LATEST: Vladimir Yegin | Latest Update
Bu maqola oʻzbek tilining imlo qoidalariga muvofiq yozilmagan. Qarang: VP:ORFO. |
| Yegin Vladimir Nikolayevich | |
| ruscha: Егин Владимир Николаевич' | |
| Tugʻilgan sanasi: | 3-sentyabr 1952-yil |
| Tugʻilgan joyi: | Moskva, |
| Maksimal reytingi: | 2476 (2002-yil yanvar) |
| Mukofotlari: | |
Yegin Vladimir Nikolayevich (1952-yil Moskva shahrida tugʻilgan) – SSSR Shaxmat ustasi, Oʻzbekiston chempioni, Xalqaro toifadagi Grossmeyster, Xalqaro shaxmat akademiyasi murabbiyi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozi faxriy unvoni sohibi boʻladi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yegin Vladimir 1974—1976-yillarda Oʻzbekiston Davlat suv xoʻjaligi va melioratsiya loyihalashtirish-qidirish va ilmiy-tekshirish instituti muhandisi sifatida ish boshlaydi. 1976—1984–yillarga kelib esa u oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublika Fanlar Akademiyasining „Kibernetika“ instituti katta muhandisi sifatida davom ettirdi. 1984—1992-yillarga kelib Rossiya Federatsiyasi „Krasnaya Zarya“ ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi katta ilmiy xodimi ish faoliyatini yoʻlga qoʻydi. Undagi shaxmatga boʻlgan qiziqish va salohiyat 1992—1994-yillarda Oʻzbekistonda Yangiyoʻl shahar oʻquvchilar uyi shaxmat murabbiysi boʻlib ishini davom ettirishga sababchi boʻldi. Oradan ikki yil oʻtgach esa 1994—1996-yillarda Toshkent viloyat shaxmat maktabi murabbiyisi sifatida ishini davom ettirdi. Uning bu sohadagi yetuklik darajasini hisobga olgan holda 1998—1999-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi shaxmat boʻyicha sportchi-yoʻriqchisi sifatida faoliyatini davom ettirishga toʻgʻri keldi. Biroz tanaffusdan soʻng 2002—2004-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi shaxmat boʻyicha sportchi-yoʻriqchisi sifatida yana ishini davom ettirdi. 2008—2017-yilga qadar esa Sport oʻyinlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi katta murabbiyi boʻlib shaxmatchilar mahoratini oshirishga hissa qoʻshdi. 2017—2019-yillarda Shaxmat boʻyicha ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari Respublika bolalar va oʻsmirlar sport maktabi murabbiyi boʻlib yoshlarga taʼlim bergach, uning sohadagi yutuqlarini va tajribasini hisobga olgan holda 2019-yilda Xalqaro Shaxmat Akademiyasi murabbiyi sifatida tan olindi.
Eʼtirof
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yegin Vladimir 1995-yilda Xalqaro sport ustasi darajasini oldi, 1979-yil shaxmat boʻyicha SSSR sport ustasi , FIDE murabbiyi (2012)[1]. Shaxmat boʻyicha 1979-yilgi Oʻzbekiston SSR chempionati gʻolibi (17 balldan 12,5 ball) boʻldi[2]. 2007-yillardagi Oʻzbekiston chempioni, 2007-yilda u Timur Gareyev va Anton Filippov bilan birga 13 balldan 9,5 ball toʻpladi[3]. 2009-yilgi Oʻzbekiston chempionatining bronza medali sovrindori boʻldi. Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida 1998-yilda shaxmat boʻyicha olimpiadalar, jamoaviy jahon chempionati va Osiyo jamoaviy chempionatlari ishtirokchisidir. Hindistonning Chennay shahrida boʻlib oʻtgan Butunjahon 44-shaxmat olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etgani uchun Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi Yegin Vladimir Nikolayevich Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Maksimal reyting – 2476 (2002-yil yanvar).
Natijalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Yil | Shahar | Musobaqa | + | − | = | Natija | Oʻrni |
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| 1973 | Odessa | Sahxmat ustalari musobaqasi | |||||
| 1977 | Тoshkent | Oʻzbekiston SSSR chempionati | |||||
| Toshkent | Memorial A. Xodjaeva | 7 | 2 | 6 | 10 iz 15 | 2—5[4] | |
| 1978 | Toshkent | Oʻzbekiston SSSR chempionati | |||||
| 1979 | Toshkent | Oʻzbekiston SSSR chempionati | 12½ iz 17 | 1 | |||
| Moskva | SSSR xalqlarining VII Spartakiadasi (Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi) | ||||||
| 1985 | Toshkent | A. Xodjaev xotirasi | |||||
| 1996 | Yekaterinburg | G. V. Bastrikov xotirasi | 2 | 3 | 4 | 4 iz 9 | 6—7[5] |
| 1997 | Moskva | G. A. Goldberg xotirasi | 6½ iz 13 | 6—8[6] | |||
| Sankt-Peterburg | M. I. Chigorin xotirasi | [7] | |||||
| 1998 | Genting | Jamoalar oʻrtasidagi Osiyo chempionati(Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi) | 6 | 0 | 1 | 6½ iz 7 | |
| Элиста | XXXIII Olimpiada (Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi) | 2 | 2 | 3 | 3½ iz 7 | ||
| Orol | Shaxmat boʻyicha xalqaro turnir | 6½ iz 13 | 8—9[8] | ||||
| 2001 | Kalkutta | Osiyo Chempionati | |||||
| Yerevan | Shaxmat boʻyicha jamoalar oʻrtasidagi jahon chempionati (Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi) | 1 | 0 | 3 | 2½ iz 4 | ||
| 2004 | Kalviya | XXXVI Olimpiada (sbornaya Oʻzbekiston) | 0 | 2 | 5 | 2½ iz 7 | |
| 2007 | Toshkent | G. T. Azamov xotira turniri | 5 | 2 | 2 | 6 iz 9 | |
| Toshkent | Oʻzbekiston Chempionati | 6 | 0 | 7 | 9½ iz 13 | 1—3 | |
| 2009 | Toshkent | G. T. Azamov xotira turniri | |||||
| Toshkent | Oʻzbekiston Chempionati | 7½ iz 12 | 3—4[9] | ||||
| 2011 | Toshkent | G. T. Azamov xotira turniri | |||||
| 2012 | Toshkent | G. T. Azamov xotira turniri | |||||
| 2013 | Toshkent | G. T. Azamov xotira turniri | |||||
| 2014 | Toshkent | G. T. Azamov xotira turniri | |||||
| 2015 | Toshkent | G. T. Azamov xotira turniri | |||||
| Olmaota | Oʻrta Osiyo Kubogi | ||||||
| 2016 | Аbu-Dabi | Osiyo Millatlar Kubogi | |||||
| Toshkent | G. T. Azamov xotira turniri | ||||||
| 2017 | Toshkent | G. T. Azamov xotira turniri |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „На сайте ФИДЕ“. 2018-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-mart.
- ↑ „Архивированная копия“. 2018-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-mart.
- ↑ „Чемпионат Узбекистана среди мужчин (Высшая Лига)“ (deadlink). 2018-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-mart.
- ↑ Yutuq I. V. Ivanov.
- ↑ Yutuq A. Y. Vaulin.
- ↑ YutuqYe. Ye. Vorobiyev va B.Annakov.
- ↑ Pobedil K. R. Sakaev.
- ↑ Pobedil S. G. Kalugin.
- ↑ Yutuq J. Hamroqulov