VIRAL: Roja Hoji Fisabililloh masjidi | Tech Insider
| Masjid | |
| Roja Hoji Fisabililloh masjidi | |
| Mamlakat | |
| Selangor | Cyberjaya shahri, Sepang shaharchasi |
| Koordinatalar | 2°55′56.8″N 101°38′52.8″E / 2.932444°N 101.648000°E |
| Yoʻnalishi | sunniy (shofiʼiylik) |
| Masjid turi | Masjid |
| Meʼmoriy uslub | Zamonaviy futuristik masjid |
| Meʼmor | ATSA Architects Sdn Bhd
(Cyberview Sdn Bhd tomonidan moliyalashtirilgan) |
| Binokorlik | 2013-yil 5-aprel—2015-yil 24-fevral |
| Oʻlchami | 8500 nafar |
| Bino maydoni | ichki maydoni: 7,646.1 m2 (82,302 sq ft) |
| Minoralar soni | 1 |
| Minoralar soni | 1 |
| Sayt | Rasmiy sayt |
Roja Hoji Fisabililloh masjidi (malaycha: Masjid Raja Haji Fisabilillah) yoki Cyberjaya masjidi – Malayziyadagi 13 ta davlatdan biri Selangorning Cyberjaya shahri Sepang shaharchasida joylashgan asosiy masjid[1]. Ushbu zamonaviy futuristik bino Indoneziyaning Penyengat orolidan boʻlgan Bugilar jangchisi Roja Hoji Fisabililloh ibni Daeng Chelak sharafiga nomlangan. U, shuningdek, 1777-yildan 1784-yilgacha Johor-Riau sultonligining Yang Dipertuan Muda (valliahd shahzodasi) boʻlgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjidning qurilish ishlari 2013-yil 5-aprelida boshlangan va 2015-yil 24-fevralida yakunlangan. Bino 2016-yil 22-iyunda Selangor sultoni Sulton Sharafuddin Idrisshoh tomonidan hijriy 1437-yil ramazon oyining 17-kunida Nuzul Qur’on bayrami munosabati bilan rasman ochib berilgan.