VIRAL: Sakkiz qirrali minora | Tech News Today
| Sakkiz qirrali minora | |
|---|---|
|
| |
| Joylashuvi | Abdurrahimbey Hagverdiyev koʻchasi, 62, Shaki, Ozarbayjon |
| KoordinatalarRestored by | 41°12′17″N 47°12′17″E / 41.20486°N 47.20472°E |
| Built | 1880-yillar |
Sakkiz qirrali minora 1880-yillarda qurilgan minora, Ozarbayjonning Shaki shahrida joylashgan tarixiy va meʼmoriy yodgorlik.
Sovet bosqinidan keyin masjid binosi buzib tashlangan, biroq minora oʻz holicha saqlanib qolgan.
2001-yil 2-avgustdagi Ozarbayjon Vazirlar Mahkamasining 132-sonli qaroriga koʻra, minora mahalliy ahamiyatga ega koʻchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sakkiz qirrali minora Shaki shahri Yuqori Bash mahallasida Abdurahimbey Hagverdiyev koʻchasida joylashgan[1]. Taxminlarga koʻra, ushbu minora shu hududda joylashgan Jome masjidiga tegishli boʻlgan. Minoradagi bitik uning 1880-yillarda qurilganini koʻrsatadi. Minoraga tutash toshqabrdagi yozuvda olim Mustafo afandi shu yerga dafn etilgani qayd etilgan[2]. Minoraning oʻzi qizil gʻishtdan, buzib tashlangan masjid binosining poydevori esa daryo toshidan qurilgan[1].
Ozarbayjonda sovet bosqinidan soʻng, 1928-yilda rasmiy ravishda dinga qarshi harakat boshlandi[3]. Oʻsha yil dekabr oyida Ozarbayjon Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi koʻplab masjidlar, cherkovlar va sinagogalarni maʼrifiy maqsadlarda foydalanish uchun klublar tasarrufiga oʻtkazdi[4]. 1917-yilda Ozarbayjonda 3 000 ta masjid mavjud boʻlgan boʻlsa, bu raqam 1927-yilda 1 700 ta, 1928-yilda 1 369 ta, 1933-yilga kelib esa atigi 17 tani tashkil qilgan[4][5]. Shu davrda hududdagi masjid vayron qilingan, biroq sakkiz qirrali minora masjid binosidan alohida qurilgani sababli saqlanib qolgan[1]. Hozirda masjid binosining faqat poydevori saqlangan[2].
Ozarbayjon mustaqillikka erishganidan soʻng, 2001-yil 2-avgustdagi Ozarbayjon Vazirlar Mahkamasining 132-sonli qaroriga muvofiq, sakkiz qirrali minora mahalliy ahamiyatga ega koʻchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Azərbaycan Respublikası Məscidlərinin Ensiklopediyası (az). Baku: Beynəlxalq Əlhuda, 2001 — 297-bet. ISBN 964-8121-59-1.
- ↑ 2,0 2,1 „Minarə“. sheki.heritage.org.az. 2025-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 24-iyun.
- ↑ Yunusov, Arif. Azərbaycanda İslam (az). Bakı: Zaman, 2004 — 140-bet. ISBN 9952-8052-2-5. Qaraldi: 2022-yil 14-dekabr.
- ↑ 4,0 4,1 Yunusov, Arif. Azərbaycanda İslam (az). Bakı: Zaman, 2004 — 141-bet. ISBN 9952-8052-2-5. Qaraldi: 2022-yil 14-dekabr.
- ↑ Ələsgərova, Nəsrin „Ислам в Азербайджане: история и современность | Heinrich Böll Stiftung | Tbilisi – South Caucasus Region“ (ru). ge.boell.org (2005-yil 15-yanvar). 2019-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-sentyabr.
- ↑ „Azərbaycan Respublikası Nazirlər Kabinetinin 2001-ci il 2 avqust Tarixli 132 nömrəli qərarı ilə təsdiq edilmişdir“ (az). mct.gov.az (2001-yil 2-avgust). 2021-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-dekabr.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Məmmədova, Gülçöhrə; Hacıyeva, Səbinə. Azərbaycanın şimal-qərb regionunun memarlıq abidələri (az). Boku: Şərq-Qərb nəşriyyatı, 2014 — 272-bet.