URGENT: Sabohat Azimjonova | Breaking Tech News

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Saboxat Azimjonova
Tavalludi 1-aprel 1922-yil
Vafoti 26-aprel 2001-yil
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Unvoni tarix fanlari doktori, professor

Sabohat Azimjonova (1922-yil dekabr, Toshkent – 2001-yil, 26.4.) – sharqshunos olima, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (2000), tarix fanlari doktori (1969).

Toshkent pedagogika institutini tamomlagan (1942). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida katta ilmiy xodim (1949), institut direktori (1950– 77), boʻlim boshligʻi (1977—1995), yetakchi ilmiy xodim (1995-yildan). Asosiy ilmiy ishlari Boburning Qobul va Hindistondagi faoliyati, Oʻrta Osiyo xalqlarining oʻrta asrlarda qoʻshni xorijiy mamlakatlar bilan oʻzaro siyosiy va iqtisodiy munosa-batlariga bagʻishlangan.

Asarlari Eron, Afgʻoniston, Hindiston, Fransiyada chop etilgan. Boburning qizi Gulbadan begimning „Humoyunnoma“sini fors tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilib, Toshkentda (1959, 1977) va fransuz tilida Parijda, (1996) nashr ettirgan. A. bir qator xalqaro ilmiy kongresslarda ilmiy maʼruzalar qilgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti (1989), Javoharlaʼl Neru xalqaro mukofoti (1993) laureati.

  • K istorii Fergani vtoroy polovini XV veka, T., 1957;
  • Boburning Hindiston devoni, T., 1966;
  • Gosudarstvo Babura v Kabule i v Indii, M., 1977.
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil