SHOCKING: Valentin Foubert - The Verge Report

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Valentin Foubert
Technology news and reviews image
Valentin Foubert 2020-yilgi Oʻsmirlar Qishki Olimpiada oʻyinlarida
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Fuqaroligi Fransiya bayrogʻi Fransiya
Tavallud sanasi 17-avgust 2002-yil (2002-08-17) (23 yosh)
Fontainebleau, Fransiya
Sport
Mamlakat Fransiya bayrogʻi Fransiya
Qaysi sport Tramplindan sakrash

Valentin Foubert (2002-yil 17-avgustda tugʻilgan) – fransiyalik sportchi, tramplindan sakrash sporti bilan shugʻullanadi.

2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida erkaklar oʻrtasida oʻrtacha balandlikdagi tepalikdan tramplindan sakrash sporti boʻyicha yakkalik bahsida 5-oʻrinni egallab, Qishki Olimpiada oʻyinlari tarixida fransiyalik sportchilar orasida eng yaxshi natijani qayd etishga muvaffaq boʻldi.

Sport faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Foubert 2020-yilgi Oʻsmirlar Qishki Olimpiada oʻyinlarida Fransiya sharafini himoya qilgan va oʻrtacha balandlikdagi tramplindan sakrash yoʻnalishi aralash jamoaviy bahslarida bronza medalni qoʻlga kiritgan.

2020-yil 29-dekabrda sportchi Oberstdorf shahrida boʻlib oʻtgan 4H turnirida Jahon kubogidagi ilk ishtirokini oʻtkazib, musobaqada 55-oʻrinni egallagan. 2024-yil 13-avgustda FIS tramplindan sakrash boʻyicha Gran-pri bahslarining ochilish bosqichida 2-oʻrinni egallab, faoliyatida ilk bor Gran-pri shohsupasiga koʻtarilgan[1].

2025–202626-yilgi Jahon kubogi mavsumi davomida Foubert 4 marotaba kuchli oʻntalikka kirgan. Jumladan, 2025-yil 29-noyabrda beshinchi oʻrin va 2025-yil 14-dekabrda eng yaxshi natijasi – toʻrtinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan. Shundan soʻng sportchi 2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida Fransiya sharafini himoya qilish uchun terma jamoa tarkibiga kiritilgan[2][3][4][5].

Yirik turnirlardagi natijalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishki Olimpiada oʻyinlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Mezbon Shaxsiy Jamoaviy
Normal Katta Super Aralash
2026 Italiya Milan–Kortina 5

Jahon kubogi natijalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
 Mavsum  Umumiy 4H SF RA
2020–21  – 65  – N/A
2021–22  –  –  –
2023–24 61 53  – 48
2024–25 27 29 37 25
2025–26 18 22 N/A
  1. „Klinec and Kraft win in Courchevel“. fis-ski.com (2024-yil 14-avgust). Qaraldi: 2026-yil 9-fevral.
  2. „Valentin Foubert, le décollage silencieux“ (fr). equipedefrance.com (2026-yil 2-fevral). Qaraldi: 2026-yil 9-fevral.
  3. „Quatrième à Klingenthal, Valentin Foubert améliore son meilleur résultat en Coupe du monde“ (fr) (2025-yil 14-dekabr). Qaraldi: 2026-yil 9-fevral.
  4. „Valentin Foubert : "En saut à skis le mental est aussi important que le physique"“ (fr). Radio France (2026-yil 2-yanvar). Qaraldi: 2026-yil 9-fevral.
  5. „Déjà présents aux Jeux de Milan Cortina, cinq jeunes Français appelés à briller en 2030 en France“ (fr) (2026-yil 7-yanvar). Qaraldi: 2026-yil 9-fevral.