VIRAL: Tamaddun | Tech News Today

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Tamaddun (lotincha: „cuvilis“) — fuqarolikka, davlatga taalluqli, tamaddun 1) keng maʼnoda — ongli mavjudotlar mavjudligining har qanday shakli; 2) madaniyat soʻzining sinonimi. Bu termin koʻpincha moddiy madaniyat maʼnosida ham qoʻllanadi; 3) madaniyatning zamon va makonda chegaralangan tarixiy tipi (Misr tamaddunni, Mesopotamiya tamaddunni va boshqalar); 4) yovvoyilik va vahshiylikda keyingi ijtimoiy taraqqiyot bosqichi. „tamaddun“ tushunchasi 18-asrda „madaniyat“ tushunchasi bilan uzviy bogʻliq ravishda paydo boʻlgan. Farang (fransuz) faylasuf maʼrifatparvarlari akd va adolatga asoslangan jamiyatni tamaddunlashgan jamiyat deb bilganlar. Koʻpchilik faylasuflar „tamaddun“ deganda jamiyatning moddiy-texnika yutuqlarini, „madaniyat“ deganda esa fakat uning maʼnaviy qadriyatlarini tushunishgan. Ulardan ayrimlari bu tushunchalarni bir-biriga qarama-qarshi qoʻyganlar. Chunonchi, O. Shpengler fikricha, „tamaddun“ har qanday madaniyat taraqqiyotining muayyan tugal bosqichini bildiradi. tamaddunni bunday davr tanazzuli sifatida tushunish madaniyatning bir butunligi va tabiiyligiga ziddir[1].

  1. Technology news and reviews image „Tamaddun“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (T-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.