Sard tili — roman tillaritsgm biri. Sardiniya orol va unga yaqin boshqa orollarda tarqalgan. 1,5 mln.dan ortiq kishi soʻzlashadi. 11—14-asrlarda Sardiniyaning rasmiy tili boʻlgan. 20-asrda oddiy soʻzlashuv tili, matbuot va sheʼriyat tili sifatida qoʻllanadi. (Sard tili da badiiy nasr yaratilmagan). Sard tili eng qadimiy roman tillaridan boʻlib, u koʻproq italyan tilining janubiy laxjalariga yaqin turadi. Oʻz navbatida, bir necha lahjalari bor. Fonetik va morfologik jixatlari bilan boshqa roman tillaridan birmuncha farq qiladi. Leksikasida katalan, ispan va italyan tillarining taʼsiri seziladi. Sard tili yagona adabiy til meʼyoriga ega emas. Yozuvi lotin grafikasiga asoslangan. Undagi ilk matnlar 11-asrga mansub.[5]