SHOCKING: Sherzod Qudbiyev - The Verge Report

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sherzod Qudbiyev
Technology news and reviews image
Technology news and reviews image
 1-Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi raisi
Technology news and reviews image
 
Mansab davri
2025-yil 20-noyabrdan
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis qilingan
Technology news and reviews image
 Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi raisi
Technology news and reviews image
 
Mansab davri
2023-yil 3-avgust – 2025-yil 20-noyabr
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi lavozim qayta taʼsis qilingan
Vorisi Farruh Poʻlatov
Mansab davri
2020-yil 13-maydan – 2022-yil 30-dekabrgacha
Oʻtmishdoshi Behzod Musayev
Vorisi lavozim bekor qilingan
Technology news and reviews image
 1-Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri
Technology news and reviews image
 
Mansab davri
2022-yil 30-dekabrdan – 2023-yil 3-avgustgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis qilingan
Technology news and reviews image
 Oʻzbekiston Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchisi
Technology news and reviews image
 
Mansab davri
2019-yil 30-avgustdan – 2020-yil 13-maygacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Umar Ismoilov
Vorisi Gʻofurjon Mirzayev
Technology news and reviews image
 Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri
Technology news and reviews image
 
Mansab davri
12-aprel 2018-yildan – 30-avgust 2019-yilgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Oʻktam Haitov
Vorisi Nozim Husanov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 12-aprel 1981-yil (1981-04-12) (44 yosh)
Fargʻona
Mukofotlari Technology news and reviews image
Unvoni Soliq xizmatining 3-darajali davlat maslahatchisi

Sherzod Davlyatovich Qudbiyev (oʻzbekcha: Шерзод Давлятович Қудбиев; 1981-yil 12-aprel) – 2025-yil 20-noyabrdan Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi raisi[1]. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi raisi (2020—2022[2]; 2023—2025[1]), Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri (2022—2023)[3][4][5][2]. Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchisi (2019—2020)[6], Oʻzbekiston Respublikasi mehnat vaziri (2018—2019)[7].

2003-yilda Fargʻona politexnika institutini tugatgan[8][9][10][11].

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

20032010-yillarda Mehnat vazirligida turli lavozimlarda, 20102012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining makroiqtisodiy rivojlantirish departamenti bosh mutaxassisi, 20122015-yillarda Mehnat vazirligi ilmiy-tadqiqot markazi direktori, 20152016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining makroiqtisodiy rivojlantirish departamenti rahbarining oʻrinbosari, 20162018-yillarda Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumani hokimi vazifalarida ishlagan.

Hukumatdagi faoliyatini 20182019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vaziri sifatida boshlagan.

20192020-yillarda Oʻzbekiston Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchisi[12].

2020-yil may oyidan 2022-yil oxirigacha[13] hamda 2023-yil avgustdan[2] 2025-yil 20-noyabrgacha[1] – Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasi raisi.

Shu bilan birga, 2022-yildan 2024-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan birlashtirilgunga qadar – Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasining fiskal instituti rektori vazifasini ham bajargan.

2022-yildan – Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi vazifasini ham bajarib kelmoqda[14].

2022-yil 30-dekabrdan 2023-yil 3-avgustgacha – Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri[3][2].

2025-yil 20-noyabrdan Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi raisi[1].

Sherzod Qudbiyev 2021-yilda Oliy Majlis deputati Rasul Kusherbayev ustidan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 99, 100, 1021 va 1022-moddalari hamda Fuqarolik protsessual kodeksining 33, 189 va 191-moddalariga asosan ish qoʻzgʻatishni soʻrab sudga murojaat qilgan. Uning sudga murojaat qilishiga Rasul Kusherbayevning 2021-yil 23-fevralda human.uz saytiga bergan intervyusi sabab sifatida koʻrsatilgan. Shikoyat arizasida Kusherbayev oʻz xatti-harakatlari bilan soliq organlariga 4.6 mlrd soʻm maʼnaviy zarar yetkazilgani daʼvo qilingan[15].
2021-yil may oyida Davlat soliq qoʻmitasi birlashgan kasaba uyushmasi vakillari hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev uchrashib, masalani sudgacha olib bormasdan hal qilishga kelishib olgach, sud ishi toʻxtatilgan[16].

Jurnalistlar bilan munosabati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sherzod Qudbiyev jurnalistlar bilan munosabatlariga doir chiqishlari bilan ham mashhur boʻlgan. Jumladan, 2021-yilda „Toshkent 5 tashabbus harakati“ doirasida Qudbiyevning yoshlar bilan uchrashuvida „obnal ishi“ haqida soʻragan jurnalistni „hayp uchun“ savol bermaslikka chaqiradi[17].
2022-yil yanvardagi matbuot anjumanida jurnalist qizga „xalq nomidan gapirish huquqi yoʻqligi“ni bildirib, jurnalistni „yosh qizcha“ deb atagani internetda faol muhokama qilingan[18].

2020-yil oktyabr oyida internetda Sherzod Qudbiyevniki ekanligi aytilgan audio xabarlar tarqaladi[19]. Unda DSQ raisi tadbirkorga ortiqcha toʻlangan QQS summasi oʻz vaqtida qaytarilmagani, uning hisob raqamini yopib qoʻyilganidan gʻazablanib, xodimni haqorat qilgan. Keyinchalik Qudbiyev audio oʻziga tegishli ekanligini tan olgan.
2021-yil may oyida Qudbiyev qalampir.uz jurnalistiga bergan qisqa intervyusida tarqalgan audio uchun oʻgʻil-qizi va ota-onasidan uyalganligini taʼkidlagan[20]

Men rahbar shaxs og‘ir vaziyatlarda ham vazminlik bilan harakat qilishi lozimligi to‘g‘risidagi fikrimda qat’iy turaman va yuqoridagi holatda o‘zim shu fikrga qarshi harakat qilganimni tan olaman. Yuzaga kelgan vaziyatda mas’uliyatni his qilgan holda, men yuqoridagi xodim bilan alohida suhbatlashdim va biz birgalikda yoqimsiz hodisaga to‘liq barham berdik. Lekin bu meni mas’uliyatdan forig‘ qilmaydi.

