REVEALED: Topqara%C4%9Fac masjidi | Tech Insider

Koordinatalari: 41°11′14″N 47°10′14″E / 41.1871°N 47.1706°E / 41.1871; 47.1706
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Topqarağac masjidi
Technology news and reviews image
Mamlakat  Ozarbayjon
Hudud Shaki
Joylashuvi M.A. Rasulzoda koʻchasi, 70
Koordinatalar 41°11′14″N 47°10′14″E / 41.1871°N 47.1706°E / 41.1871; 47.1706
Binokorlik 18991902

Topqarağac masjidi – 1899–1902-yillar oraligʻida Ozarbayjonning Shaki shahrida qurilgan masjid.

2001-yil 2-avgustdagi Ozarbayjon Vazirlar Mahkamasining 132-sonli qaroriga koʻra, masjid minorasi mahalliy ahamiyatga ega koʻchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan.

Topqarağac masjidi 1899–1902-yillar oraligʻida Shaki shahrining Topqarağac mahallasida qurilgan. Ichki qismi 24 × 12 metr, ayvoni esa 24 × 4,5 metrni tashkil etadi. Masjid pishiq gʻisht va daryo toshidan qurilgan[1].

Ozarbayjonda sovet istilosidan soʻng, 1928-yilda rasmiy ravishda dinga qarshi harakat boshlandi[2]. Oʻsha yil dekabr oyida Ozarbayjon Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi koʻplab masjidlar, cherkovlar va sinagogalarni maʼrifiy maqsadlarda foydalanish uchun klublar tasarrufiga oʻtkazdi[3]. 1917-yilda Ozarbayjonda 3000 ta masjid mavjud boʻlgan boʻlsa, bu raqam 1927-yilda 1700 ta, 1928-yilda 1369 ta, 1933-yilga kelib esa atigi 17 tani tashkil etgan[3][4]. Shu davrda Topqarağac masjidi ham ibodat uchun yopilgan. Masjid binosidan omborxona va tikuvchilik ustaxonasi sifatida foydalanilgan[1].

Ozarbayjon mustaqilligini tiklagach, masjid va uning tarkibida faoliyat yuritgan madrasaning faoliyati qayta tiklandi[1]. Masjid 2001-yil 2-avgustdagi Ozarbayjon Vazirlar Mahkamasining 132-sonli qaroriga binoan mahalliy ahamiyatga ega koʻchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritildi[5]. 2018-yilda masjid yana ibodat uchun yopildi[6].

  1. 1,0 1,1 1,2 Azərbaycan Respublikası Məscidlərinin Ensiklopediyası (az). Bakı: Beynəlxalq Əlhuda, 2001 — 296-bet. ISBN 964-8121-59-1. 
  2. Yunusov, Arif. Azərbaycanda İslam (az). Bakı: Zaman, 2004 — 140-bet. ISBN 9952-8052-2-5. Qaraldi: 2022-yil 14-dekabr. 
  3. 3,0 3,1 Yunusov, Arif. Azərbaycanda İslam (az). Bakı: Zaman, 2004 — 141-bet. ISBN 9952-8052-2-5. Qaraldi: 2022-yil 14-dekabr. 
  4. Ələsgərova, Nəsrin „Ислам в Азербайджане: история и современность | Heinrich Böll Stiftung | Tbilisi – South Caucasus Region“ (ru). ge.boell.org (2005-yil 15-yanvar). 2019-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-sentyabr.
  5. „Azərbaycan Respublikası Nazirlər Kabinetinin 2001-ci il 2 avqust Tarixli 132 nömrəli qərarı ilə təsdiq edilmişdir“ (az). mct.gov.az (2001-yil 2-avgust). 2021-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-dekabr.
  6. „Şəkidə dini zəmində insident: cərimə edilənlər və həbs olunanlar var...“. İpəkçi qəzeti (2018-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2025-yil 24-iyun.