LEAKED: Rustam Minnixanov - Everything We Know

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Rustam Minnikhanov
Рустам Минниханов
Рөстәм Миңнеханов
Technology news and reviews image
Rasmiy surat (2020-yil)
2-Tatariston Respublikasi rahbari
Mansab davri
2010-yil 25-mart (2010-03-25)
Bosh vazir Ravil Muratov (acting)
Ildar Xalikov
Aleksey Pesoshin
Avvalgisi Mintimer Shaymiyev
Tatariston Bosh vaziri
Mansab davri
1998-yil 10-iyul – 2010-yil 25-mart
Avvalgisi Mintimer Shaymiyev (vaqtincha)
Keyingisi Ildar Xalikov
Tatariston moliya vaziri
Mansab davri
1996 – 1998-yil 10-iyul
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-mart 1957-yil (1957-03-01) (69 yosh)
Noviy Arish, Tatar ASSR, Rossiya SFSR, Sovet Ittifoqi
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya
Siyosiy partiyasi Yagona Rossiya
Turmush oʻrtogʻi Gulsina Minnixanova
Bolalari 2
Alma mater

Qozon qishloq xoʻjaligi instituti

Sovet savdo institutining sirtqi bo‘limi (Moskva)

Rustam Nurgaliyevich Minnixanov[a] (1957-yil 1-martda tugʻilgan) – rossiyalik siyosatchi, 2010-yildan buyon Rossiya Federatsiyasining subyekti hisoblangan Tatariston Respublikasi rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Rustam Minnixonov 1957-yil 1-martda Tatariston ASSRning Ribno-Slobodskiy tumanidagi Yangi Arish[b] qishlogʻida Volga tatarlari oilasida dunyoga kelgan.

U 1978-yilda Qozondagi Qishloq xoʻjaligi institutini muhandis-mexanik sifatida, 1986-yilda esa Sovet savdosi sirtqi institutini tovarshunos mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Rustam Minnixonov iqtisod fanlari doktori unvoniga ega[1].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Technology news and reviews image
Minnixanov Tataristondagi Oq masjidda (2024-yil 26-fevralda)

Minnixanov uylangan va ikki oʻgʻilning otasi[1]. Uning oʻgʻli Irek Minnixanov 2013-yil 17-noyabrda Tatariston aviakompaniyasining 363-reysi halokatida vafot etgan[2].

Minnixanov avtosportning ashaddiy muxlisi boʻlib, FIA Yevropa Rallycross chempionatining doimiy ishtirokchisi edi. 2007-yilda u 550 ot kuchidan ortiq quvvatga ega Citroën C4 T16 4x4 rusumli avtomobilni boshqargan. Bu avtomobilni 2006-yilda 14 karra Yevropa Rallycross chempioni shvetsiyalik Kennet Xansen qurgan va musobaqalarda haydagan edi. 2008 va 2009-yillardagi ERX seriyasi uchun Xansen jamoasi Minnixanov uchun butunlay yangi C4 rusumli avtomobilni yaratdi. Minnixanov 2002, 2003, 2004 va 2006-yillarda oʻzining Kamaz 4911 avtomobili bilan Birlashgan Arab Amirliklarida oʻtkazilgan UAE Desert Challenge (Rally Raid musobaqasi) yuk mashinalari toifasida gʻolib boʻlgan. Shuningdek, u 2004 va 2005-yillarda toʻrt gʻildirakli Ford Puma avtomobili bilan avtokross haydovchilari oʻrtasidagi FIA Yevropa chempionatida umumiy hisobda 3-oʻrinni egallagan.

Minnixanov vertolyot boshqarish uchun sertifikatga ega[3].

Technology news and reviews image
Minnixanov Moskva shahridagi Kremlda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda (2023-yil 23-yanvar)

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga javoban, Amerika Qoʻshma Shtatlari Gʻaznachilik departamentining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi 2023-yil 26-yanvarda Minnixanovni Maxsus tayinlangan fuqarolar va taqiqlangan shaxslar roʻyxatiga kiritdi. Bu natijada uning aktivlari muzlatib qoʻyildi va AQSH fuqarolariga u bilan har qanday munosabatda boʻlish taqiqlandi[4]. 2023-yil aprel oyida Kanada Rustam Minnixanovga va uning rafiqasiga nisbatan sanksiyalar joriy etgan[5].

Faxriy unvonlar va mukofotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Рустам Нургалиевич Минниханов (rus tili); Рөстәм Нургали улы Миңнеханов (tt-cyrl)
  2. Новый Арыш (rus tili); Яңа Арыш (tt-cyrl)
Siyosiy idoralar
Oʻtmishdoshi:
Mintimer Shaymiyev
Tatariston Bosh vaziri
1998-yil 10-iyul – 2010-yil 25-mart
Vorisi:
Ildar Xalikov
Oʻtmishdoshi:
Mintimer Shaymiyev
Tatariston Respublikasi rahbari
2010-yil 25-mart
Vorisi:
Amaldagi