Videoning tarqalishi borasida quyidagilarni aytib o‘tmoqchiman.

Hech kimga sir emaski, soliq tizimida islohotlar boshlangan, shu bilan birga juda ko‘p muammolar yig‘ilib qolgan. Afsus bilan aytish kerakki, haligacha ayrim holatlarda tadbirkorlarga nisbatan “sog‘in sigir” sifatida qarab, ularning hisobidan o‘z xizmat vazifalarini, eng yomoni – ayrim hollarda esa shaxsiy manfaatlarini ko‘zlayotgan shaxslar uchrab turibdi.

Yuqoridagi videoda aynan shunday holatlar muhokama qilingan edi. Birinchi holatda – tadbirkorga ortiqcha toʻlangan QQS summasi oʻz vaqtida qaytarilmagan, ikkinchi holatda – asossiz ravishda hisob raqami band qilinib, undagi mablagʻlar undirilmoqchi boʻlgan.

Masaladan yaqindan xabardor boʻlganlar yaxshi bilishadiki, xodimlarning bunday mas’uliyatsiz hatti-harakatlari videoda aytib oʻtilgan ikkala tashkilotning ham faoliyati toʻxtatilishi kabi jiddiy oqibatlarga olib kelgan edi. Hozirda ushbu korxonalarning faoliyati toʻliq qayta tiklanishiga erishildi.

Afsuski, bugungi kunda bu kabi masalalarni hal etishda shaxsan mening aralashuvim talab etilmoqda

— Sherzod Qudbiyev, [21]

2024-yil 24-avgustda Doʻstlik ordeni bilan mukofotlangan[22].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Elshod S.. „Sherzod Kudbiyev Soliq qo‘mitasi raisligidan ketdi, Farrux Pulatov yangi rais bo‘ldi“. Gazeta.uz. Gazeta News (2025-yil 20-noyabr). Qaraldi: 20-noyabr 2025-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Шерзод Кудбиев яна Солиқ қўмитасига раис этиб тайинланди“. Gazeta.uz. Gazeta News (2023-yil 3-avgust). Qaraldi: 20-noyabr 2025-yil.
  3. 3,0 3,1 Technology news and reviews image Davletov(oʻzb.) Telegram mesenjerida
  4. Technology news and reviews image PMX(oʻzb.) Telegram mesenjerida
  5. „Prezident farmoni bilan 17 ta yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi“ (uz). Kun.uz. Qaraldi: 2022-yil 30-dekabr.
  6. https://www.gazeta.uz/oz/2016/09/23/hokim/
  7. https://www.xabar.uz/siyosat/bugun-yangi-rahbar-tayinlanadi
  8. https://daryo.uz/2018/04/12/bandlik-va-mehnat-munosabatlari-vazirligiga-yangi-rahbar-tayinlandi/%7Céditeur=Daryo}}[sayt ishlamaydi].
  9. https://www.gazeta.uz/ru/2018/04/12/minister/
  10. „arxiv nusxasi“. 2018-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-may.
  11. https://www.gazeta.uz/ru/2016/09/23/hokim/
  12. „Ш.Д.Кудбиевни Ўзбекистон Республикаси Президентининг давлат хизмати ва ҳокимият вакиллик органлари билан ҳамкорлик қилиш масалалари бўйича маслаҳатчиси лавозимига тайинлаш тўғрисида“.
  13. „Бекзод Мусаев бош вазир ўринбосари сифатида таништирилди“.
  14. Sherzod Kudbiyev Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi
  15. „Davlat soliq qo‘mitasi Rasul Kusherboyevni sudga berdi“ (2021-yil 27-aprel). Qaraldi: 25-avgust 2022-yil.
  16. „Soliq qo‘mitasi va Kusherboyev o‘rtasidagi sud ishi to‘xtatildi“ (2021-yil 11-may). Qaraldi: 25-avgust 2022-yil.
  17. „Sherzod Qudbiyev yoshlar bilan uchrashuvda QQS haqida so‘ragan jurnalistni etikaga rioya qilmaslikda aybladi“ (2021-yil 24-may). Qaraldi: 25-avgust 2022-yil.
  18. „Jurnalist «yosh qizcha»mi? «Qudbiyevcha» matbuot anjumanidan keyingi mulohaza“ (2022-yil 17-yanvar). Qaraldi: 25-avgust 2022-yil.
  19. „DSQ raisining xodimni haqorat qilgani audiosi tarqaldi. Qudbiyev ovoz o‘ziniki ekanini tan oldi“ (2020-yil 14-oktyabr). Qaraldi: 25-avgust 2022-yil.
  20. „O‘g‘il-qizim va ota-onamdan uyaldim — Qudbiyev so‘kingan audiosiga izoh berdi“ (2021-yil 25-may). Qaraldi: 25-avgust 2022-yil.
  21. https://qalampir.uz/uz/news/biz-kuchishlatar-organ-emasmiz-39460
  22. „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўттиз уч йиллиги муносабати билан давлат хизматчилари ҳамда ишлаб чиқариш ва ижтимоий-иқтисодий соҳалар ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“.