LEAKED: Sartlar | Tech News Today

Sart — (savdogar), XIX — XX asr boshlarida Oʻrta Osiyoning ayrim viloyatlarida (Farg'ona, Toshkent, Xorazm) ijtimoiy tabaqa boʻlgan. Buxoro amirligida bu nom ishlatilmagan.[1]
Rossiya imperiyasi davrida hokimiyat tomonidan „Sart“ soxta millati bilan birgalikda „sart“ soxta tilini yaratishga urinish boʻlgan, ammo bu tajriba muvaffaqiyatsizlikka uchragan.[2]
11 asr filologi Mahmud Qoshg'ariy sart atamasini savdogar ma'nosida ishlatgan.[3]
Rossiya imperiyasi davrida Samarqandlik ma'rifatparvar Mahmudxoʻja Behbudiy sart atamasini mustamlakachilar tomonidan oʻzbeklarga nisbatan qoʻllanilishini tanqid qilib chiqqan edi.[4]
1922-yilda “Aq job qozoq” gazetasi sart soʻzini Toshkent aholisiga nisbatan qoʻllaganda oʻzbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy bu maqolani tanqid qilgan. Mustamlakachi Ostroumov toʻraning davrilarini eslatib yuboryapti deb yozgandi Qodiriy. “Biz, oʻzbeklar, kimlar tomonidan boʻlsa boʻlsun, ismimizga qaysi maqsad bilandir taqilgan «sart» soʻziga qarshi kurashdik”.[5]
Rossiya mustamlakachilik siyosati tarafdori Erdmanning fikricha sart alohida til boʻlgan[6] va sartlar oʻzbek tiliga assimilyatsiya boʻlib yoʻqolib ketgan.[7]
Rus manbalaridagi ma’lumotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]“Frazi na sartovskom yazike” (Sart tilidagi iboralar) deb nomlangan sartcha-ruscha soʻzlashgich boʻlib, 1884 yili Z.A Alekseev muallifligida Toshkentda chop etilgan. 1926 yildan boshlab “sart” nomi aholi roʻyxati va siyosiy muhokamalardan chiqarib tashlandi.
Abashinning soʻzlariga koʻra, Rossiya imperiyasi kelishidan oldin Oʻrta Osiyoda “etnik guruhlar” boʻlmagan. Faqat Rossiyaning kelishi bilan Oʻrta Osiyoda xalqlar paydo boʻldi.[8]
Rossiyalik etnolog Abashinning fikricha Fargʻona vodiysi aholisining asosiy qismini kelib chiqish jihatidan eronzabon sartlar tashkil qilgan, keyinchalik sobiq Sovet hokimiyati siyosati oqibatida ular o‘zbeklashib ketganlar. S.N. Abashinning ushbu fikriga umuman qo‘shilib bo‘lmaydi.[9]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Sobolev L. N. Geograficheskiye i statisticheskiye svedeniya o Zeravshanskom okruge (s prilozheniyem spiska naselonnykh mest okruga)//Zap. IRGO po otdeleniyu statistiki. SPb., 1874. T.4. S. 299. Prim. 1.
- ↑ Ingeborg Baldauf, Some Thoughts on the Making of the Uzbek Nation. Cahiers du Monde russe et soviétique, Vol. 32, No. 1, 1991, s.80
- ↑ Махмуд ал-Кашгари. Диван Лугат ат-Турк / Перевод, предисловие и комментарии З.-А. М. Ауэзовой; индексы составлены Р. Эрмерсом. — Алматы: Дайк-Пресс, 2005. с.331
- ↑ Behbudij Mahmudho'ja, Sart so'zi majkhuldur // Behbudij Mahmudhuzha, Tanlangan asarlar. Tuzatilgan va to'ldirilgan 2-nashri. Toshkent: Ma'naviyat, 1999, b.193-202
- ↑ Adib Xolid. 0 ‘zbekiston tavalludi: ilk SSSR davrida millat, imperiya va inqilob. Toshkent: «Akademnashr», 2022. 260-bet.
- ↑ https://www.bbc.com/uzbek/lotin-43142177.amp
- ↑ https://www.bbc.com/uzbek/lotin-43142177
- ↑ Абашин, С.Н. Возвращение сартов? Методология и идеология в постсоветских научных дискуссиях // Антропологический форум 10 (2009), с.252.
- ↑ Ulugbek Abdullayev FARG‘ONA VODIYSI AHOLISI: etnik tarkibni shakllanishi va etnomadaniy munosabatlar tarixi. T., 2016, 10 bet
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ingeborg Baldauf, Some Thoughts on the Making of the Uzbek Nation. Cahiers du Monde russe et soviétique, Vol. 32, No. 1, 1991.
| Vikiomborda „Sartlar“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |