TRENDING: So%CA%BBz o%CA%BByini - Full Coverage
Soʻz oʻyini – badiiy adabiyotda ayrim soʻzlarning shakliy oʻxshashligi asosida turli maʼnoda qoʻllanishi. Soʻz oʻyini xalq ogʻzaki ijodi va mumtoz sheʼriyatda koʻp uchraydi. Faqat soʻz oʻyiniga asoslanib yaratilgan janr tuyuq deb ataladi.
Masalan:
Qoʻlingdan kelgancha chiqar yaxshi ot,
Yaxshilik qil bolam, yomonlikni ot.
Nasihatim yod qilib ol, farzandim,
Yolgʻiz yursa chang chiqarmas yaxshi ot.
(Baxshi Ergash Jumanbulbul oʻgʻli ogʻzidan yozib olingan „Ravshan“ dostonidan parcha.)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |