuvchi nafaqaga chiqqan. Hozirda erkin ijodkor sifatida ijodiy faoliyatini davom ettirmoqda.
Ijodiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xurshid Doʻstmuhammad zamonaviy oʻzbek adabiyotining koʻzga koʻringan vakillaridan biri hisoblanadi. Dastlabki kitobi – 1989-yilda „Hovli etagidagi uy“ nomi bilan nashrdan chiqqan. Shundan keyin yozuvchining „Panoh“, „Oromkursi“, „Soʻroq“, „Sof oʻzbekcha qotillik“, „Mahzuna“, „Ibn Mugʻanniy“, „Yolgʻizim – Siz“, „Koʻz qorachigʻidagi uy“ kabi asarlari, ayniqsa 1997-yilda nashrdan chiqqan „Jajman“ hikoyasi, shuningdek, 2000-yilda nashr etilgan „Hijronim mingdir mening“ qissa va hikoyalar toʻplami, „Yolgʻiz“ qissa va maqolalar toʻplami, „Bozor“[2] romani va boshqa asarlari adabiy jamoatchilik tomonidan yaxshi qabul qilingan. Yozuvchi shuningdek, qatagʻon qurbonlaridan birining fojiali taqdiriga bagʻishlangan „Hamid Aʼlamovning aytolmagan gaplari“ xotira essesi va 2002-yilda nashr qilingan „Jurnalist boʻlmoqchimisiz?“ nomli risolasi va shu yili chop qilingan „Chayongul“ kinossenariysi muallifi[3]. 2014-yilda yozuvchining „Qichqiriq“, 2016-yilda esa „Donishmand Sizif“ romanlari nashrdan chiqdi.
Xurshid Doʻstmuhammad yapon adibi Ryūnosuke Akutagawa, ispan adibi Ignacio Aldecoa, shuningdek, Ales Juk, Boris Sachenko, Andrius Riuk kabi yozuvchilarning asarlarini oʻzbekchaga oʻgirgan. 2000-yilda uning „Quyiqishloqcha qotillik“ssenariysi asosida „Chayongul“ badiiy filmi yaratilgan[4].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adibning „Bozor“ romani, „Hijronim mingdir mening“ va „Ozod iztirob quvonchlari“ kitoblari 2000-yilgi „Ofarin“ mukofotiga sazovor boʻlgan. 2020-yil Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan „Ehtirom“ mukofoti topshirilgan. 1997-yilda „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan boʻlsa, 2006-yilda Doʻstlik ordeni bilan mukofotlangan. 2020-yilda yozuvchiga Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi faxriy unvoni topshirilgan.
„Qahr“ qissasi tanqidi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xurshid Do‘stmuhammadning O'zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhorning so‘nggi kunlari haqida yozgan „Qahr“ qissasi 2025-yil „Sharq yulduzi“ jurnalining birinchi sonida bosilib chiqdi. Oradan bir muncha vaqt o‘tgach „Til va adabiyot ta'limi“ jurnali qoshida tashkil etilgan „Adabiy davra“da asar muhokamasi bo‘lgach, qissa keng jamoatchilik va ijodkorlar e'tiborini tortdi. Qissa haqida adabiyotshunos-tanqidchi Musulmon Namoz:
...Mutolaa so‘ngida tilimga kelgan ilk jumla „Xurshid aka mavzuni arzon sotibdi“, bo‘ldi. Sal keyinroq, o‘ylab turib, „Qissa qahramonini Abdulla Qahhor deb atamasligi kerak edi. Sotqin bir yozuvchining oʻlim oldi talvasalarini yozmoqchi ekan, uning ismini Eshmatmi, Pirmatmi, deb qo‘ysa, adabiyotimiz yutardi“, degan xayollar ham o‘tdi.
– deya yozdi [5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://m.kun.uz/news/2020/08/27/prezident-mustaqillik-bayrami-arafasida-ijtimoiy-sohadan-166-kishini-mukofotladi-royxat
- ↑ „«Bizdagi sun'iy demokratiya shaxslarni ham, erkin fikrni ham yo‘qotdi». Xurshid Do‘stmuhammad bilan suhbat“. kun.uz. Qaraldi: 13-iyun 2024-yil.
- ↑ „XURSHID DO‘STMUHAMMAD (1951)“. ziyouz.com. Qaraldi: 13-iyun 2024-yil.
- ↑
„Xurshid Doʻstmuhammad“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (X-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
- ↑ „„Qahr“ – Arzon sotilgan mavzu“. Oyina.uz date=2025-12-24. Qaraldi: 2026-yil 30-yanvar.
| Yozuvchi, shoir yoki dramaturgga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |