ANNOUNCED: Saidobod masjidi - Everything We Know

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Saidobod masjidi
Technology news and reviews image
1941-yilgi holati
Mamlakat  Hindiston
Hudud Telangana shtati
Tuman Haydarobod tumani
Shahar Haydarobod
Asoschi Mir Moʻmin Astrabodiy
Asosiy sana:
hijriy 1014-yil
Qurilish materiali bazalt

Saidobod masjidi Hindistonning Telangana shtati, Haydarobod tumanidagi Haydarobod shahrida joylashgan masjiddir[1]. Masjid 17-asrning boshlarida qurib bitkazilgan.

Masjid Mir Moʻmin Astarabodiy tomonidan berilgan buyurtma asosida qurdirilgan[2]. Masjid bilan birga ellik olti xonadan iborat hovli ham bunyod etilgan. Bu karvonsaroy yoki madrasa oʻqituvchi va talabalarining turar joyi boʻlgan boʻlishi mumkin[3].

Arxitekturasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Namozxona 9.1 by 6.4 metr (30 by 21 ft) oʻlchamga ega boʻlib, fasadida uchta arkaga ega kirish joyi mavjud[3].

Mehrob qora bazaltdan yasalgan. Uning ustida Suls xatida yozilgan yozuvlar bor. Yozuvda masjidning qurilish sanasi hijriy 1014-yil (milodiy 1605-1606) deb koʻrsatilgan. Mehrobning ikki yonida shialar uchun salovat yozuvi oʻyib yozilgan[4].

Technology news and reviews image
Masjiddagi yozuvlar
  1. Nayeem, M. A.. The Heritage of the Qutb Shahis of Golconda and Hyderabad (en). Hyderabad Publishers, 2006 — 205-bet. ISBN 978-81-85492-23-0. 
  2. Zore, Syed Mohiuddin Qadri. [1], 1941 — 65-bet. 
  3. 3,0 3,1 Sherwani, Haroon Khan. History of the Qutb Shāhī Dynasty (en). Munshiram Manoharlal Publishers, 1974 — 316–317-bet. 
  4. Syed Ali Asgar Bilgrami. Landmarks Of The Deccan, 1927 — 31–32-bet.