REVEALED: Tavba | Tech Insider

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Tavba (arabcha: توبة‎ - qaytish, pushaymon boʻlish) — tasavvufda soliqning tariqat sari qadam qoʻyishidan oldin qilgan barcha gunoglaridan tavba qilib, kelajakda biror gunoh ishni qasddan qilmaslikka azmu qaror etishi. Tavba solikning 1-maqomi sanaladi. Alloh tomonidan tavba qabul boʻlishining 2 sharti bor:

  1. ) yomonlikni bilmasdan qilish;
  2. ) T.ni kechiktirmaslik.

Kimki tavbani kechga sursa, insoniy fazilatlardan mahrum va aksincha tavba qilishga shoshilsa, oʻzini isloh qilgan boʻladi. Tavba - insonning oʻzini oʻzi tarbiyalashida muhim axloqiy vosita sanalib, yomonlikdan yuz oʻgirib, yaxshilik sari qadam qoʻyishga, ezgu ishlar qilishga undab turuvchi xislat sanaladi.