EXCLUSIVE: Shuhrat Sodiqov - Complete Analysis
| Shuhrat Muhammadjonovich Sodiqov | |
|---|---|
Sadikov Shuxrat Muxammadjanovich | |
|
Fayl:Shuhrat Muhammadjonovich.png Shuhrat Sodiqov 2019-yil, AKT Vazirligi | |
|
Mansab davri 7-fevral 2024-yildan | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Abdurashid Joʻraboyev |
|
Mansab davri 15-fevral 2023-yildan – 7-fevral 2024-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
|
Mansab davri 8-avgust 2018-yildan – 4-noyabr 2021-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Azim Ahmadxoʻjayev |
| Vorisi | Sherzod Shermatov |
|
Mansab davri 1-avgust 2017-yildan – 8-avgust 2018-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
|
Mansab davri 25-mart 2010-yildan – 1-mart 2017-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
| Prezident | Islom Karimov |
|
Mansab davri 6-noyabr 2008-yildan – 25-mart 2010-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
| Prezident | Islom Karimov |
|
Mansab davri 2006-yildan – 2008-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar boʻyicha Axborot-tahlil boʻlimi bosh mutaxassisi | |
|
Mansab davri 2004-yildan – 2006-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
| Prezident | Islom Karimov |
| O'zbekiston Respublikasi Davlat aloqa inspektsiyasining boshliq vazifasini bajaruvchi, Toshkent shahar Davlat aloqa inspektsiyasi boshligʻi | |
|
Mansab davri 1997-yildan – 2002-yilgacha | |
| Prezident | Islom Karimov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
1-iyul 1969-yil Toshkent, OʻzSSR, SSSR,Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent Viloyati |
| Fuqaroligi |
|
| Millati | Oʻzbek |
| Siyosiy partiyasi | O'zbekiston Liberal Demokratik Partiyasi |
| Otasi | Muhammadjon Sidiqovich Sadikov |
| Taʼlim |
Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Jizzax Davlat Pedagogika Instituti |
| Mukofotlari |
|
| Vebsayti | [1] |
Shuhrat Muhammadjonovich Sodiqov (1969-yilda tugʻilgan, Toshkent viloyati, OʻzSSR, SSSR) – Oʻzbekiston davlat arbobi, bosh vazir kotibiyati rahbari.
2023-2024 yillarda Oʻzbekiston Bosh vaziri kotibiyati rahbarining oʻrinbosari, 2018—2021-yillarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shuhrat Muhammadjonovich Sodiqov 1969-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan.
Taʼlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]1992-yilda Jizzax davlat pedagogika institutini tamomlagan. 2004-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tugatgan va 2006-yilda magistraturani magistr darajasida tamomlagan. 2008-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan, iqtisod boʻyicha magistr darajasini olgan[1]
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1992-yilda Shuhrat Sodiqov oʻz ishini Jizzax radiotelefon aloqa markazida muhandis-iqtisodchi sifatida boshladi[2]. 1993-1997-yillarda „Nur“ kichik korxonasining kompyuter texnikasiga xizmat koʻrsatish va texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha texnik direktor boʻlib ishlagan. 1997-yildan 2002-yilgacha – Davlat aloqa inspektsiyasining inspektori, 1-toifali muhandisi, 2-toifali muhandisi, boshliq vazifasini bajaruvchi Toshkent shahar Davlat aloqa inspektsiyasi boshligʻi[3].
2004-2006-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar boʻyicha Axborot-tahlil boʻlimi bosh mutaxassisi boʻlib ishlagan. 2006-yildan beri oʻrinbosar, 2008-yil 6-noyabrdan esa – „Uztelecom“ AK Bosh direktori lavozimida ishlagan.
2010-yil 25-martda Shuhrat Sodiqov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar boʻyicha Axborot-tahlil boʻlimi boshligʻi etib tayinlandi[4]. 2017-yil 1-avgustdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori lavozimida ishlaydi[5].
2018-yil 8-avgustdan Oʻzbekiston Respublikasining Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri boʻlib ishlagan[6][7]. 2021-yil 3-noyabrda „Oʻzkomnazorat“ tomonidan Shaxsga doir maʼlumotlar sub’yektlari huquqlarini buzuvchilar reestriga qoʻshilgan ijtimoiy tarmoqlar (Telegram, YouTube, Instagram, Facebook va Odnoklassniki) faoliyati cheklab qoʻyilishi ortidan ishdan olindi.[8]
Shuhrat Muhamadjonovich Sodiqov 2023-yil 15-fevraldan 2024-yil 7-fevralgacha Oʻzbekiston bosh vaziri kotibiyati rahbarining oʻrinbosari. 2024-yil 7-fevraldan boshlab Sodiqov Shuhrat Muhammadjonovich bosh vazir kotibiyati rahbari lavozimiga tayinlandi.
Mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mehnat shuhrati ordeni (29.08.2020)[9]
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oilali, 4 ta farzandi bor.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „arxiv nusxasi“. 2021-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-aprel.
- ↑ https://uzreport.news/economy/shuhrat-sadikov-naznachen-generalnyim-direktorom-ak-uzbektelekom
- ↑ https://pc.uz/news/37815-naznachen-generalnyy-direktor-ak-uzbektelekom
- ↑ https://www.comnews.ru/content/20909/2010-03-31/glava-uzbektelekoma-vernulsya-na-gossluzhbu
- ↑ https://uz.sputniknews.ru/20170801/glava-nacionalnogo-agenstva-proektnogo-upravleniya-5946608.html
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2021-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-aprel.
- ↑ https://www.gazeta.uz/ru/2018/08/09/ict/
- ↑ Shuhrat Sodiqov va Olimjon Umarov lavozimidan ozod qilingani rasman tasdiqlandi
- ↑ https://www.gazeta.uz/ru/2020/08/29/reward/
| Oʻzbekistonlik shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |




