JUST IN: Visla - The Verge Report

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Visla
Technology news and reviews image
Tavsif
Uzunligi 1 047
Suv sarfi 1 080 m³/s
Joylashuvi
Technology news and reviews image
Davlat Polsha
Visla

Visla yoki VistulaPolshadagi eng katta daryo. Uzunligi 1047 km, havzasining maydoni 198,5 ming km2. Gʻarbiy Karpat (Sileziya Beskidi) togʻlaridan boshlanib, Boltiq dengizining Gdansk qoʻltigʻiga delta hosil qilib quyiladi. Yirik irmoqlari: oʻngdan — Dunayes, Visloka, San, Gʻarbiy Bug va b.; chapdan — Pilitsa, Brda. Visla boshlangan joyidan 40 km gacha togʻ orasidan, Pshemsha bilan qoʻshilgach tekislikdan oqadi; yozda Karpat togʻlariga yoqqan jalalar natijasida toshadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 1090 m3/sek. Visla Polshaning muhim transport magistrali. Quyilish joyidan Pshemsha irmogʻi qoʻshilgan joygacha 940 km masofada kema qatnaydi. Visla kanallar orqali Neman, Dnepr, Odra daryolari 6-n qoʻshilgan. Visla boʻyida Varshava, Krakov, Plotsk, Torun sh.lari, deltasida Gdansk sh. joylashgan.